Reja: O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi



Yüklə 25,99 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü25,99 Kb.
#35974
  1   2   3   4
1-seminar


3-Mavzu: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil

topishi va uning tarixiy ahamiyati (4 soat)

                                             Reja:

 1.O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi.



2.O‘zbekistonda  milliy davlatchilik asoslarining tashkil etilishi va mustahkamlanishi.

 

1.O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi

1991 yil 31 avgustda respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasi bo‘lib o‘tdi, unda "O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida"ga  konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.

Unda aniq aytilishicha:"O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining to‘liqligini egallaydi, o‘zining milliy va davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv tizimini mustaqil ravishda belgilaydi." SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqi suveren va respublikada davlat hokimiyatining yagona manbai ekanligi, u o‘z kuchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va vakillik organlari tizimi orqali amalga oshirishi, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulki, er, er osti boyliklari va boshqa tabiiy boyliklari, iqtisodiy, ilmiy, texnikaviy va intellektual boyliklari ham milliy boylik ekanligi ta’kidlandi.

SHunday qilib mazkur qonunda suveren respublikaning huquqiy asoslari belgilab berildi. 1991 yil 1 sentyabr Mustaqillik kuni va umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.

1991 yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 7 sessiyasida referendum o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Referendumda 10 millionga yaqin kishi yoki saylovchilar umumiy sonining 94,1 foizi qatnashdi. Referendum natijalari shuni ko‘rsatdiki, aholining mutlaq ko‘pchiligi O‘zbekiston mustaqilligini e’tirof etdi. Referendum respublikaning butun hududida qat’iy huquqiy normalar asosida o‘tkazildi, buni AQSH, Turkiya, Malayziya va dunyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan kuzatuvchilar tasdiqladilar. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi  nafaqat aholi, balki butun dunyo hamjamiyati tomonidan ma’qullandi.

Mustaqillik respublika tarixidagi  muhim voqea bo‘lib, u nafaqat butun davlat, balki uning har bir aholisi uchun eng katta rol o‘ynaydi. Odatda mustaqillikka qon to‘kish orqali erishiladi. Ammo O‘zbekiston, uning Prezidenti bundan qochishga muvaffaq bo‘ldi. "Ushbu ezgu orzu ro‘yobga chiqdi - O‘zbekiston o‘zining haqiqiy davlatchiligini tinch, parlament yo‘li bilan egalladi". XX1 asr arafasida dunyo xaritasida yangi mustaqil, to‘laqonli davlat paydo bo‘ldi. Uning paydo bo‘lishi dunyo hamjamiyati tomonidan e’tiborga olindi, bu uning erta tan olinishida namoyon bo‘ldi.

Suveren demokratik respublikani shakllantirishning ahamiyati ko‘p qirrali. Birinchidan, mustaqillik, ya’ni, xalqimizning azaliy orzusi ushaldi. Ikkinchidan, davlatimizda huquqiy, demokratik jamiyat barpo etish uchun sharoitlar shakllana boshladi. Uchinchidan, mamlakatning ulkan salohiyatidan o‘z xalqi farovonligi uchun foydalanish imkoniyati yaratildi. To‘rtinchidan, bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos tarzda amalga oshirish imkoniyati vujudga keldi.  Beshinchidan, dunyo miqyosida o‘z manfaatlarimizni baland ovozda e’lon qilish, xalqaro tashkilotlar ishida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldik.  Va nihoyat, eng muhim natijalardan biri - xalq ma’naviyatini, uning tarixini tiklash mumkin bo‘ldi.

SHunday qilib, mustaqillik e’lon qilinishi kuchli demokratik va huquqiy davlat, barqaror bozor iqtisodiyotiga ega fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi birinchi qadam edi. Suveren davlatning huquqiy asoslarini ishlab chiqish boshlandi. Dastur maqsadlarini  amalga oshirish  mamlakatimizning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilandi.

1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII-sessiyasida parlament  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu tarixiy hujjatlar davlat qurilishi sohasidagi keyingi aniq qadamlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

1991 yil 29 dekabrda ikkita tarixiy voqea sodir bo‘ldi: birinchidan, O‘zbekiston tarixida birinchi marta uning rivojlanish yo‘lini tanlashni belgilovchi umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi, ikkinchidan, muqobil, umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida birinchi marta yashirin ovoz berish orqali I.A. Karimov mamlakatimizning Prezidenti etib saylandi.

Referendumda: "Siz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini tasdiqlaysizmi?"degan savol qo‘yilgan edi. Ovoz berishda ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi respublikaning davlat mustaqilligini tasdiqlash uchun ovoz berdi. Ovoz berish natijalari O‘zbekiston xalqi o‘zning mustaqil rivojlanish yo‘lini qat’iy ravishda tanlaganligini yana bir bor tasdiqladi.

Muqobil asosda bo‘ib o‘tgan saylovda saylovchilarning katta qismi – 86 foizi  I.A.Karimov nomzodi uchun ovoz berdi.

1991 yil 31 dekabrda I.A.Karimov o‘z lavozimiga kirishdi. U qasamyod qabul qilar ekan: "Men O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishishim chog‘ida tantanali ravishda O‘zbekiston xalqiga xizmat qilishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya qilishga va o‘z vazifamni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman",- dedi.

Xalq  saylagan Prezidentga o‘zining amaliy harakatlari bilan el   ishonchini ko‘p bor oqladi.  Bular:bozor iqtisodiyotiga ijtimoiy  larzalarsiz evolyusion yo‘l bilan bosqichma-bosqichlik o‘tish, aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish, ma’naviyatni yuksaltirish bilan bog‘liq masalalarni oqilona hal qilish jarayonlarida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ldi.

Dastlab ko‘p partiyaviy tizim asosida o‘tkazilgan referendum va Prezident saylovlari jamiyatdagi demokratik jarayonlarning rivojlanishidagi muhim qadam bo‘ldi.

Shunday qilib, 90-yillarning boshlarida O‘zbekiston Respublikasi siyosiy rahbariyatning sa’y-harakatlari tufayli tinchlik bilan o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi. O‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilashdek  huquqi amalga oshirildi. Mustaqillikka erishilishi respublikada millatlararo tinchlik va osoyishtalikni saqlashga imkon berdi.

SHu munosabat bilan, O‘zbekiston tarixining yangi davri boshlandi - mamlakatni o‘zoq davom etib kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozdan bosqichma-bosqich olib chiqish va bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston xalqi o‘z  tabiiy boyliklarning chinakam xo‘jayiniga aylandi.

Mamlakatimiz sekin-asta jahon hamjamiyatiga qo‘shila borib, ko‘plab xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Milliy va ma’naviy qadriyatlar, shu jumladan, diniy hayotning tiklanishi boshlandi.

O‘zbekiston tanlagan demokratik dunyoviy taraqqiyot yo‘li respublika hududida yashovchi barcha millat va elatlarning teng huquqliligi va o‘zligini anglashi, o‘z tilini rivojlantirishi, madaniyatini saqlashi va an’analarini ifoda eta olishini  kafolati bo‘lib xizmat qila boshladi.

 


Yüklə 25,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin