Tanaffus vaqtida o’tkaziladigan o’yinlar
Tanaffus vaqtlarida o’yinlar o’tkazish tarbiyaviy va gigiyena jihatidan katta ahamiyatga egadir.
O’quvchilar yozda maktab yonidagi maydonchada, qishda esa sport zallari va koridorlarda o’ynashni yaxshi ko’radilar. Tanaffus vaqtlarida ko’pincha boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlari har xil o’yinlar o’tkazadilar. Ana shunday paytlarda yetakchilar yoki yuqori sinf o’quvchilari ularga yordam berishlari kerak.
Agar o’tkaziladigan o’yinlar bolalarga oldindan tanish bo’lsa, u tanaffus paytida yanada qiziqarliroq o’tadi. O’tkaziladigan o’yinlar mazmuni va qoidalari jihatidan murakkab bo’lmasligi lozim. Shu bilan bir vaqtda bu o’yinlar turli yoshdagi o’quvchilarning qo’lidan keladigan bo’lishi kerak. O’quvchilar oyin jarayonida o’zlarini erkin sezishlari lozim. Ortiqcha kuch sarflash va hayajonlanishga yo’l qo’ymaslik darkor.
Kichik yoshdagi o’quvchilarga “Pat”, “Pr-r-r…”, “Mushuk va sichqon”, “Bo’sh joy” singari o’yinlar juda mos keladi.
Tanaffus vaqtida o’ynaladigan o’yinlarni dars boshlanishiga 2-3 minut qolganda tamomlash kerak. Bunday qilish mashg’ulot boshlanishi oldidan bolalarning diqqatini bir yerga to’plash imkonini beradi.
Maktab kechalari va bayramlarda o’tkaziladigan o’yinlar
Maktabda sport kechalari va bayramlari o’quvchilarda tetik va quvnoq kayfiyat yaratish uchun eng ta’sirli tadbir bo’lib hisoblanadi. Maktabning bunday tadbirlariga kiritiladigan o’yinlar aktiv dam olish vositasigina bo’lib qolmasdan, butun maktab jamoasining jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim-tarbiya va sport ishlarini yakunlovchi ko’rsatkich hamdir. Bundan tashqari, turli o’yinlar va sportchilarning chiqishlari o’quvchilarni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga ko’plab jalb qilish imkonini beradi.
Bu ishlarni qiziqarli qilib o’tkazish uchun puxta tayyorlanish – o’yin o’tkaziladigan joyni, asbob-uskunalar va turli qurollarni tayyorlab qo’yish lozim.
Bunday marosimlarda ko’pchilik o’quvchilarning qatnashish-larini ham hisobga olish kerak. Shuning uchun “Oq terakmi, ko’k terak”, “Pat”, “Pr-r-r…”, “Aylanma darra”, “Musiqaga jo’r qilib yurish” singari ommaviy xarakterdagi o’yinlarni musiqa sadolari ostida o’tkazish va musiqa yordamida o’yinning yanada qiziqarliroq va ta’sirchanroq bo’lishiga erishish tavsiya qilinadi.
Yuqori sinf o’quvchilari uchun “Lentani tort”, “O’rtaga tort”, “Kim kuchli va chaqqon” kabi o’yinlar yordamida yakkama-yakka olishish, epchillik va tez yugurish kabi o’tkaziladigan musobaqalar uyushtirish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O.Tangriov, N.N.Livitskiy «Suzish», Toshkent, 1986 yil.
2. O.Sobirova «Suzish» Toshkent, 1993 yil.
3. I.A.Butovich «Suzish» Uzdavnashr, 1962 yil.
4. N.SH.Bulgakova «Suzish» FIS, 1984 yil.
5. V.N.Nikitskiy «Suzish» FIS, 1972 yil.
6. S.M.Gordon «Ortcha suzish usullari», FIS, 1966 yil.
7. A.P.Makarenko, «Suzish» FIS, 1988 yil.
Dostları ilə paylaş: |