Logistika – bu tovarlar, yuklar va shu kabilarni bir hududdan boshqasiga yetkazib berishning tizimini tashkil qilish.
Korrupsiya– bu amaldor shaxs tomonidan o‘z vakolatlarini va unga ishonib topshirilgan huquqlarni, shuningdek, rasmiy lavozim bilan bog‘liq obro‘yi va aloqalarini qonunga va axloq me’yorlariga xilof ravishda o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida suiiste’mol qilish.
Antiterror operatsiya – bu terroristik aktni bartaraf qilish, aholi, tashkilot va muassasalarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, terroristik aktning oqibatlarini bartaraf qilish uchun o‘tkaziladigan maxsus tadbirlar (jangovar, harbiy) kompleksi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. XX asr oxiriga kelib qanday o‘zgarishlar Ukrainada kapitalistik iqtisodning shakllanishiga olib keldi?
2. Ukrainada 2014-yilgi siyosiy inqiroz natijasida qanday muammolar paydo bo‘ldi?
3. Belarus Respublikasi mustaqillik yillari iqtisodiy rivojlanishda qanday yutuqlarga erishdi?
4. Moldova Respublikasi oldida mustaqillik yillari qanday siyosiy va iqtisodiy muammolar paydo bo‘ldi?
5. Ukraina, Belarus va Moldova respublikalari rivojlanishidagi umumiy jihatlarni ko‘rsatib bering.
6. Mustaqillik yillarida Boltiqbo‘yi davlatlari G‘arb bilan munosabatlarda qanday yo‘ldan bordi?
7. Mustaqillik yillari Latviya qanday iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga duch keldi?
8. Litva Respublikasi qanday jihatlari bilan Latviya va Estoniyadan farq qiladi?
9. Estoniya bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda qanday muammolar mavjud?
18-MAVZU. 1991-2017-YILLARDA KAVKAZORTI DAVLATLARI VA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI REJA: 1. 1991-2017-yillarda Kavkazorti davlatlari : Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston 2. Markaziy Osiyo davlatlari Ozarbayjon Respublikasi 1991-yil 18-oktabr kuni o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Ozarbayjon 1991-yildan beri o‘tgan vaqt davomida o‘zining mustaqil yo‘liga ega davlat ekanligini isbotlab kelmoqda. U mintaqa siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Ozar bayjon katta neft va gaz zaxiralariga egaligi, strategik joylashuvi bois Rossiya va G‘arb manfaatlari orasida mohirlik bilan muvozanatni saqlab, o‘z manfaatlarini
ta’minlab kelmoqda. Ammo, tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlarga qaramasdan, bir qator ichki muammolar saqlanib qolmoqda. Bular qatoriga, birinchi navbatda,
Tog‘li Qorabog‘ muammosini kiritish mumkin.
XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi azaliy muammo – Tog‘li Qorabog‘ muammosi yana ko‘tarildi. Tog‘li Qora bog‘ Ozarbayjon hududida joylashgan va asosan arman millatiga mansub aholi yashaydigan avtonom viloyat edi. Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati rahbarlarining viloyatni Armaniston tarkibiga qo‘shishini so‘rab qilgan murojaati mintaqadagi milliy muammolarni chigallashtirib yubordi.
1990-yili Boku shahrida muxolifatchi siyosiy tashkilot – Ozarbayjon Xalq frontining namoyishi boshlandi. Xalq fronti Abulfayz Elchibey boshchiligida Milliy mudofaa kengashi tuzilganligini e’lon qildi. Xalq frontining millatchilik ruhidagi mitinglari Bokudagi armanlar qirg‘iniga bevosita turtki bo‘ldi. Bunga qarshi Bokuga Sovet armiyasi qo‘shinlari kiritildi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Armiya ning kiritilishi Ozarbayjon uchun katta fojia bo‘ldi. To‘qnashuvlarda yuzlab kishilar halok bo‘ldi.
1992-yil mayda Bokuda davlat to‘ntarishi amalga oshirilib, prezident Ayaz Mutalibov hokimiyatdan ag‘darildi va A.Elchibey boshchiligidagi Xalq fronti hokimiyatga keldi. Ammo Xalq fronti mamlakatda tinchlik va totuvlikni ta’minlay olmadi. Natijada Milliy Majlis A. Elchi beyni lavozimi dan mahrum qilib, uning vakolat larini Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi bo‘lgan Geydar Aliyevga topshirdi. 1993-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida G. Aliyev Ozarbayjon Respub likasi Prezidenti etib saylandi. G. Aliyev hokimiyatga kelgandan keyin respublikadagi ziddiyatli ahvolni yumshatishga erishdi. U prezident lik qilgan o‘n yil Ozarbayjonda unchalik demokratik bo‘lmasa-da, mamlakatning tinch taraqqiyotini ta’minladi, qo‘shnilar bilan yaxshi hamkor lik munosa bat lari o‘rna til di. Tog‘li Geydar AliyevQora bog‘ masalasi hal qilinmagan bo‘lsa ham, faol jang harakat lari to‘xtatildi, muzokaralar boshlandi.
2003-yil dekabrda G. Aliyev vafot etganidan so‘ng mamlakat prezidenti etib uning o‘g‘li Ilhom Aliyev saylandi. I. Aliyev otasining siyosatini davom ettirib kelmoqda.
Gruziya. 1991-yil mart oyida o‘tkazilgan referendumda Gruziya aholisining mutlaq katta qismi mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berdi. 1991-yil 9-aprel kuni Gruziya o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Ayni paytda prezident lavozimi joriy qilindi. Shu yili bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida muxolifat yetakchisi Zviad Gamsaxurdiya mamlakat prezidenti etib saylandi. Boshqaruv tajribasiga ega bo‘lmagan Z.Gamsaxurdiya o‘zining sakkiz oylik prezidentlik davrida mamlakat elitasi, ziyolilar bilan munosabat larini buzdi, millatlararo munosa batlarni keskinlashtirib, gruzin-abxaz mojaro sini keltirib chiqardi. 1991-yili Gruziya xalq demokra tik partiyasi rahbarlari Z. Gamsaxurdiyaning iste’foga chiqishini talab qildi. Mamlakatda isyon boshlanib, Tbilisida haqiqiy janglar bo‘lib o‘tdi. Z. Gamsaxurdiya o‘z tarafdorlari bilan Tbilisini tark etdi.
Z. Gamsaxurdiya prezidentlikdan chetlashtirilgandan so‘ng hokimiyat Eduard Shevardnadze boshchiligidagi Davlat kengashiga o‘tdi. Bu paytda mamlakatda ahvol og‘ir, gruzin-osetin urushi davom etayotgan edi. E. Shevardnadze bu urushni to‘xtatishga erishdi. Shu yil oktabrda o‘tkazilgan saylovlarda E.Shevardnadze Gruziya Oliy Kengashi raisi etib saylandi. Ammo mamlakatda yig‘ilib qolgan muammolar, ayniqsa, iqtisodiy ahvolning og‘irligi E.Shevardnadze boshqaruviga nisbatan aholining noroziligini kuchaytirdi. 2003-yili o‘tkazilgan parlament saylovlaridan so‘ng E.Shevardnadze iste’foga chiqqanli gini e’lon qildi. Yangi saylovlarda Mixail Saakashvili g‘olib chiqdi. Bu jarayonlar Gruziya va G‘arb matbuotida «Atirgullar inqilobi» nomini oldi. Hokimiyatga ko‘pchiligi G‘arb davlatlarida ta’lim olgan «yangi demokratlar» keldi.
M. Saakashvili hukumati Gruziyada fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishini yengillashtirish, soliqlarni kamaytirish, davlat mulkini xususiylashtirish kabi muhim islohotlarni amalga oshir di. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash e’lon qilindi. Ammo M. Saakashvili davrida ham Gruziya bilan Janubiy Osetiya o‘rtasidagi mojaro o‘z yechimini topmadi. 2008-yil avgustda Gruziya, Rossiya, Janubiy Osetiya va Abxaziya ishtirokida bo‘lib o‘tgan harbiy to‘qnashuv oqibatida Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiyaning mustaqilligini tan olib, ular bilan ikki tomonlama munosa batlar o‘rnatdi.
2012-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida muxolifatchi «Gruziya orzusi» partiyasi g‘olib chiqdi. Shu partiya vakili Georgiy Margvelash vili Gruziya prezidenti etib saylandi.
2016-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida ham «Gruziya orzusi» g‘alaba qozondi.