Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə28/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

Ikkinchidan, bir ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzumdan ikkinchisiga «o’tish davri» yoki aniqrog’i, «oraliq» bosqichining muhlati ana shu yangi yuzaga kelgan taraqqiy qilish jarayoni namoyon bo’lishi bilan tugaydi.

Uchinchidan, insoniyat faqat «o’tish davri» bilan yashamaydi, balki uning boshlanishi bo’lganidek poyoni ham mavjuddir. Xuddi ana shu «poyoni» taraqqiyot darajalarini yoki tuzumlarning birini ikkinchisi bilan farqlash imkonini beradi.
«O’tish davri» haqida fikr yuritganimizda shuni alohida ta’kidlash lozimki, fuqarolik jamiyatigacha bo’lgan barcha tuzumlarning insonlar manfaatlari va ehtiyojlarini to’la qondira olmasligi bois, ularning birinchisidan ikkinchisiga ob’ektiv ravishda o’tishi uchun ehtiyojni yuzaga keltirib turadi. Bu o’z navbatida yangi tuzumga o’tish davrini boshlab beradi.
Ammo, demokratik tamoyillar asosiga qurilgan yangi jamiyatga o’tish bir qator o’ziga xos hususiyatlar bilan farqlanadi. Ular quyidagilardir:

Birinchidan, ayrim mamlakatlarda demokratik jarayonlar yangi tuzumning ichida shakllanadi va bu uning xalq uchun farovon hayotni ta’minlash yo’lidagi faoliyatida namoyon bo’ldi. To’g’ri, bu jarayon ham silliq amalga oshmaydi, balki o’ta murakkab kechadi, juda katta talafotlarni ham o’z boshidan kechirishi mumkin. Xuddi ana shu murakkab muammolarni hal qilishda to’g’ri yo’lni tanlashdagi, ya’ni jamiyat taraqqiyotini xalq manfaatlariga qaratilganligi insonning to’la mahnodagi huquqlari va erkinliklarini tahminlovchi jamiyatga aylanishiga olib keladi.

Ikkinchidan, o’tish davri yuksak darajadagi moddiy imkoniyatlarning yuzaga kelishi bilan tugamaydi, balki ularning xalq farovonligini ta’minlashga qaysi darajada qaratilganligi va insonlar erkinliklarining tahminlanganligi bilan bog’liq bo’lgan jarayon hisoblanadi. Ular nafaqat mamlakatlarning jug’rofiy omiliga bog’liq, balki ana shu davlatda yashayotgan aholining siyosiy madaniyati va mentalitetiga hamohang bo’lishiga ham bog’liqdir. Bularning xammasi tarixiy taraqqiyot bosqichlarida shakllanib va rivojlanib kelgan tajribalardir.
Ayni paytda bugungi kungacha, o’tish davrining mustaqil fundamental nazariyasi ishlab chiqilmagan. Buning oqibatida mamlakatlarning ma’lum tarixiy bosqichni bosib o’tmasdan, uni «chetlab» demokratik jamiyatga o’tishga bo’lgan xatti-harakatlari sodir bo’lmoqda. Bu o’z navbatida ular hayotida ayrim holatlarda katta fojialarni keltirib chiqarmoqda. SHuningdek, ayrim mamlakatlarga «chetdan» demokratik jarayonlarni «eksport» qilib bo’lmaydi. Bunday urinishlar mamlakatlarda beqarorlikka, uni taraqqiyotdan orqaga ketishiga olib kelishi mumkin. Bunday mamlakatlarga demokratiyani «eksport» qilishdan ko’ra, uning shakllanishi uchun shart-sharoit yuzaga kelishiga imkoniyat yaratilishi lozim bo’ladi.



Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin