Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə36/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Savol va topshiriqlar :
1. O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan strategik sherikchilik to‘g‘risida shartnoma imzolagan?
2. O‘zbekiston–Rossiya o‘rtasida qanday shartnomalar imzolangan?
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilda Rossiya, Xitoy va AQShdagi tashriflarining ahamiyati haqida gapirib bering.
4. Rossiya va Xitoy davlat rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifi hamda O‘zbekiston Prezidentlarining yuqoridagi matnda nomlari keltirilgan davlatlarga tashrifi haqida gapiring.
5. O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik aloqalarining yo‘nalishlari nimalardan iborat?
6. Osiyoning yangi industrial rivojlanayotgan mamlakatlariga qaysi davlatlar kiradi? Ular bilan aloqalarning muhimligi nimada?


13-MAVZU : O‘ZBEKISTONNING BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI DOIRASIDAGI FAOLIYATI VA TINCHLIKPARVAR TASHQI SIYOSATI
REJA :
1. O‘zbekiston va BMT.
2. O‘zbekiston va YuNESKO.
3. Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish masalasi.
4. Ekologik muammolar. Transchegara-viy daryolar.
Tayanch ibora va atamalar :BMT, YUNESKO
O‘zbekiston va BMT. O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘ldi. O‘zbekistonning sobiq davlat rahbari Islom Karimov tomonidan BMT minbarida ilgari surilgan takliflar butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish, yadro quroli tarqalishining oldini olish yo‘lida jahon hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT va keng jahon hamjamiyati tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. Jumladan, 1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov ilk bor ma’ruza qildi. Unda Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qilish, Orol muammosi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabi bir qator muhim takliflar ilgari surildi. 1993-yil oktabrda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ish boshladi.
O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995-yil sentabrda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent kengash-seminari tashkil etildi. 1995-yil 24-oktabrda Nyu-Yorkda BMTning 50 yilligi munosabati bilan Islom Karimov nutq so‘zlab, Afg‘onistondagi keskinlikni hal etish kaliti, eng avvalo, tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etishdir, degan taklifni kiritdi. 2000-yil BMT Bosh Assambleyasining 55-sessiyasi “Ming yillik sammit”ida Islom Karimov BMT minbaridan BMTning mintaqaviy va global muammolarni hal etishdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinishi zarurligini ta’kidlab, Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari tarkibiga Germaniya va Yaponiyani kiritishni, global va mintaqaviy munosabat bildirishda tezkorlikni oshirish uchun Bosh Kotib vakolatlarini kengaytirish lozimligini qayd etdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan
2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi ta’sis etildi. 2010-yil BMT Bosh Assambleyasining 65-sessiyasidagi mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z nutqida jahon mamlakatlari e’tiborini yana Markaziy Osiyodagi murakkab muammolarni hal etish yo‘llariga qaratdi. 2002-yil oktabr oyida BMT Bosh kotibi Kofe Ananning, 2010-yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning O‘zbekistonga tashrifl ari ham mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni mustahkamlanib, obro‘-e’tibori ortib borayotganining dalilidir. 2017-yil iyunda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Samarqandda u Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Guterrish O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, keyin Orolbo‘yi hududidagi vaziyat bilan tanishdi. O‘zbekiston BMTning bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalari, jumladan, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon savdo tashkiloti (JST), BMTning Yevropa bo‘yicha iqtisodiy komissiyasi (YeIK), BMT savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi guruhi kabilar bilan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg‘armasi (YuNISEF), Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlarning ham a’zosi hisoblanadi.
Islom Karimovning BMT Bosh Assambleyasidagi ilk ma’ruzasi 1993-yil sentabrda 48-sessiyada bo‘lgan bo‘lsa, Shavkat Mirziyoyevning ilk ma’ruzasi 2017-yil sentabrda 72-sessiyada bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bir qator masalalar, jumladan, BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning ma’rifi y yo‘llari masalalariga alohida to‘xtaldi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin