Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


– 2017-yillarda Rossiya Federatsiyasi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə44/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

1991 – 2017-yillarda Rossiya Federatsiyasi .Iqtisodiy islohotlar. 1991-yilgi avgust inqirozidan so‘ng Rossiyada asosiy lavozimlarga demokratik kuchlar vakillari emas, kommunistik partiya faollari keldi. Qayta qurish yillarida bu faollarning ko‘pchiligi kommunistik partiya bilan aloqalarini uzgan bo‘lsa-da, ularning islohotchilik imkoniyatlari cheklangan edi. B. Yel sin tomonidan Bosh vazir lavozimiga taklif qilingan Y. Gaydar Rossiyadagi islohotlarning «arxitektori» bo‘ldi.
Islohotlar juda og‘ir kechdi. Milliy daromad va sanoat ishlab chiqarishi pasayib ketdi. 1992-yil 1-yanvardan erkin qo‘yib yuborilgan narxlar keskin ko‘tarildi. Ko‘pchilik oilalarda oziq-ovqat xarajatlari oila daro madining asosiy qismini tashkil qildi. Oqibatda urushdan keyingi davrda birinchi marta Rossiya aholisi kamaya boshladi.
Inflatsiya va siyosiy beqarorlik investitsiyalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qildi. 1999-yilga kelib Rossiyaning tashqi qarzi 130 mlrd dollardan oshib ketdi. Xalqaro moliya tashkilotlari qarz bermay qo‘ydi. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli ijtimoiy holatga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ishsizlar, qochoqlar, qashshoqlar va boshpanasizlar soni keskin ko‘paydi.
Ichki siyosiy hayot. Siyosiy jabhada ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. 1991-yilgi avgust voqealari, SSSRning tarqalishi va «shok terapiyasi» jamiyatda ijtimoiy tanglikni oshirdi. Ish tashlashlar va siyosiy namoyishlar keng quloch yoydi.
1993-yili prezident B. Yelsin Xalq deputatlari syezdi va Oliy Sovetni tarqatib yubordi, davlat hokimiyatining yangi organlari – Fede ratsiya Ken gashi va Davlat Dumasiga saylovlar hamda mamlakatning yangi konstitutsiyasi haqida referendum o‘tkazish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Oliy Sovet rahbariyati va Konstitutsion sudning ko‘pchilik a’zolari prezident farmonini konstitutsiyaga xilof deb hisoblab, unga qarshi chiqdi.
Bunga javoban Oliy Sovet binosi qo‘shinlar tomonidan o‘rab olindi va artilleriyadan o‘qqa tutildi.
1993-yil dekabrda Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. U birinchi marta partiyaviy ro‘yxat bo‘yicha o‘tkazildi. Say lov natijalariga ko‘ra, Davlat Dumasida «Rossiya yo‘li», LDPR (Rossiya liberal-demokratik partiyasi), KPRF (Rossiya Federatsiyasi kommunistik partiyasi) partiyalari eng ko‘p o‘rinlarni egalladi.
Ovoz berishda qatnashganlarning ko‘pchiligi prezident tomonidan taklif qilingan Rossiya Konstitutsiyasining loyihasini ma’qulladi. Yangi Asosiy qonun qabul qilinishi bilan hokimiyatning sovet tizimi barham topdi.
Shunday qilib, Rossiyada XX asrning 90-yillarida amalga oshirilgan eng muhim siyosiy islohotlar sovetlardan qolgan hokimiyat tizimini buzish, uning o‘rnida zamonaviy va demokratik hokimiyat tizimini yaratish uchun harakatning boshlanishi bo‘ldi.
Millatlararo munosabatlar. Rossiya ko‘p mil latli mamlakat. Shu sababli millatlararo munosa batlar Rossiya uchun doimo dolzarb bo‘lib kelgan. Ayniqsa, katta o‘zgarishlar davrida bu muammo birinchi o‘ringa chiqadi. SSSR tarqalgandan so‘ng og‘ir holat vujudga keldi. 1991-yil oxiri – 1992-yil boshlarida Tatariston, Boshqirdiston va Yoqutis tondagi milliy ha rakatlar o‘zlarining syezdlarini o‘tkazib, ularda RSFSR tarkibidan chiqish masalasi qo‘yildi. Chechen-Ingush Avtonom respublikasida Chechen xalqi ning umum milliy kongressi avtonomiyani Checheniston va Ingu shetiyaga bo‘ lish ni, Chechenis tonning RSFSR tarki bidan chi qi shini bildirdi. 1992-yili Tatariston ham o‘z davlat mustaqilligini e’lon qildi.
Bularning hammasi markaziy hokimiyatni Fe de rativ Shartnoma imzolanishini
tezlashtirishga majbur qildi. Fede rativ Shartnoma 1992-yil mart oyida Tatariston va Checheniston dan tashqari barcha subyektlar tomonidan imzolandi. Markaz va mintaqa larning vakolatlari Rossiya Konstitutsiyasida ham o‘z aksini topdi.
Tatariston prezidenti etib saylangan M. Shaymiyev voqealar rivojini o‘z qo‘liga olishga erishdi. Tatariston 1994-yilda federal hokimiyat bilan vakolatlarni taqsimlash to‘g‘risida shartnomani imzoladi.
Checheniston markaz bilan har qanday shartnomalar tuzishni rad etish yo‘lidan bordi. U bilan munosabatlar fojiali xarakter kasb etdi. 1996-yili Checheniston bilan federal markaz o‘rtasida boshlangan urush 2000-yilgacha davom etdi. Bu urush Ikkinchi jahon urushidan so‘ng SSSR hududida yuz bergan eng katta harbiy to‘qnashuv bo‘ldi. Urush Rossiyaga bir necha mlrd dollar zarar yetkazdi, ikki tomondan 120 mingdan ortiq kishi qurbon bo‘ldi.
1990-yillardagi tashqi siyosat. SSSRning tarqalib ketishi Rossiya uchun jiddiy geo siyosiy o‘zgarishlarga olib keldi. Mamlakat Sharqiy va Markaziy Yevropadagi an’anaviy ittifoqchilaridan ayrildi, ular NATO bilan hamkorlik qila boshladilar. Boltiqbo‘yi va boshqa MDH mamlakatlarida milliy yetakchilarning hokimiyatga kelishi ularning ko‘pchiligi bilan Rossiya munosabatlarini murakkablashtirdi.
Qanday qilib bo‘lsa ham, G‘arb bilan munosabatlarni yaxshilash uchun qilingan harakatlar shunga olib keldiki, Rossiya asta-sekin xalqaro maydonda o‘zining mustaqil rolini yo‘qotib bordi. Yildan yilga oshib borayotgan Ros siyaning G‘arb davlatlariga iqtisodiy qaramligi ham mamlakat xavfsizligiga putur yetkazdi.
Rossiya XXI asrda. B. Yelsin 1999-yil dekabr oyida iste’foga chiqdi. Vaqtincha prezident lavozimini egallagan Vladimir Putin 2000-yil mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Rossiya prezidenti etib saylandi.
V. Putin o‘zining kuchli davlat hokimiyati tarafdori ekanligini ko‘rsatdi. Yangi prezidentning dastlabki harakatlari jamiyat hayotida davlat hokimiyatining roli va obro‘yini mustahkamlashga qaratildi.
Xalqaro maydonda ham Rossiyaning roli tiklanib bordi. 2008-yil avgust oyida Gruziya o‘zining tarkibiy qismi hisoblangan Janubiy Osetiya va Abxaziyada konstitutsion tartibni tiklash maqsadida bu hududlarni artilleriyadan bombardimon qilishni boshladi. Shundan so‘ng mojaroga Rossiya qo‘shinlari aralashib, Gruziya hududigacha bostirib kirdi. Harbiy mojaro tezda yakunlandi. Ammo Rossiya – Gruziya munosabatlari keskin yomonlashdi.
2014-yil fevral oyida Ukrainada hokimiyat almashdi. Qrimda hokimiyatga kelgan rossiyaparastlar Kiyevdagi yangi hukumatni tan olmadi. 2014-yil 16-martda ular referen dum o‘tkazib, uning natijasiga binoan Qrimning mustaqilligini e’lon qildi va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirish to‘g‘ri sida shartnoma imzoladi.

Rossiyaning Ukrainaga nisbatan siyosatidagi yana bir muammoli jihat Ukrainaning sharqi da, xusu san, Donetsk va Lugansk viloyatlarida bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq. Bu yerda ham Uk rainadagi hokimiyat almashinuvini tan olmagan bir guruh rusiyzabon yetakchilar tomonidan Donetsk va Lugansk Xalq respublikalari e’lon qilinib, o‘z armiyalarini shakllantirdi.


Tashqi siyosatda Rossiya hal qilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri Suriya muammosi bo‘ldi. Rossiyaning harbiy-kosmik kuchlari 2015-yil sen tabrdan boshlab Suriyadagi janglarda ishtirok etmoqda. Suriyada ISHID (Iroq va Shom islom davlati) va boshqa xalqaro terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashda Rossiya bir qator yutuqlarga erishdi. Bu unga o‘zining geosiyosiy mavqeyini mustahkamlash imkonini berdi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin