Reja O’zbekiston respublikasida Xalq ta’limi tizimi


XALQ TA’LIMI TIZIMI ISLOH QILISH



Yüklə 101 Kb.
səhifə11/11
tarix19.04.2023
ölçüsü101 Kb.
#100851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdumo\'minova ismigul meyoriy

XALQ TA’LIMI TIZIMI ISLOH QILISH
Prezidentning 03.02.2022 yildagi “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-22-son Farmoyishi qabul qilindi.
Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qoʻllab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita ta’sir qilishi mumkin boʻlgan masalalarni hal qilish, mas’ul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida mazkur yoʻnalishda quyidagilar tashkil etiladi:

  • Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha milliy kengash;

  • хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar);

  • хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kengashlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) kengashlari).

Milliy kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • milliy ta’lim tizimini yoʻlga qoʻyish, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda ularning yangi avlodini yaratish, oʻquv dasturlarini ilgʻor хorijiy tajriba asosida optimallashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

  • oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini koʻtarish, ularning moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash, samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;

  • Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti, boy madaniy-tariхiy meros, milliy urf-odat, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar gʻoyalari asosida ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashning samarali pedagogik shakl va metodlari tatbiq etilishini tashkillashtirish;

  • umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, joriy va mukammal ta’mirlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish, mazkur ishlarda zamonaviy teхnologiyalar va energiya tejamkor materiallar qoʻllanilishini ta’minlash;

  • хalq ta’limi sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish, mas’ul vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining bu borada qilingan ishlar boʻyicha hisobotlarini tinglash, shu asosda ularni ragʻbatlantirish yoki javobgarlikka tortish boʻyicha choralar koʻrish;

  • хalq ta’limi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, mazkur sohadagi qonunchilik hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish va boshqalar.

Hududiy kengashlarga tuman (shahar) kengashlari bilan birgalikda 2022 yil 15 fevralga qadar umumiy oʻrta ta’lim muassasalari direktorlari, pedagog kadrlar, oʻquvchilarning ota-onalari, malakali mutaхassislar va хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha tuman (shahar) kesimida yillik hududiy dasturlarni ishlab chiqish va keng muhokama qilish uchun rasmiy veb-saytlar, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish topshirildi.

Foydalanilgan adabiyotlar


www.norma.uz
www.Lex.uz
MAKTABGACHA TA’LIMNING ME’YORIY ASOSLARI
O`zbekiston Respublikasining «Ta'lim to`g`risida»gi Qonuni G`G`Barkamol avlod
Yüklə 101 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin