Lidiya davlati Krez davrida (mil. av. 561-546 y) Kir II tomonidan (546 y) qulatilgan. Keyin Bimetallizmga (tilla va kumush qorishmasi) asoslangan tanga tizimi tatbiq etilib, bu tizim Eronda keng tarqa
Reja Numizmatika fani, uning maqsadi va vazifalari
3. Dastlabki tangalar
Lidiya davlati Krez davrida (mil. av. 561-546 y) Kir II tomonidan (546 y) qulatilgan. Keyin Bimetallizmga (tilla va kumush qorishmasi) asoslangan tanga tizimi tatbiq etilib, bu tizim Eronda keng tarqaldi1.

Tanganing zarb etilishi davlatning tashkil etilishi bilan ham bog‘liq. Biroq, Lidiya tangasini davlatning tashkil topishi bilanbog‘lash mumkin emas. Chunki Lidiya yoki Eginga nisbatan Shumer, Akkad, Bobil va yunon shahar davlatlarining taraqqiyoti yuqori darajada bо‘lgan, ammo ularda tanga zarb qilinmagan edi. Lidiya va Eginda savdo-sotiq rivoji tangani kashf etilishiga olib keldi.
Qadimgi Yunoniston tangalarida ma’budalar bilan birga muqaddas hayvonlar tasvirlangan. Masalan, Afina tangalarida Afina ma’budasinng bosh qismi yoki boyо‘g‘li, Olimpiya tangalarida esa bosh xudo Zevsning bosh qismi tasvirlangan. Qora dengizning shimoliy sohilida joylashgan yunonlarning Olviya shahri yeangalarida delfinga hamla qilayotgan burgut tasvirlangan. Xersonesda Deva ma’budasi, skiflarning tangalarida esa kamon tutgan chavandoz tasvirlangan.
Rim saltanatida imperatorlarning portreti va ular yuritgan siyosatni targ‘ib qiluvchi shiorlar ham aks etgan. Tanga metalining sifati о‘sha davlatning taraqqiyoti haqida ham ma’lumot beradi. Masalan, qadimgi yunon tangalari ichida Afina drahmasi yuqori sifati bilan ajralib turgan va yuqori baholangan. Tangalardagi ramziy ma’noni anglatuvchi belgilarning о‘zgarishi, davlatdagi о‘zgarishlar bilan bog‘liq. 1
“Moneta” – sо‘zi qanday kirib kelgan? Bunga javobni Rim kumush tangalaridan olish mumkin. Birinchi marta “moneta” sо‘zi miloddan avvalgi 45 yilda Tit Kariziy zarb etgan tangada yozilgan. “Moneta” sо‘zi Yunona ma’budasining yana bir nomi bо‘lib, uning sharafiga zarb etilgan tangalar moneta deb atalgan.Ma’budani rimliklar “Juno Moneta” deb ataganlar. Rimliklar Yunona sharafiga Kapitoliy tepaligida ibodatxona qurdilar. Shu ibodatxonada miloddan avvvalgi IV asrning 2-yarmida Rimda birinchi marta tanga chiqarish ustaxonasi ochilgan. Bu yerda yalpoq, mis – asslar zarb qilingan. “Moneta” sо‘zi tangalarning о‘zida ham qayd qilingan. Xususan, miloddan avvalgi birinchi asr о‘rtalarida Rim magistrati Tit Kariziy nomidan zarb qilingan tangalarning old tomonida nozik bir ayol Yunona ma’budasining tasviri va “moneta” sо‘zini kо‘rish mumkin. Keyinchalik bu sо‘z boshqa xalqlarga ham yoyilib ketdi va shu tariqa metall pullarni kо‘pincha moneta deb atay boshladilar. Demak, “moneta” sо‘zi aslida lotincha bо‘lib, Pyotr I davrida keng ishlatila boshlangan.