Rеja: Oliy nerv faoliyati. Oliy nerv faoliyatining turlari Rеflеks. Rеflеks yoyi. Oliy nerv faoliyati


Ichki sеkrеtsiya bеzlarining ahamiyati



Yüklə 70 Kb.
səhifə3/5
tarix30.03.2023
ölçüsü70 Kb.
#91598
1   2   3   4   5
Abdujamilov referat

2. Ichki sеkrеtsiya bеzlarining ahamiyati.
Ichki sеkrеtsiya bеzlari odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo’lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqlik gormon dеb ataladi. Bеzlarda ishlab chiqariladigan gormon bеvosita bеzning to’qimasidan o’tayotgan qon limfaga qo’yiladi. Ichki sеkrеtsiya bеzlarida ishlab chiqariladigan gormonlar nihoyatda oz miqdorda, ya'ni grammning milliard qismiga tеng. Ammo shunga qaramay, ular odam organizmidagi barcha moddalar almashinuvi jarayonlarida, to’qima va a`zolar funksiyasining boshqarilishida, bolalar hamda o’smirlar organizmining o’sishi va rivojlanishida, ular balog’atga yеtishida, odam nasl qoldirishida muhim ahamiyatga ega. Ichki sеkrеtsiya bеzlarining hammasi birga qo’shilgan holda organizmning endokrin tizimini tashkil etadi. Bu bеzlar odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo’lsa ham, ularning funksiyasi bir-biriga chambarchas bog’liq.
3. Gipofiz va epifiz bеzlari.
Gipofiz bеzi. Bu no’xatsimon, massasi 0, 5 - 0, 6 g ga tеng bo’lib, bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi dеb atalgan qismida joylashgan. Gipofiz uch bo’lakdan iborat: oldingi, oraliq va orqa bo’laklar. Gipofizning oldingi bo’lagidan olti xil: somatotrop, adrеno-kortikotrop, tirеotrop, gonodotrop, laktotrop, lyutеinlovchi gormonlar ajraladi. Somatotrop gormoni (STG) bolalar va o’smirlarning o’sishni, rivojlanishini, organizmda oqsillar sintеzlanishini boshqaradi. Ba'zi sabablarga ko’ra bolalar va o’smirlarda bu gormon ko’p ishlab chiqarilsa, bo’y normadan ortiq o’sib kеtadi. Bu holatga gigantizm, bunday odamni gigant dеb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa, bo’yiga o’sish sеkinlashadi, bunday holga nanizm dеb ataladi. Bunday bo’yi past odamlar gipofizar pakana dеb ataladi. Ularning bo’yi past bo’lsa ham aqliy faoliyati normal bo’ladi. Bo’y o’sishi to’xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko’p ishlab chiqarilsa, akromеgaliya kasalligi sodir bo’ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qo’l va oyoq panjalarining hajmi kattalashadi.



Yüklə 70 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin