O‘zbekiston – Koreya Respublikasi. O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida hamkorlik munosabatlarining rivojiga 1991-yil dekabrda O‘zbekiston mustaqilligi tan olingan va ular o‘rtasida 1992-yil yanvarda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kunda asos solingan edi. Bu tarixiy sanalar ikki davlat o‘zaro munosabatlarida
faol siyosiy muloqot olib borish va har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikning shakllanishi uchun yo‘l ochdi. O‘zbek-koreys o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari ravnaqiga O‘zbekiston rahbarining Koreya Respublikasiga 2012-yil sentabrdagi 2017-yilda Koreya Respublikasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatining birinchi yili haqida koreys tilida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob chop etildi. tashrifi yangi turtki berdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Qo‘shma bayonot qabul qilinib, unda tomonlarning ko‘p tarafl ama hamkorligi holatiga baho berildi va har tarafl ama munosabatlarning istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. 2014-yil iyunda Koreya Respublikasi Prezidenti Park Geunhening O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida Strategik sherikchilikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma deklaratsiya va moliya, investitsiya, muqobil energetika va madaniyat sohalarida o‘zbek-koreys hamkorligini yanada chuqurlashtirish maqsadida qator hujjatlar imzolandi. O‘zbekistonda Koreya investitsiyasi ishtiroki bilan 400 dan ortiq korxona faoliyat olib bormoqda.1992-yildan beri Toshkentda Koreya ta’lim markazi faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Samarqand davlat chet tillari institutida Koreys tili va madaniyati markazlari faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 2017-yilning noyabrida Koreya Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga tarixiy burilish yasovchi
davlat tashrifi bo‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan bitimlar imzolandi.
O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavfxatarlarga o‘z vaqtida va adekvat javob choralari orqali yechishni talab etadigan XXI asrning o‘ta shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda. Bular O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan mustahkam aloqada bo‘lganligidan, har tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirib borayotganidan dalolat beradi.
Xalqaro hamkorliklar doirasida qabul qilingan hujjat va kelishuvlarni o‘z vaqtida to‘liq bajarish maqsadida 40 ta “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatida yangi industrial rivojlanayotgan mamlakatlar bilan yaqin munosabatlar va hamkorlik o‘rnatish hamda rivojlantirishga ham katta e’tibor berilayotir. Bunday davlatlar toifasiga to‘la ma’noda Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarini kiritish mumkin. Janubisharqiy Osiyoning O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatidagi o‘ziga xos o‘rni shu bilan belgilanadiki, bu mintaqa o‘nta rivojlanayotgan mamlakatni o‘z ichiga oladi. Ular orasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot darajasi va rivojlanish sur’atlari bo‘yicha Indoneziya, Malayziya, Singapur va Tailand kabi mamlakatlar ajralib turadi. Ularning mustamlaka muteligidan qutulgandan
so‘ng to‘plagan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar borasidagi tajribasi yangi mustaqil mamlakatlar uchun asqatishi mumkin. O‘tgan davr mobaynida davlat va hukumat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvlar natijasi o‘laroq, o‘zaro anglashuv, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va bitimlarga erishilib, ular davlatlararo
munosabatlarga mustahkam poydevor yaratdi. Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdoiqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik muvaffaqiyat bilan ravnaq topishiga xizmat qildi.