Globallashuv – bu jahon mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy jihatdan birlashishi yoki yaqin lashish jarayoni.
Modernizatsiya – bu ijtimoiy tizimni jadal rivojlantirish maqsadida uni to‘liq yoki qisman yangilash, an’anaviy jamiyatdan yangilangan jamiyatga, agrar sivilizatsiyadan industrial sivilizatsiyaga o‘tish jarayoni.
Totalitar mafkura – mafkuraviy rejim shakli bo‘lib, totalitar jamiyatda aholini keng miqyosda ommaviy ravishda mafkuraviy qayta tarbiyalash vositasidir.
Ko‘pqutbli dunyo – jahonda bir-biridan ustun bo‘lmagan bir nechta siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy markazlarning (qutblarning) mavjudlik holati.
Uchinchi dunyo – XX asrning ikkinchi yarmiga xos bo‘lgan siyosiy atama. U «sovuq urush»da va u bilan bog‘liq qurollanish poygasida bevosita ishtirok etmayotgan davlatlarga nisbatan qo‘llanilgan. Dastlab AQSH tarafdorlari va sotsialistik lagerga kirmagan barcha mamlakatlar «uchinchi dunyo» deb atalgan.ITI (ilmiy-texnik inqilob) – fan va texnika taraqqiyotida yangi sifat bosqichiga o‘tish, katta sakrash va uning asosida ishlab chiqaruvchi kuchlarni tubdan qayta qurish.
Integratsiya – bu suveren davlatlar o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, moliya, investitsiya, ishchi kuchi erkin harakatlanadigan iqtisodiy kenglikni tashkil qilish maqsadida birlashish jarayoni.
Ko‘ppartiyaviylik prinsipi – bu zamonaviy demokratik mamlakatlarda siyosiy hayotni tashkil qilishning asosiy konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri bo‘lib, mafkuraviy plyuralizm (ko‘pxillik)ning yorqin ifodalangan ko‘rinishidir. Etnik mojaro – odatda, bir-biri bilan qo‘shni yashaydigan turli etnik guruhga mansub jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuv.
16-MAVZU. SOVET DAVLATINING PARCHALANISHI VA SOBIQ SOVET RESPUBLIKALARIDA MUSTAQILLIKNING E’LON QILINISHI.1991-2017-YILLARDA ROSSIYA FEDERATSIYASI REJA: 1.Sovet davlatining parchalanishi va sobiq sovet respublikalarida mustaqillikning e’lon qilinishi