Mavzu: O’zbekiston respublikasida Xalq ta’limi tizimi va uning turlari. Reja O’zbekiston respublikasida Xalq ta’limi tizimi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI TIZIMINI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha
“YO‘L XARITA”SI
Xalq taʼlimi — milliy darajada davlat tomonidan mamlakat farzandlari uchun joriy etilgan majburiy (yoki taklif etiladigan) taʼlim tizimidir. Xalq taʼlimi ko‘pgina davlatlarda asosan umumiy o‘rta taʼlimni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda bu sohada mas’ul organ sifatida Xalq taʼlimi vazirligi yagona davlat siyosatini olib boradi.
Taʼlim to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririga ko‘ra umumiy o‘rta taʼlim (I-XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:[1] Boshlang‘ich taʼlim (I-IV sinflar)
Tayanch o‘rta taʼlim (V-IX sinflar)
O‘rta taʼlim (X-XI sinflar)
Umumiy o‘rta taʼlim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich taʼlim taʼlim oluvchilarda umumiy o‘rta taʼlimni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta taʼlim o‘quv dasturiga muvofiq taʼlim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch o‘rta taʼlim doirasida (VII sinfdan so‘ng) taʼlim oluvchilarda kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.
O‘rta taʼlim o‘quv dasturiga muvofiq taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek taʼlimning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini taʼminlaydi.
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek taʼlim oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Umumiy o‘rta taʼlim umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus taʼlim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta taʼlim asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi va taʼlim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-xunarga va shaxsga yo‘naltirilgan taʼlim olishini taʼminlaydi.
Nodavlat taʼlim tashkilotlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim to‘lov-shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
Iqtidorli va isteʼdodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun Prezident, ijod va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil etilishi mumkin.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda taʼlim oladi.
Umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) taʼlim oluvchilar soni o‘ttiz besh nafardan oshmasligi kerak.