Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


-MAVZU : O‘ZBEKISTONNING MINTAQAVIY TASHKILOTLAR DOIRASIDA KO‘PTOMONLAMA HAMKORLIGI



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə38/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

14-MAVZU : O‘ZBEKISTONNING MINTAQAVIY TASHKILOTLAR DOIRASIDA KO‘PTOMONLAMA HAMKORLIGI.
REJA :
1. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
2. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalar.
3. O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan aloqalari
Tayanch ibora va atamalar : ekologik muammolar,transchegaraviy daryolar, chegara.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi. O‘zbekiston tashqi siyosatining
diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi mamlakatlar bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘ldi. Negaki, sovet davrida hukm surgan boshqaruvning markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik usuli, mustabidlik siyosati sobiq ittifoq tarkibiga kirgan mamlakatlarni iqtisodiy jihatdan bir-biriga shunday bog‘lab qo‘ygan ediki, natijada ular o‘zaro qaramlik domiga tushib qolgan edilar. Shuning uchun sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar buni chuqur his qilar va mavjud qiyinchiliklar hamda iqtisodiy inqirozdan chiqishning, mustabid siyosat asoratidan qutulishning birdan-bir yo‘li – bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilish edi. Ana shu nuqtayi nazardan ham O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi g‘oyasini qo‘llab- quvvatladi.
1991-yil 8-dekabrda Belorus, Rossiya va Ukraina rahbarlari Minskda uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos soldilar. 1991-yil 21-dekabrda Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina davlatlari boshliqlari Almatida uchrashib, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lib kirdilar. Shu tariqa XX asrning muhim voqealaridan biri sodir bo‘ldi – MDH ixtiyoriy iqtisodiy uyushma yuzaga keldi. Shundan buyon MDHning bir necha yig‘ilishlari o‘tkazildi, ko‘p hujjatlar qabul qilindi. Ularning bari uzoq yillar bir davlat bo‘lib kelgan mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy, harbiy va boshqa aloqalarni yangi sharoitlarda – mustaqil davlatlararo munosabatlar tarzida davom ettirishga qaratildi.
1993-yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi Kengashida MDHning Nizomi qabul qilindi. 1993-yil dekabrda Ashxabod shahrida MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo‘lib, unda Gruziya MDHga a’zo etib qabul qilindi. Shu munosabat bilan MDHning tarkibi 12 davlatga yetdi. 1994-yil oktabrda Moskvada o‘tkazilgan MDH davlat boshliqlarining Kengashida Davlatlararo iqtisodiy qo‘mita (DIQ) tuzildi.
DIQning shtab-kvartirasi Moskva shahri etib belgilandi. 1996-yilda
MDHning bayrog‘i qabul qilindi. MDHning raisi lavozimi navbat bilan bir davlat rahbaridan keyingi davlat rahbariga o‘tadi. MDHning asosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun hamdo‘stlik davlatlari o‘zaro munosabatlarida davlat suverenitetini o‘zaro tan olish va hurmat qilish, teng huquqlilik va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, iqtisodiy kuch yoki boshqa tazyiq uslublarini qo‘llashdan voz kechish kabi qoidalarga rioya qilish majburiyatlarini olganlar. 2004-yil sentabr oyida Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan MDHning sammitida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha MDHning “Xavfsizlik Kengashi”ni tuzishga qaror qilindi.
2005-yil avgustda Turkmaniston MDHning rasmiy a’zosi darajasidan chiqib, hamdo‘stlikning tashkiliy a’zosi – kuzatuvchi maqomini oladi. 2008-yilning avgust oyida Gruziya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan chiqish haqidagi istagini bildirdi va 2009-yilning avgust oyidan Gruziyaning MDHga a’zolik ma’qomini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Bugungi kunda MDHning tarkibiga 10 ta a’zo davlat: Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova va bitta kuzatuvchi Turkmaniston kiradi.
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalar. Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik aloqalarining kengayishi har qanday davlat iqtisodiy taraqqiyotining asosi hisoblanadi. O‘zbekiston taraqqiyotning yangi davrini boshlagan bugungi sharoitda xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini tobora chuqurlashtirish va yangi bosqichga ko‘tarish tashabbusi bilan chiqmoqda. Tinchlik va barqarorlik to‘la kafolatlangan, katta ishlab chiqarish salohiyatiga, beqiyos yerosti va yerusti boyliklariga ega bo‘lgan O‘zbekistondek mamlakat bilan xalqaro moliyaviy muassasalarning hamkorligi har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligi barchaga ayon. O‘zbekiston boy xomashyo bazasi va ulkan yerosti boyliklari zaxirasiga ega. Eng muhimi, yuksak intellektual salohiyatga, bunyodkorlik va yaratuvchilik qudratiga ega bo‘lgan bag‘rikeng xalqi ezgulik va yaxshilik, insoniyat hayotining saodatli istiqboli yo‘lida umumbashariy manfaatlarga mos keladigan turmush tarzini qurishga qodir. Shuning uchun ham, O‘zbekiston rahbari Jahon banki, Xalqaro valuta fondi va boshqa nufuzli moliyaviy muassasalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘rmoqda.
O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan aloqalari. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, Yevroosiyo hududining 61% ini egallaydi. ShHTning rasmiy tili rus va xitoy tillari, ramzi esa oq bayroq bo‘lib, uning markazida tashkilotning gerbi joylashgan. Tashkilotning shtab-kvartirasi Pekinda joylashgan. 1996-yil Shanxayda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat ShHT gerbi rahbarlarining sammitida chegara hududlari bo‘yicha harbiy sohada o‘zaro ishonchni mustahkamlash bilan bog‘liq shartnoma (1996-yil 26-aprel) imzolanishi natijasida “Shanxay beshligi” vujudga kelgan edi. 1997–1999-yillarda Moskva, Almati, Bishkekda bo‘lib o‘tgan sammitlarda “Shanxay beshligi”ning holati yanada mustahkamlanib, o‘zaro ishonch va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. 2000- yil Dushanbeda O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida”gi Bayonotni imzoladi. O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga kirishi munosabati bilan uning nomi “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – ShHT” deb o‘zgartirildi. Sammit yakunida “ShHTni tuzish to‘g‘risida”gi deklaratsiya hamda “Terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi” imzolandi. 2002-yil ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlarining navbatdagi Sankt-Peterburg sammitida uchta hujjat: ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining deklaratsiyasi, ShHT Xartiyasi, ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi (MATT) haqidagi Bitim imzolangan.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin