Mavzu: O‘zbekistonning geografik o‘rni, maydoni va chegaralari.
Reja: O‘zbekistonning geografik o‘rni
Ma’muriy hududiy bo‘linishi.
Tayanch iboralar: 1.O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi. 2. Kattaligi. 3. Chegaralari.
O‘zbekistonning geografik o‘rni.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlarining o‘rta qismini ishqol qiladi. Uning maydoni 448.97 kv. km. Hududiy kattaligiga ko‘ra u Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston va Turkmaniston respublikalaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Hududi shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa cho‘zilgan bo‘lib, uning chekka o‘lkalari o‘rtasidagi masofa g‘arbdan sharqqa 1425 km, shimoldan janubga 930 km ni tashkil qiladi,chegaralarining umumiy uzunligi esa 6121 kmdan ortiq. Jumladan Afg‘oniston bilan – 137 km., Qozog‘iston bilan – 2.203 km., Kirg‘iziston bilan – 1.099 km., Tojikiston bilan – 1.161 km., Turmaniston bilan – 1.621 km.
O‘zbekiston Respublikasi g‘arbiy va sharqiy tomonlarda Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari bilan, shuningdek, shimolda katta masofada Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh. Uni janubiy tomondan Amudaryo orqali Afg‘oniston davlati o‘rab turadi.
Iqtisodiy geografik o‘rin (IGO‘) – bu ma’lum bir joyning (mamlakat, viloyat, shahar va h.k.) o‘zidan tashqarida o‘rnashgan geografik 6 elementlarning (tog‘, daryo, dengiz, shahar, davlat, foydali qazilma boyliklar va b.) shu joyning ijtimoiy-iqtisodiy, siѐsiy madaniy rivojlanishiga ta’siri demakdir. Bunday ta’sir vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi, qulay joy noqulay va, aksincha, noqulay joy qulay o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. Asosiy iqtisodiy geografik qonuniyat bu yerda shundan iboratki, har bir joy o‘zining IGO‘ni qulaylashtirishga, raqobatbardoshligini oshirishga intiladi.1 Respublika chegaralari siyosiy va iqtisodiy jixatdan ancha qulayliklarga ega. Respublika janubdan Afg‘oniston bilan chegaradoshligi tufayli, ushbu davlat bilan va u orqali unga yaqin bo‘lgan hind okeani havzasi mamlakatlari, birinchi navbatda Pokiston va Hindiston bilan har taraflama keng o‘zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari tobora kengaymoqda. O‘zbekistonning ishlab chiqarish ixtisosi o‘xshash bo‘lgan Markaziy Osiyo respublikalari bilan tutashganligi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Keng ishlab chiqarish kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, xilma xil va boy tabiiy resurslardan (ayniqsa, respublikalar bilan tutashgan qo‘shni hududlarida) birgalikda foydalanish orqali respublikalararo hududiy ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilish va boshqalar bunday chegaradoshlikning ijobiy yakunlaridandir. O‘zbekiston Respublikasi chegaralarining muxim xususiyatlaridan biri ularning aksariyat tekisliklar orqali o‘tishidir. Hatto uning bilan ulkan tog‘li o‘lkalari - Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalari o‘rtasidagi chegaralar ham asosan qulay tog‘ oraliq vodiylari yoki u qadar baland bo‘lmagan tog‘ tizmalari orqali o‘tgan. Ularni bog‘lab turadigan transport yo‘llari shu sababli iqtisodiy jihatdan qadimdan yaxshi o‘zlashtirilgan hududlar orqali tashkil etilgan. Umumiy bu holat, tabiiyki bu qo‘sh ni respublikalar bilan xilma-xil iqtisodiy aloqalarni tashkil qilishda yanada qo‘sh imcha qulayliklar tug‘diradi.
