Reja: O‘zbekiston Respublikasi byudjet tuzilishi asoslari


Byudjet tizimi byudjetlari to’g’risida tushuncha



Yüklə 296,17 Kb.
səhifə2/11
tarix13.06.2023
ölçüsü296,17 Kb.
#129199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
11-MAVZU. DAVLAT BYUDJETINING HOLATI.

2. Byudjet tizimi byudjetlari to’g’risida tushuncha.
Barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so’mda amalga oshiriladi.
Barcha darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi– daromadlar va xarajatlarni tasnif obyektlariga ko’ra guruhlovchi xos raqam(kod)lar berish bilan guruhlash ko’rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi. Byudjet tasnifi – O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishidan iborat.
Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va byudjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslash imkonini beradi.
Byudjet tasnifi:

  • davlat byudjeti daromadlari tasnifini;

  • davlat byudjeti xarajatlari tasnifini;

  • davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o’z ichiga oladi.

Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasining yuqorida ta’riflangan davlat byudjeti tuzilmasi O’zbekiston Respublikasirespublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan tashkil topgan. Bu byudjetlar mamlakatimizdagi davlat byudjeti amal qilishining tashkiliy shakli bo’lib xizmat qiladi.
Respublika byudjeti byudjet tizimining markaziy bo’g’ini hisoblanadi. Respublika byudjeti Byudjet Kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va ishlatiladi. Respublika byudjeti davlat byudjetining umumdavlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’na- lishlari va miqdori nazarda tutiladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barcha daromadlari tarkibida Respublika byudjeti daromadlari o’rtacha 52-58 foizni tashkil qiladi, davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 44-46 foizi respublika byudjeti hisobiga to’g’ri keladi
Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e’tirof etiladi. Ularning
tarkibiga, o’z navbatida, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlari kiradi.4
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35-moddasiga muvofiq, mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi byudjetlar kiradi:

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi;

    • viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi;

    • Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.

Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo’ljallangan xarajat yo’nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi.

  • balans usuli – jami byudjetlarning daromadlari va xarajatlari o’rtasida, shuningdek, moddiy va moliyaviy ko’rsatkichlar o’rtasida to’g’ri nisbatlarni belgilashni nazarda tutadi.

Byudjetni rejalashtirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • byudjet masalalarining yagona huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinishi;

  • byudjet mablag’lari yo’nalishlarining aniq manzilli va maqsadli bo’lishi;

  • yillik byudjetni rejalashtirishning uzluksizligi;

  • moliyaviy ko’rsatkichlar (me’yorlar, soliq stavkalari, smeta xarajatlarini hisob-kitob qilish tartiblari) ning barqarorligi;

  • balanslilik.




Yüklə 296,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin