Byudjet tizimini boshqarish organlarining vakolatlari, funksiya va vazifalari O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli organlarning nizomlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilab beriladi.9 Byudjetni rejalashtirish turli darajadagi byudjetlarni tuzish va ijro etish tartibi, uning me’yoriy-huquqiy bazasi va tashkiliy asosi tarzida byudjet jarayonini,
shuningdek, mamlakat byudjetini tuzishning nazariyasi va metodologiyasi
masalalarini ham o’z ichiga oladi. Byudjetni rejalashtirish asoslari mamlakat konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgilanadi.10
4. O’zbekistonRespublikasiMoliyavazirligi,uningbyudjettizimini boshqarishdagivakolatlari. Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida O’zbekiston Respublikasining moliyaviy, narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika byudjetini
ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta’minlashni,
valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta’minlaydi.
Moliya vazirligi respublika byudjeti ham daromadlar, ham xarajatlar bo’yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo’limlari, davlat sug’urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.
Moliya vazirligi o’z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri yoki o’zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi.
Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi organlarni boshqarish jarayonida Vazirlik O’zbekiston Respublikasining moliyaviy va narx-navo siyosatini amalga oshirishning birligini ta’minlaydi.
2017-yilga qadar Moliya vazirligining byudjet tizimini boshqarish bo’yicha vakolatlari, asosiy vazifalari va funksiyalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to’g’risidagi Nizom”1 bilan tartibga solinib kelingan.
2017-yilga kelib, respublikadagi barcha moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag’laridan samarali foydalanishga yo’naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko’rib chiqish maqsadida 2017-yil 18-martda “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2847-sonli Qarori2 qabul qilindi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy bo’linmalari faoliyatining quyidagi ustuvor vazifalari hamda yo’nalishlari belgilab berildi:
− iqtisodiy o’sishning barqaror yuqori sur’atlarini, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini ta’minlashda, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajarishda, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda moliya organlarining rolini oshirishga yo’naltirilgan yagona davlat soliq-byudjet siyosatini amalga oshirish;
− iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash, mineral-xom ashyo, yer-suv hamda boshqa resurslar va uskunalardan oqilona foydalanishda soliq hamda boshqa majburiy to’lovlarning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirish yo’li bilan soliq tizimini izchil takomillashtirib borish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lash tartibini soddalashtirish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq yig’ilishini ta’minlash maqsadida ularning stavkalarini optimallashtirish;
− byudjetlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirish, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromad bazasini barcha choralar bilan kengaytirish, viloyatlar va tumanlarni subvensiyadan chiqarib, ularning mutanosibligi va o’zini o’zi qoplay olishini ta’minlash, hududlar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrini kompleks va intensiv rivojlantirish asosida davlat byudjetiga qo’shimcha manbalar jalb etish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan yanada to’liq va samarali foydalanish, hududlar iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;
− moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyotning eng ustuvor yo’nalishlariga, ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal rivojlantirishga, maqsadli investitsiya dasturlarini moliyalashtirishga, belgilangan me’yorlarga muvofiq ularni real moliyalashtirish manbalari bilan mustahkamlashga, ushbu asosda kreditorlik va debitorlik qarzlarini kamaytirishga jamlash;
− iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, qishloq xo’jaligini moliyaviy qo’llab- quvvatlashning samarali usul va mexanizmlarini joriy etish, tovarlar va xizmatlarning ayrim turlariga narx va tariflar belgilash tartibini takomillashtirish hamda to’lov intizomini mustahkamlash;
− byudjet tizimidagi byudjet mablag’laridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish, qat’iy iqtisod qilish, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini kamaytirish, nobudgarchilik va talon-torojlikni, maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo’jalik subyektlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borish;
− O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa valyuta nazorati organlari bilan birgalikda valyuta-moliya siyosatining asosiy tamoyillari va usullarini shakllantirish, davlatning valyuta resurslarini ko’paytirish va ulardan samarali foydalanish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;11 − fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tomonidan uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar, xususan pensiyalar hamda boshqa tegishli to’lovlarni tayinlash va o’z vaqtida to’lash bo’yicha o’rnatilgan qoidalarning qo’llanilishini muvofiqlashtirish hamda ularni nazorat qilish;
− sug’urta tashkilotlarining sug’urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini nazorat qilish, buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga
solish, mamlakatning moliya bozorlarini rivojlantirish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
− davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya vazirligi, uning markaziy apparati hamda tarkibiy bo’linmalarining ish shakllarini va usullarini tubdan takomillashtirish, moliya organlari faoliyatida byurokratizm va sansalorlik hollariga yo’l qo’ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o’z vaqtida e’tibor qaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun moliya organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish.
moliyaviy va boshqa resurslarning hukumat iqtisodiy va sotsial dastur- bashoratlari bilan muvofiqligiga erishish;
mablag’larni sarflashda zaruriy proportsiyalar va ustuvorliklarni o’rnatish; byudjet defitsitini qoplash uchun manbalarni qidirib topish.
Yuqorida nomi keltirilgan Prezident qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to’g’risidagi Nizom, Moliya vazirligi va vazirlik markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalarining, shahar hokimliklari moliya bo’limlarining, tuman va shaharlar hokimliklari moliya bo’limlarining namunaviy tuzilmalari ham tasdiqlandi.