Umuman iqtisodiy-geografik o‘ringa baho berishda O‘zbekistonning xalqaro mexnat taqsimotida ishtirok etish taqlil qilish muhimdir. Respublikamiz iqtisodiy-geografik o‘rnining makro-geografik mavqeini belgilovchi bu holat aynan jahon ko‘lamida, ya’ni qaror topayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining markaziy rayonlari hamda turli qit’a va mintaqalarda joylashgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari doirasida qarab chiqilmog‘i kerak. O‘zbekiston Respublikasining yetuk darajada iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarini beradigan ishlab chiqarish texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyoji dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari bilan o‘zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqaligina qondirilishi mumkin. Ma’lumki, har qanday hududning, jumladan O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini tashkil qilishda yirik metallurgiya bazalarining, yoqilg‘i-energetika, o‘rmon resurslarining uzoq-yaqinligi, transport vositalari, ayniqsa qulay dengiz portlariga chiqish holatlari ham katta rol o‘ynaydi. Bu jixatdan O‘zbekistonning hamdo‘stlik davlatlari bilan bo‘lgan ishlab chiqarish aloqalarini, albatta yangi asoslarda yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Bu muammolar yechimi ko‘p jixatdan aloqa o‘rnatilajak davlat yoki ijtimoiy markazlar o‘rtasidagi masofaga, iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish imkoniyatlariga, qolaversa amaldagi davlatlararo siyosiy vaziyatga va boshqa bir qancha omillarga borib taqaladi.
Agar O‘zbekiston hamdo‘stlik davlatlariga muhim iqtisodiy bazalardan va jahonning iqtisodiy jixatdan rivojlangan mamlakatlardan ancha uzoqda joylashganligi, buning ustiga rivojlangan mamlakatlar bilan bog‘lanish imkoniyatlarining cheklanganligi xisobga olinsa, respublikamiz iqtisodiy geografik o‘nining makrogeografik mavqei birmuncha noqulay ekanligi ma’lum bo‘ladi. O‘zbekistonning eksport imkoniyatlari ancha keng. Respublika iqtisodining yaqin kelajakdagi bosh vazifalaridan biri ana shu o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘la foydalanib, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni har taraflama kengaytirishdir. Tabiiyki, yaqin davrlar orasida O‘zbekistonning asosiy eksport mausulotlari paxta, shuningdek meva, sabzavot, poliz, ulardan tayyorlangan konserva mausulotlari, xalq xunarmandchilik mollari bo‘libqoladi. Ayni vaqtda respublikamiz importining asosini ishlab chiqarishning yuqori unumdorligini ta’minlay oladigan zamonaviy texnologik vositalar egallashi lozim. O‘zbekiston sanoati ishlab chiqarish fondini shu yo‘l bilangina qisqa muddat ichida yuqori samaradorli texnikaviy jixozlar bilan ta’minlash va xalq xo‘jaligining tarmoqlar tarkibini davr talabi asosida qayta tashkil qilish mumkin.
Bu muxim vazifalarni amalga oshirishda bundan keyin ham sobiq xukimat doirasida tarkib topgan transport vositalari, ayniqsa temir yo‘l transportidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bunga 1992 yil fevralida Hamdo‘stlik davlatlari boshliqlarining temir yo‘l transportidan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi Minskdagi kelishuvi ham yordam beradi. Transport vositalaridan va muxim dengiz portlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishda Hamdo‘stlik davlatlarining o‘zaro manfaatdorlik asosida tuzayotgan iqtisodiy bitimlari davlatlararo iqtisodiy aloqalarni olib borishda keng imkoniyatlar yaratadi.
Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda O‘zbekiston oldida yanada istiqbolliroq imkoniyatlar ochilmoqda. Seraxs (Turkmaniston)-Mashhad (Eron) temir yo‘lining tugallanishi qadimiy Turkistonni eng qulay, qisqa masofada bir tomondan, O‘rta va Yaqin Sharq, Markaziy va g‘arbiy Yevropa mamlakatlari, ikkinchi tomondan, Xitoy orqali Uzoq Sharq mamlakatlari bilan bog‘lanishga imkon beradi.
Osiyo qit’asini kenglik bo‘ylab g‘arbdan sharqqa kesib o‘tadigan bu ulkan Transosiyo magistralining ishga tushirilishidan shu temir yo‘l bo‘yida joylashgan barcha davlatlar manfaatdordir. Shu sababli bu temir yo‘lning qisqa vaqt ichida ishga tushirilishi O‘zbekiston Respublikasi makrogeografik o‘rnining ancha yaxshilanishiga olib keladi.