OʻSIMLIKLAR DUNYOSI VA ULARNI HAYOT TARZI HAQIDAGI BILIMLARINI BILIB OLISH VA TAHLIL QILISH
REJA:
1. O'simliklar dunyosini ahamiyati.
2. O’simliklardan foydalanishda yuzaga kelayotgan asosiy muammolar
3. O’simliklarni muhofaza qilish chora-tadbirlari
O'simliklar dunyosini ahamiyati. O'simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 mlrd. t organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. t dengiz va okean o'simliklaiga, 38 mlrd. t o'rmonlarga, 6 mlrd. t o'tloqlarga to'g'ri keladi. Bundan tashqari o'simliklar, ya'ni yashil o'simliklar tufayli fotosintez jarayoni ro'y beradi, Yerdagi hayotning yashashi uchun zarur bo'lgan kislorodni ishlab beradi. Agar fotosintez jarayoni bo'lmasa, havodagi karbonad angidridning miqdori ko'payib kishilar va hayvonlar nobud bo'lar edi. Biroq atmosferadan, suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan o'sha SO2 gazi o'simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil o'simliklar atrofga kislorodni chiqarib turadi. Shunday qilib, fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 mln. yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, SO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi.
Insonnig kundalik hayotida o'simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki o'simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida er yuzasida suv oqimiga, bug'lanishga, tuproqda nam saqlashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi va yo'nalishiga, hayvonlarning hayotiga ham ta'sir etadi.
O'simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta'sir etib, havosini tozalab, uni kislorod bilan boyitib turuvchi sanitarlik vazifasini bajaradi.
O'simliklardan har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorlashda keng foydalaniladi. O'simliklar chorva mollar uchun asosiy ozuqa manbai, insonlarsha estetik zavq beradi.
O'simliklar jamiyat uchun (agar undan oqilona foydalanib, muhofaza qilib, kayta tiklab turilsa) behisob oziq-ovqat manbai, texnika xom ashyosi, tibbiyotda dori-darmon tayyorlash, qurilish va boshqa sohalar uchun, qurilish va boshqa sohalar uchun hom ashyo resursidir.
O'simlklar – bu qayta tiklash mumkin bo'lgan tabiiy resurs hisoblanib, Yer shari geografik qobig'ida muhim rol o'ynaydi. Chunki o'simliklar sayyoramiz yuzsining guyoki bir «kimxob» sifatida qoplab olib, tuproq hosildorligini oshirishda, atmosferani toza saqlashda, daryolarning gidrologik rejimini tartibga solib turishda, inson va hayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalar etkazib berishda va inson hyoti uchun normal gigienik sharoit yaratishda muhim vazifani bajaradi.
Yer sharida o'simliklar turi juda ko'p bo'lib, ularning juda oz qismidan kishilar xo'jalik faoliyatlarida foydalanmoqdalar. Yer sharidagi 300 ming o'simlik turidan faqat 6000 turini inson kundalik hayotida foydalansa, shuning 1500 turi esa dorivor o'simliklarga to'g'ri keladi.
2. Inson xo'jalik faoliyatida yangi o'rmonzorlar tashkil etish, madaniy o'simliklarni ko'paytirish, yaylov va o'tloqlar sifatida yaxshilash va territoriyasini kengaytirish hisobiga o'simliklar maydonini ko'paytirib boradi. Buning ustiga ilg'or agrotexnikani qo'llab ekilgan ekinlarda yashil masslar miqdoritabiiy o'simliklarga nisbatan yuqori bo'ladi, yashil o'simlik massalrining miqdori botqoqlik va zahkash erlarni quritish, tuproq sho'rini yuvish, erlarni sug'orish, o'simliklarga mineral va organik o'g'itlar solish, o'simlik kasalliklariga va zararkunandalariga qarshi kurashish, madaniy o'simliklarni yangi navlarini yaratish orqali ko'paytirib boriladi. Bularning hammasi insonning o'simliklar dunyosiga ko'rsatayotgan ijobiy ta'siridir.
Yog'och bizning asrimizda universal materialga aylanib, undan xalq xo'jaligini turli sohalarida, jumladan oziq-ovqat etishtirishda, kimyo va yoqilg'i sanoatida, mudofada, madaniy-oqartuv ishlarida, har xil dorilar tayyorlashda ham keng foydalanilmoqda. Agar bundan 30 yil ilgari yog'ochdan 4-5 ming xil narsa tayyorlangan bo'lsa, Hozir undan 20 ming xil narsalar ishlanmoqda.
Fan va texnika taraqqiy etgan sari hozirgi zamonda yog'och kimyo sanoatining xom ashyo resursiga aylanib qoldi. Kimyoviy yo'l bilan yog'ochdan qog'oz, sun'iy shoyi va jun, tutunsiz porox, sellyuloza, fotokinoplyonkalar, nitrolak, sun'iy charm, plastmassalar, etil va metil spirti, uksus kislotasi, glyukoza, yonuvchi gaz, sun'iy kauchuk va boshqa juda ko'p mahsulotlar olinmoqda. 1 m3 yog'ochni kimyoviy yo'l bilan qayta ishlaganda kuyidagi mahsulotlarni olish mumkin: 200 kg sellyuloza yoki 200 kg qog'oz, yoki 6000 m3 sellofan yoki 5-6 l yog'och spirti, yoki 20 l sirka kislotasi yoki 70 l vino spirti, yoki 160 km sun'iy tola.
O'rmonlar kishilik hayotida oziq-ovqat manbai hamdir. Chunki juda ko'p daraxtlar sifatli meva (kedr, grek va pekan yong'og'i, non daraxti, kakao daraxti, yovvoyi olma, olcha, do'lana, bodom, pista va boshqalar) beradi. So'nggi paytlarda o'rmondan kimyoviy yo'l bilan yog'ochdan qand moddasi ham ajratib olinmoqda. 1 t yog'ochdan gidrolizlash yo'li bilan 550-650 kg gacha qand olish mumkin. Shuningdek, yog'ochdan oqsil va vitaminlarga boy bo'lgan achitqilar ham olinmoqda.
O'zbekistonda dorivor o'simliklar juda ko'p bo'lib, eng muhimlari shalfey, etmak, ermon, itjumrut, gazanda, suvqalampir, qoqi o't, momaqaymoq, na'matak, itburun, bangidevona, rovach, yantoq, zira va boshqalar. Shuningdek O'zbekistonda yovvoyi holda o'suvchi foydali o'simliklardan pista, bodom, do'lana, olcha, yong'oq, shashir, tog'asiz, qamish kabilar ko'plab o'sadi.
Markaziy Osiyo hududida hosil bo’ladigan mo’’tadil quruq havo oqimi va janub tomonidan harakatlanuvchi tropik havo oqimlari ishtirok etadi. Bu havo oqimlarini ko’pincha baland tog’ tizmalari to’sib qolsada, lekin 15-20 km balandlikdagi havo oqimlari Namangan viloyati hududiga bemalol kirib keladi hamda asosiy yog’inlarni hosil qiladi. Ayniqsa, kuz va qish oylarida Arktika havo massalarining kirib kelishi havo haroratining keskin pasayib ketishiga, yog’in miqdorining ortishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Yoz oylarida
mo’’tadil quruq va tropik havo oqimlari viloyat iqlimining quruq hamda issiq bo’lishini ta’minlaydi (2-jadval).
Namangan viloyatining janubiy, ya’ni tekislik mintaqasi - cho’l, suptropik iqlimga mansub. Vegetatsiya davri 230-240 kun. Vegetatsiya davrining ijobiy harorat yig’indisi 4600-50000S. Havo haroratining o’rtacha yillik tebranishi 14,5160S. Yanvar oyining o’rtacha harorati - 0,2 - 2,4, absolyut minimum harorati esa
- 27-290 S. Iyulb oyining o’rtacha havo harorati esa 20-280 S, eng yuqori harorati 440 S ga teng. Yillik yog’in miqdori 150-180 mm atrofida bo’lib, asosan yog’ ingarchilik qish va bahor oylariga to ’ g’ ri keladi.
Viloyat hududining relbef tuzilishi, iqlim va tuproq qatlamlarining o’ziga xos xususiyatlari tabiiy o’simliklarning tarqalishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. CHo’l o’simliklaridan (tekislik) to alpb o’tloqlariga (yuksak tog’lar - betagalik) qadar “tik” yo’nalishda tarqalgan o’simlik olami Namangan viloyati uchun ham xosdir. CHo’l o’simliklari Markaziy Farg’ona qismida tarqalgan. Tuproq-gruntning harakteriga ko’ra to’qay o’simliklari qamish, qo’g’a, tol, jingul kabilar sizot suvlari yer yuziga chiqib yotgan yerlarning o’simliklaridir. Galofitlar sho’rxok va sho’rlangan yerlarda keng tarqalgan bo’lib, ajriq, sho’ralarning turli vakillari, salsola (artemizi) kabilar keng tarqalgan. Psamofitlar - qum sezuvchilar: cherkez, qandim, turnag’i, saksovul kabilar bilan band.
1.2.Viloyat tabiatidan foydalanishning nazariy metodologik asoslari.
Tabiatdan foydalanish murakkab jarayon. Bu borada uning komponentlarini o’zaro bir-biri bilan bog’liqligi, ta’siri va majmualigini hamda shu jihatdan landshaft komplekslarining vujudga kelishida qatnashishini aniq hisobga olish zarur. Mutaxassislar tabiat va uning resurslarini xo’jalik muomalasiga kiritish jarayonini va umuman tabiatdan foydalanishni turli aspektlarda tahlil qilib, turlicha fikrlarga kelishgan. Farg’ona vodiysida tabiatdan foydalanish o’ziga xos hududiy, mahalliy, nuqtali xususiyatlarga egaki, darhaqiqat bu jarayon uning viloyatlari va turli
hududlarida farq qilishi aniqlangan, bu borada landshaft-balandlik mintaqalari xususiyatlarini e’tiborga olish ustuvor ahamiyatga ega. CHunki turli balandliklarda joylashgan hududlar tabiiy sharoitiga muvofiq ma’lum xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirish uchun qulay.
V.P.Nalivkin (1886) ma’lumotlariga ko’ra: Navkent-Namangan, Navkent- CHortoq, Peshqo’rgon-CHortoq vodiylari oraliqlariga ko’chib kelgan “ko’chmanchi o’zbeklar”ning don, non mahsulotlariga bo’lgan talabi yanada ortib, ular o’z ekin maydonlarini kengaytirishga majbur bo’ladilar. Nanay, Oqtom, Safedbuloq, Qizilyozi, Mamay va boshqa tog’lik qishloqlarda ariqlar qazilib, suv chiqaradilar (Qosimov, 1988). V.M.Legostaev (1975) mavjud tarixiy ma’lumotlar asosida irrigatsiya va melioratsiyaning taraqqiyotini tarixiy manbalar asosida yoritgan.
Farg’ona vodiysi, jumladan Namangan viloyatining hozirgi o’simlik qoplami kishilarning ko’p asrlik xo’jalik faoliyati ta’sirida o’zining dastlabki holatini yo’qotgan. Viloyatning tog’oldi prolyuvial tekislik va adir gryadalarining chala cho’l o’simliklari, Sirdaryo, Norin va +oradaryo qayirlaridagi to’qay-zorlar tamomila degadratsiyalashgan. Bir necha ming yillar davo-mida barpo etilgan voha landshaftlarida va yangi o’zlashtirilgan antropogen landshaftlarda madaniy o’simliklar tarkib topgan.
Corydalis paniculigera Regel et Schmalh. (Papaveraceae)
Tarqalishi. "Chotqolning janubiy yon bag'irlari, Paromon q.dan shimolda, uzoqligi 3-4 km., soya qoyalar orasida. 41.421190 E 071.737260 1254 m. 09 V 2013. G' apporov F. SH., Naralieva N.M
1.Piyozbosh holati 2. Gullagan davri
Ferula foetida (Bunge) Regel cf. Qurama tizmasi, Pop adirlari, Chap dashti va Xonobod va Muruldu qishloqlari oralig'ida, qurigan suv yo'llarida. N 40.884440 E 070.848040 716 m. 07 V 2013. Tojibaev K.SH., Naralieva N.M., Karimov F.I
1. To'pguli 2.Mayda to'pguli
Matthiola integrifolia Kom. (Brassicaceae)
Qurama tizmasi Xonobod qishlog'i atrofi, Chap dashti. Obishirinsoyning o'ng tomoni, Muruldu yaqini. Tizmaning lyossli qirlari, 40.902030 070.914510 ,d.s.756 m 08 V 2013. Tojibaev K.Sh.
1.Oq rangli guli 2. Binafsharang guli
Tulipa vvedenskyi Botschantz. (Liliaceae) Qurama tizmasi, Rezaksoy xavzasining o'rta oqimi, (Chodaksoyning o'ng irmog'i), janubiy-sharqiy ekspozitsiyaning toshli va tosh-shag'alli yon bag'irlari. 41001'40.1''
070036'29.6'' 1722 m, K.Tojibaev, F.Karimov, N.Naralieva, 13 IV 2013. d.s. 1700 - 1850 m.
3.3. Viloyatda o’simliklarni muhofaza qilish chora-tadbirlari
Tabiiy boyliklarning xo’jalik muomalasiga kiritish va ulardan inson ehtiyojiga ko’proq sarf qilish kuchaygan sari ming yillar davomida barqaror bo’lib kelgan ekologik muvozanat buzilib, inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabat murakkablashib, joylarda ekologik holat keskinlashib bormoqda. “Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir.
Xulosa
O’zbekiston tabiatining ko’rkamligi uning hududida nolir tabiat go’shalarini
(ajoyib soy, jilg’a, buloq, sharshara, shovva, noyob daraxtlar, xar xil jinslar, ochilib qolgan qoyalar, g’orlar, korizlar, sardobalar va hokazolar) tabiiy holicha saqlab qolishga bog’liq. Lekin so’ngi yillarda noo’rin har xil sog’lomlashtirish obyektlarini qurish, sayyoxlarning tabiatga nisbatan noto’g’ri munosabatda bo’lishi, har xil qurilishlar (suv ombori, ariqlar qazish, chorvachilik majmualari va boshq.) sababli o’shaxushmanzara joylarga putur yetkazmoqda. Bizning maqsadimiz manzarali xushtabiat joylarni (tabiat yodgorliklarni) iloji boricha o’z holicha saqlab,kelgusi avlodoarga qoldirish.
O’zbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob o’simliklar va hayvonlarni hisobga oluvchi ikki jildli O’zbekiston «Qizil kitobi» nashr etilgan.
O’zbekiston «Qizil kitobi»ning birinchi jildiga 63 ta umurtqali hayvon turi, shu jumladan 22 ta sutemizuvchi, 31 ta qush, 5 ta sudralib yuruvchi hayvon, 5 ta baliq turi kiritilgan.
«Qizil kitob»ning ikkinchi jildiga muhofaza qilinishi zarur bo’lgan o’simlik
turlari kirgan. Bu jildga O’zbekistonda muxofaza qilinishi kerak bo’lgan 400 ta o’simlik turining 163 tasi kiritilgan.
O’zbekiston tabiatining muxofaza qilishda qo’riqxona, milliy bog’ va
buyurtmalarning ahamiyati juda katta.
O’zbekistonda hozir qo’riqxona sifatida muxofaza qilinayotgan maydon
250,5 ming ga yoki respublika hududining atigi 0,6% ini tashkil etadi.
O’zbekistonda 9 ta qo’riqxona joylashagn. Qo’riqxonalar haqidagi malumotlar ilovadagi 8-jadvalda berilgan.
Kelajakda respublikamizda qo’riqxonalar maydoni kengayib (Ustyurt,
Orolbo’yida, Qizilqumda yangi qo’riqxonalar barpo etish, Hisor qo’riqxonasini kengaytirish hisobiga), O’zbekiston hududining 3% ini tashkil etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekistonning o’simliklar dunyosi. Toshkent, O’qituvchi, 1997 y.
2. Yoziyev L. H. Botanika. Qarshi, 2003 y.
3. Sahobiddinov S. S. O’simliklar sistematikasi. T., 1976 y.
4. To’xtaev A., Hamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T., 1994 y.
5. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T., 2005 y.
6. Hamdamov I. H., Abilova S. A. Tabiiy fanlar konsepsiyasi. T., 2007 y.
7. Haydarov Q., Nishonov S. Tabiatshunoslik asoslari va bolalarni atrof-tabiat bilan tanishtirish.
T. 1992 y.
Dostları ilə paylaş: |