etuvchi hokimiyat va sud hokimiyatiga bo’linadi.
Konstitutsiyaning 76-moddasiga ko'ra Oliy davlat vakillik organi bo'lgan –
Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Bu vazifani
bajaruvchi vakillik organlari parlament deb ham yuritiladi.
Parlamentarizm tajribasi shuni ko'rsatadiki, parlament bir palatali va ikki
palatali bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan –
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
Oliy Majlis 1995-1999 yillar davomida 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 ta
qonun, 452 ta qaror qabul qildi, qonunlarga esa 216 ta qo'shimcha va o'zgarishlar
kiritildi. 70 ta xalqaro shartnoma ratifikatsiya qilindi, xalqaro konventsiyalarga
qo'shilish to'g'risida 58 ta qaror qabul qilindi.
Ijro etuvchi hokimiyat (Vazirlar Mahkamasi) – davlat hokimiyatining uch
asosiy tarmoqlaridan biri. Qonunlar ro'yobga chiqarilishi uchun shart–sharoitlarni
ta'minlash ijro etuvchi organlarning asosiy vazifasidir. Hokimiyatlar bo'linishi
printsipiga muvofiq, ijro etuvchi hokimiyat, ya'ni mamlakat hukumati Vazirlar
Mahkamasiga yuklatiladi.
2000 yil 14 dekabrda yangi tahrirdagi "Sudlar to'g'risida"gi Qonun qabul
qilindi. 2008 yil 1 mayda “Advokatura tizimini yanada takomillashtirish chora–
tadbirlari to'g'risida”gi Farmon, 2001 yil 30 avgustda "Jinoiy jazolarning
liberallashtirilishimunosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-
protsessual kodekslariga hamda ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslariga
o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonun, 2005 yil 1 avgustda
"O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosini bekor qilish to'g'risida"gi farmoni qabul
qilindi. 2005 yil 10 martda "Sud–huquq tizimini isloh qilish va yanada
erkinlashtirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirish
Kontseptsiyasi" tasdiqlandi. “O'zbekistonning Konstitutsiyaviy sudi to'g'risida”gi
Qonunning qabul qilinishi Konstitutsiyaviy sud, Oliy va Xo'jalik sudlari tarkibini
saylab, sud tizimini vujudga keltirish jarayonini nihoyasiga yetkazdi.
Fuqarolar huquqini aks ettiruvchi, himoya qiluvchi, faoliyatini tartibga
soluvchi 500 dan ortiq qonun va Parlamentning qonunga tenglashtirilgan qarorlar
14
tizimi, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
Fuqarolarning dinga bo'lgan munosabati “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to'g'risida”gi (1998) Qonun bilan tartibga solinib, daxlsizligi ta'minlandi.
Ta'kidlash lozimki, O'zbekiston inson huquqlariga oid qator xalqaro
shartnomalariga qo'shilgan. O'zbekiston 1996 yil aprelda BMT komissiyasiga
siyosiy va inson huquqlari bo'yicha Xalqaro pakt normalarini bajarish borasida
milliy ma'ruza matnini taqdim etdi. “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”
va xalqaro hujjatlar asosida 1991 yil 4–sessiyada “Jamoat birlashmalari to'g'risida”,
1996 yil “Siyosiy partiyalar to'g'risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazi
Prezidentning 1996 yil oktyabrdagi Farmoni bilan tashkil etildi. Milliy Markaz o'z
faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 13 noyabrdagi qarori bilan
tasdiqlangan Nizomga ko'ra faoliyat olib bormoqda.
Inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda 1997 yil 26 apreldagi “Oliy
Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) to'g'risida”gi Qonun
alohida ahamiyatga ega. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili
(Ombudsman) mansabdorlar, tadbirkorlar va davlat organlarining inson huquqi,
erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilish maqsadida faoliyat
ko'rsatadi.
Zero, inson huquqlariga oid 2017–2019 yillar mobaynida qator farmon va
hukumat qarorlari chiqdi. 2018 yil noyabrda Samarqandda o'tkazilgan inson
huquqlari bo'yicha “Osiyo forumi” O'zbekistonda inson haq–huquqlariga bo'lgan
munosabatning dolzarbligini va yangicha yechimini namoyon etdi.
Mustaqillik O'zbekistonda mahalla institutiga mustahkam huquqiy poydevor
yaratishning faol jarayonini boshlab berdi. 1992 yil 12 sentyabrda imzolangan
“Mahalla” xayriya jamg'armasi tashkil etildi. 1993 yil 2 sentyabrda “Fuqarolarning
o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. 1999 yil 14
aprelda “Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida”gi qonun yangi
tahrirda qabul qilindi. 2004 yil 29 aprelda “Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) va
uning maslahatchilari saylovi to'g'risida”gi qonun qabul qilindi.
Hozirgi paytda O'zbekistonda 10 000ga yaqin o'zini o'zi boshqarish organi
faoliyat ko'rsatmoqda, shundan 8275 ta mahalla, 1301 ta qishloq, 154 ta shaharcha
va 155 ta ovul fuqarolar yig'inidir.
2004 yil 25 maydagi “O'zbekiston Xotin–qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab–
quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora–tadbirlar to'g'risida”gi Farmon asosida
2004 yilning 1 iyulidan boshlab fuqarolar yig'inining diniy ma'rifat va ma'naviy–
ahloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
2013 yilda yangi tahrirda “Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari
to'g'risida”gi qonun qabul qilindi.
15
Bugungi axborot asrida har bir ish ko'lami, uning sifati hamda samaradorligi
oshib borishi targ'ibot-tashviqot ishlariga bog'liq. Shu boisdan hujjatda fuqarolik
jamiyati rivojlanishini o'rganish va tahlil qilish natijalari ommaviy axborot
vositalarida, markaziy davlat telekanallarida, matbuot nashrlarida doimiy yoritilishi
belgilab
qo'yildi.
Bundan
ko'zlangan
maqsad
jamiyatdagi
islohotlarda
fuqarolarning faolligini oshirishdir.
Yurtimizda sud-huquq tizimini demokratlashtirish, sudlar tomonidan
fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi vazifalar
umume'tirof etilgan normalar asosida takomillashib bormoqda.
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim
yo'nalishlaridan biri – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs
huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud–huquq tizimini
izchil demokratlashtirish va liberallashtirish.
O'tgan davr mobaynida sud–huquq tizimini isloh qilish va jinoyat
qonunchiligini liberallashtirish borasida amalga oshirilgan islohotlar izchilligini
quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
Birinchi bosqich, 1991–2000 yillarni o'z ichiga olib, bu davrda, yangi davlat
va jamiyat barpo etishning oqilona strategiyasi ishlab chiqildi. Sud hokimiyatining
mustaqilligini ta'minlashning huquqiy asoslari yaratilib, mamlakatimiz tarixida ilk
bor Konstitutsiyaviy sud qaror topib, yangi mazmundagi umumiy yurisdiktsiya
sudlari, xo'jalik sudlari joriy etildi. “Sudlar to'g'risida”gi Qonun, Jinoyat kodeksi,
Jinoyat-protsessual kodeksi, odil sudlovga oid boshqa qonunchilik bazasi vujudga
keldi. Fuqarolarning sud himoyasiga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqlari
kafolatlandi.
Ikkinchi bosqich, 2001–2009 yillarni o'z ichiga olib, ushbu bosqich faol
demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo'lib, bunda
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, siyosiy hayot, qonunchilik, sud-huquq tizimi
va ijtimoiy sohalarni izchil isloh qilish ta'minlandi.
Jinoiy jazolarni liberallashtirishning yangi bosqichi 2001 yil 29 avgustda
“Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi
Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi
kodeksga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning qabul
qilinishi bilan boshlandi. Jumladan, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta'minlash,
sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan shug'ullanish vazifasi maxsus organ –
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga
tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasiga yuklatildi.
Uchinchi bosqich, 2010 yildan 2016 yilga qadar bo'lgan davrni o'zi ichiga
olib, mazkur bosqichdagi sud–huquq islohotlari O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2010 yil 12 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va
16
Senatining qo'shma yig'ilishida so'zlagan “Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Kontseptsiyasi” bilan bog'liq bo'lib, unda kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan
huquqiy davlat barpo etishda sud–huquq tizimini izchil isloh qilishning eng muhim
jihatlari aks etdi.
To'rtinchi bosqichi 2016 yil sentyabr oyidan keyingi davr bo'lib, ushbu
bosqichda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud–
huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli
himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora–tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni,
2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar
strategiyasi”, 2017 yil 20 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasi sud tizimi
tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari to'g'risida”gi Farmonining qabul qilinishi bilan sifat jihatdan yangi davr
boshlandi.
Dostları ilə paylaş: |