ShHTning oliy organlari: «Davlat boshliqlari Kengashi»;
«Hukumat boshliqlari Kengashi (Bosh vazirlar)»;
«Tashqi ishlar vazirlari Kengashi» (2002-yil birinchi majlisi bo‘lib o‘tgan);
«Milliy muvofi qlashtiruvchilar Kengashi»;
«Vazirlar va (yoki) idoralar rahbarlari Yig‘ilishi» (2000-yil birinchi uchrashuvi amalga oshirilgan);
2002-yil tuzilgan «Mintaqaviy Antiterror tuzilmasi (МАТТ)»;
2004-yil yanvar oyidan ish boshlagan Kotibiyat va boshqalar
2007-yil 1-yanvaridan ShHTning bosh kotibi lavozimi joriy etildi va bu lavozimni Qozog‘iston Respublikasi vakili Bulat Nurgaliyev egalladi. Bu lavozimda 2016-yildan Tojikiston vakili Rashid Alimov faoliyat ko‘rsatmoqda.
2003-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda ShHT oliy organlari haqidagi Nizomlar tasdiqlandi va tashkilotning gerbi, bayrog‘i qabul qilinadi. 2003-yil ShHTning Pekin sammitida “ShHTga a’zo davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi” qabul qilindi. 2004-yil ShHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. 2005-yil mamlakat rahbarlari kengashib, uchta Osiyo mamlakati – Hindiston, Eron va Pokistonga kuzatuvchi maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Tashkilot geografik jihatdan kengaydi va bu ShHTning xalqaro mavqeyini yanada yuksaltirdi. Bundan tashqari, Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston mamlakatlari ham kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishdi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha sherikka aylandi.
Tashkilotning 2016-yilgi Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning ShHTga aʼzo davlat maqomini olish yoʻlidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandumlar imzolandi hamda 2017-yil Ostonadagi sammitda Hindiston va Pokiston tashkilotga aʼzo sifatida qabul qilindi. 2017-yilning iyun oyida tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Ostonada boʻlgan sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, unda sammit ishtirokchilari eʼtiborini yaxshilash, Afgʻonistondagi vaziyatni yoshlarni turli yot gʻoyalardan asrash, ularning zamonaviy taʼlim-tarbiya olishi, komil inson boʻlib voyaga yetishida davlatlararo hamkorlikka qaratdi. Tartibga ko‘ra, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raislik Xitoy Xalq Respublikasiga oʻtdi.