Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə33/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

O‘zbekiston – AQSh. O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo‘lga qo‘yildi. 1992-yil fevralda AQSh davlat kotibi O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992-yil martda Toshkentda birinchi bo‘lib AQShning elchixonasi ochildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1996-yil iyunda AQShda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Islom Karimov AQSh Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga daxldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari muhokama etildi. Bill Klinton AQSh ma’muriyati Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqilligi, barqarorligi va ravnaqidan manfaatdor ekanini, O‘zbekiston bilan qalin munosabatlar o‘rnatishni istayotganini, O‘zbekistonning tezroq dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi yo‘lida yordam berajagini ta’kidladi. 1996-yil O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ochildi. O‘zbekiston davlati delegatsiyasining AQShda bo‘lishi chet el sarmoyasi uchun respublikada yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi axborot taqchilligini bartaraf etdi.
2002-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy davlat tashrifi bilan AQShda bo‘ldi. AQShni sinovli damlarda qo‘llab- quvvatlagani uchun 2002-yil Islom Karimov Amerika jamoatchiligi
tomonidan “Xalqaro miqyosdagi lider” mukofoti bilan taqdirlandi. 2017-yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh va arab-musulmon davlatlari sammitida ishtirok etdi. Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev va AQSh prezidenti Donald Tramp ilk bor uchrashdi.Donald Tramp davlatimiz rahbari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayonini yuqori baholadi. Shu yil sentabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning 72-sessiyasi munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ldi va u yerda istiqomat qilayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi. Prezidentimizning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi turli tarixiy voqealar va uchrashuvlarga nihoyatda boy bo‘ldi. Prezidentimiz 19-sentabr kuni BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida mamlakatimiz, xalqimiz uchun yana bir muhim ahamiyatga molik voqea bo‘lib o‘tdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosida muazzam Registon maydonining maketi o‘rnatildi. 19-sentabr kuni Nyu-Yorkda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasiga tashrif buyurgan davlat va hukumat rahbarlari sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn, Xalqaro valuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard, Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Rudev, Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvilini bilan uchrashdi. Xalqaro valuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagardning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib, ularga O‘zbekiston renessansi, yangi uyg‘onish
davrining boshlanishi sifatida baho bergani ayniqsa diqqatga sazovordir. O‘zbekiston Prezidenti, shuningdek, Jahon banki prezidenti Jim Yeng Kim bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari tashrif davomida Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz bilan ham uchrashib, samimiy suhbatlashdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida o‘tgan qabul
marosimida ishtirok etdi. Vatandoshlar ilm-fan, ta’lim, texnologiya, investitsiya va boshqa sohalarni rivojlantirish, O‘zbekiston va AQSh muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi. Shavkat Mirziyoyev ularga murojaat qilar ekan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldor bo‘lish, zamonaviy bilim va tajribalarni mamlakat rivojiga yo‘naltirishga da’vat etdi. Bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh strategik hamkor va sherik mamlakatlardir.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin