Reja: Oʻrta asr Shark mutafakkirlari asarlarida tarbiya masalalari



Yüklə 38,33 Kb.
səhifə3/3
tarix08.08.2023
ölçüsü38,33 Kb.
#138865
1   2   3
Axloq - ``kishilarning tabiati, muomlasi, hatti – harakati ya`ni insonni shaxs sifatida shakllanib jamiyatga chambarchaz bog`lana boshlagandan so`ng ko`zga ko`rinadigan, insonlarga bog`laydigan, undagi yaxshi – yu yomon bo`lgan insoniylikni ochib beruvchi harakter.
Axloq bolaning yoshiga qarab, uning tarbiyasi va tarbiyachisiga qarab, vaqt va zamonga qarab shakllanib boradi. Bilim va ko`nikmalari keyinchalik amaliyoti va malakasi kuchli bo`lgan insonda axloq tushunchasi ham yetarlicha shakllanadi. Va shu me`zonga loyiq bo`la boshlaydi.
Axloq insonga har jabhada yordam beradi. U insondagi ommaviy ma`daniyatni (kiyinish, ovqatlanish, o`zini tuta bilishi, gapirish, salomlashish v.k.) ham yaqqol ochib berdi. Kishining ta`lim jarayonida bilimni, ilmni bilish o`rganish, bevosita axloq bilan namoyon bo`ladi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoroning Afshona qishlog`ida tavallud topgan. Ibn Sinoning tibbiyotga doir 10lab qo`llanmalari mavjud. G`arbda ``Avitsenna`` nomi bilan shuhrat qozongan ibn Sino 57 – yil umrguzaronlik qilgan bo`lsada o`z olamining yetuk vakili bo`lgan. Kamolot sari harakat qilar ekan ibn Sino hayotga, undagi borliqdagi savollarga o`z ma`naviyati bilan javob berar ekan - ``Insonning kamoloti, tarbiyasidadir III, ya`ni uning fikricha, tarbiya odamda narsa va hodisaga ongli munosabatda bo`lishni rivoj toptirishi kerak. Abu Ali ibn Sino bolaning o`smirligidan uning manaviy olami, ruhiyati, tarbiyasiga, uning kelajak uchun foydali yetuk inson bo`lishini xoxlar ekan, avvalo bolaning ta`lim tarbiya nazariyasiga alihida e`tibor beradi. Uning nazarida ``onglilik inson baxtining asosidir. Har bir inson kuchli, aqlli, jismoniy jihatdan yetuk bo`lmog`i lozim. Agarda kishida bu hislatlar bo`lmasa tom ma`noda inson jamiyat a`zosi bo`la olmaydi`` deydi.
Shu bilan birga ta`limga alohida e`tibor berar ekan uning tarbiya nazariyalari quyidagicha: Har bir insonda axloqiylik tug`ma holda bo`lmaydi. Aksincha tarbiya orqali shakllanadi, olimning fikricha faqat o`z shaxsiy manfaati uchun emas, balki boshqalar uchun ham yashaydigan insonni shakllantirish kerak. Buning uchun esa yoshlarda kuchli axloqiylikni, do`stlikni, iroda va e`tiqod kabi tuyg`ularni shakllantirmoq zarur.
Pedagog olim Abu Ali ibn Sino o`zining pedagogic qarashlarida oila muhitidagi tarbiyaga alohida e`tibor beradi. ``Tadbiri manzil`` asarida oila jamiyatining ajralmas qismi ekanini ta`kidlaydi. Oila boshlig`I bola tarbiyasida ham amaliy ham nazariy bilimlarga ega bo`lishi kerak deydi yana olim oila boshlig`ini bu sohada yetarli bilimi tajribasi bolmasau oila a`zolariga yaxshi tarbiya bera olmaydi. Tarbiya faqat oilaning o`ziga emas bali qo`shno oilalarga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi deydi o`z asarlarida. Ibn Sino yaxshi tarbiya oila farovonligi baxtining asosi, zamini, oila muhitida har qanday holatda bolaning barkamol qilib yetishtirish bolaning ota-onasining asosiy burchi, vazifasi ekanligini ta`kidlaydi.
Ibn Sino bola tarbiyasida u bilan yakka holda suhbatda bo`lishbusulini tavsiya etadi. Suhbat chog`ida xalqning hikmatli so`zlaridan, ertaklaridan misollar aytib mazmunli, axloq-odoblilik ma`nosini tushuntirmoqeng ma`qul usul. Bola aytilgan gaplarni e`tibor bilan tinglab, suhbatdan mamnunligi sezilganda uning faoliyatidagi yaxshi ishlar maqtovga sazovor ekanligi, kamchiliklarni tuzatmog`I kerakchili va rag`batlantirilmog`I kerak deydi.
Xullas pedagoglar bola tarbiyasida har xil o`zlari uchun oson va bola uchun foydali bo`lgan bir qancha yangicha to`xtam va fikrlarga kelishgan. Xususan bola voyaga yetar ekan shakllanar, insonlar bilan jamiyat bilan muloqotga kirar ekan u shaxs sifatida o`sha jamiyat bilan muloqot qila olmog`I kerak. Ommaviy madaniyat ta`sirni axloqiy qarashlari o`z odabi bilan uyg`unlashtirishi kerak. O`z dunyo qarashini kengaytirmog`I yuqoridagi ibn Sino kabi yana bir qancha pedagoglar: A.Avloniy, at- Termiziy, alBuxoriy, Abdurahmon Jomiy kabi bola tarbiyasida muhim bo`lgan qarashlari bor insonlar asarlaridan mutolaa qilmog`lik joiz. Zero ``Yoshlikda lingan ilm – toshga o`yilgan naqsh kabidir`` deydi A.Navoiy. ilm insonni g`oyatda yetuklikka undovchi bebaho boylik…
Sino oʻz davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy eʼtibor bilan karadi va bu soqada „Aqsom al-ulum alaqliya“ („Aqliy ilmlar tasnifi“) nomli asar yozdi. Unda olim aqliy ilmlarni hikmat — falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy va amaliy qismlarga boʻldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga boʻlinadi: 1) quyi darajadagi ilm, yaʼni tabiatshunoslik (tib, kimyo, astrologiya va boshqalar); 2) oʻrta darajadagi ilm — mat. (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa); 3) oliy darajadagi ilm — metafizika (ilohiyot).
Amaliy falsafa ham uch kiyem (axloq, iqtisod va siyosat) ga boʻlinib, birinchisida bitta shaxs, uning feʼl-atvori qanday boʻlishi haqida; ikkinchisida insonlarning oilada, xoʻjalik ishlarida bir-biri bilan munosabatlari qanday boʻlishi va uchinchisida shahar yoki oʻlka miqyosida kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday boʻlishi, davlatni idora qilish haqida ran boradi. Bu turkumlar ham mayda tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Asarda 29 ilm tarmogʻi tilga olinadi, Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar oʻzaro yordam asosida yashashlari kerak deb taʼkidlaydi. Jamiyat kishilarning oʻzaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini aytadi. Jamiyat aʼzolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi lozim. Agar hokim podshoning oʻzi adolatsizlikka yoʻl qoʻysa, xalqning unga qarshi qoʻzgʻoloni toʻgʻri va jamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmogʻi kerak, deb hisoblaydi. Oʻzining axloq toʻgʻrisidagi fikrlarida insonlarning kundalik ishlaridagi eng zarur axloqiy munosabatlarga, kamtarlik, izzathurmat, jasurlik, toʻgʻrilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida eʼtibor beradi.
Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki hunar egallashga intilishida o‘qituvchining unga bilim, hunar o‘rgatishi zarurligini uqtiradi.
Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy harakatlaridandir. Chunki ilm odamni ma’naviy yuksaklikka ko‘taradi, jamiyat ravnaqining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.
Tark qil bor narsani, jon barchadin a’lodudir, Jon kamoli ilmdandir, ilmdandir so‘li sog‘.
Jon agar bir shisha bo‘lsa, ilm sham chirog‘.
Hikmati insonin bilgil uch chiroqda misli yog‘.
Ul agar ravshan yonar, sen ham salomat ham tirik. Ul chiroq so‘nsa, sening ham o‘lganingmasmu shu chog‘.
Kaykovus 412 hijriy yilda (milodiy 1021—1022) tug’ilgan. Uning avlodlari gilon qabilasidan bo’lib, Tabaristonda (hozirda Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashaganlar.
Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma’lumotlarga ega emasmiz.
Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk «Qobusnoma» asarini yaratäè. Kitobni u o’g’li Gilonshohga bag’ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi.
«Qobusnoma» SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir nacho, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda.
Lekin asarning «Qobusnoma» deb atalishining sababi, uning umuman Qobusga aloqasi haqida eslatilmaydi.
Kitob Eronda sakkiz marta nashr etiladi. Bularning eng mukammali mashhur oli Rizo Qulixon Hidoyat tomonidan 1890—1891 yillarda chop etilgan nashri hisoblanadi. Asar keyinchalik Bombeyda, Isfaxonda Fatxulla ibn Amulla Vali Urduni Baxtiyoriy tomonidan chop etildi.
Bundan tashqari, «Qobusnoma» ko’plab SHarq va G’arb tillariga o’girilib, nashr etilgan. Jumladan, 1432 yilda Merjomak Ahmad ibn Ilyos tomonidan, 1705 yilda Hasan posha Nazmizoda Murtoza tomonidan, 1881 yilda Qozon tatarlari tilida Qayum Nosiriy tomonidan, 1860 yilda Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga, G’arb tillaridan — nemis, frantsuz, ingliz tillariga tarjima qilinib, chop etildi.
Endi bir-ikki og’iz so’z SHamsul-maoliy Qobus haqida. SHamsul-maoliy Qobus o’z davrining fozil kishilaridan bo’lgan. U keng bilim egasi bo’lish bilan birga she’rlar ham yozgan. Hukmdorligi davrida o’z saroyida zamonasining peshqadam olimlari va shoirlarini yig’ib, poytaxti Jurjonni yirik madaniy markazga aylantirgan. Tarixiy manbalarda Qobusning arab tilida yozgan, uchta kitobdan iborat mashhur «Nomalar»i bo’lganligi qayd etiladi. Bular «Kamol al-balag’a» («Suxandonlik kamoloti»), maqol va hikmatlar to’g’risidagi «Al-forida fi-l amsal va-l adab» («Nodir nomalar»), «Risola fi-l iftixor va-l itob» («Tanbeh va maqtov nomalari»)dir.
«Qobusnoma» murakkab yo’lni bosib o’tdi. SHo’ro mafkurasi davrida asarning insonni aqliy, axloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati hokim sinf axloqini targ’ib qilish deb baholandi. Kaykovusning Vatan haqidagi, kasb-hunarni ulug’lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuqtai nazardan qoralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlandi.
Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asr ana shu oxirgi bobida ta’rif bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus unda «... barcha fikr va tushunchalarimning sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to’rt bobda bayon etdim»1, deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’lagan holda kamolga yetkazish yo’llari va usullarini bayon etgan. Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bo’lgan quyidagi yo’nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazarda tutilgan:


  1. Kaykovus bilim olish haqida.


  2. Hunar va turli kasb egalari haqida.


  3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.


  4. Jismoniy yetuklik haqida.



CHunki har bir juvonmard uchun tan, jon, havos va maoniy, ya’ni ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo’lish zarur bo’lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to’rt yo’nalishda zikr etilgan. Kaykovus ilmni uchga bo’ladi: biror kasb-hunarga bog’liq bo’lgan ilm; ilm bilan bog’liq kasb-hunar hamda xayr va dalolatga taalluqli odat.

Birinchisiga, ya’ni biror kasb bilan bog’liq ilmlarga tabiblik, munajjimlik, muhandislik, yer o’lchash, shoirlik va boshqalar kiritiladi. Ilmga taalluqli kasblar musiqa asboblari ustasi, hayvonlarni davolovchi, binokorlik va boshqalar bo’lib, har qanday usta bo’lsa ham bu boradagi ilmni bilmasa, hech ish qila olmasligi ta’kidlanadi.


SHuningdek, ilm olish yo’liga kirgan toliblarga ham yo’llanmalar beradi:
Hamma vaqt parhezli va qanoatbaxsh bo’lish, bekorchilikdan o’zini tiyish, doimo shod-xurram va harakatchan bo’lish, kitob o’qishga berilish, ilm yo’lida qayg’u-hasratga berilmaslik, ilmni yodda saqlash uchun takrorlab borish, yod olish, ilmda haqiqat uchun kurashish, taqlid qilmaslik, doimo o’z yonida kitob va boshqa o’quv qurollarini saqlash, oz so’zlab, ko’p tinglash haqida fikr bildiradi. Ilm yo’lida munozaradan cheiknmaslik, lekin uni janjalga aylantirmaslik, isbot va dalillar bilan o’z fikrini bayon qilish zarurligini ta’kidlaydi. YAna u olimning aytgani bilan qilgan ishi bir bo’lishi kerakligi, ilmni chuqur o’rganish, har bir kasb, sohaning bilimdoni bo’lishda doimo kamtar, oqil, xalqparvar, har bir narsani oldindan ko’ra biladigan bo’lish kerakligini ham ko’rsatib o’tadi. Zero, ilmni faqat kitobdan o’rganish bilan cheklanib qolmay, aql, tafakkur bilan hukm chiqarish zarurligini ham ta’kidlaydi. Ana shu talablar asosida u tijorat ilmi, tib ilmi, nujum (yulduzlar) ilmi, handasa (geometriya) ilmi borasida o’z qarashlarini tarbiyalashda ularga ilmu odob o’rgatishlari zarurligi ham ta’kidlanadi.
Yüklə 38,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin