Reja: Pedagogik deontologiya tushunchasi va uning pedagogik etikadagi o`rni



Yüklə 55,75 Kb.
səhifə2/6
tarix19.10.2023
ölçüsü55,75 Kb.
#157278
1   2   3   4   5   6
Reja Pedagogik deontologiya tushunchasi va uning pedagogik etik

O`qituvchilik burchi;
Umuminsoniy va millliy axloqda burch tushunchasi har bir kishining o`z vazifasini to`liq bajarishi boshqalarga to`g`ri munosabatda bo`lishini ifodalaydi.
Burchda shaxsning jamiyatga bo`lgan munosabati namayon bo`ladi. O`z burchiga sodiqlik har bir kishiga yuksakobro` va shon-sharaf keltiradi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida fuqarolarning huquqlari ilan bir qatorda burchlari ham belgilangan. Qonunlarga rioya qilish, boshqa kishilarning huquq va erkinliklari, sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ma`naviy merosimizni asrab-avaylash, atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish har bir fuqaroning burchidir. Burchga sodiqlik har bir fuqaroning odobi va axloqini ko`rsatadi.
Katta yoshdagi kishilarni hurmat qilish yoshlarning burchidir. Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash o`qituvchining axloqiy fazilatidir. Har bir muallimning o`quvchilarga o`rgatadigan g`oyalari, ularning qalbidan joy olishi lozim. O`qituvchi yosh avlodga ta`lm-tarbiya berish sohasidagi o`z burchini zorlik tufayli yuksaltirgan majburiyat emas balki, o`a hayotining ma`nosi, ishonch va vijdon davati deb, hisoblaydi fuqarolik burchini his etish xalq va butun mamlakatimizning ertangi kelajagi to`g`risida g`amxo`rlik qilishni taqqoza etadi.
Davlat oldidagi burchni anglamoq barkamol muallim insonga izzat- hurmatli yoshlarga g`amxo`r bshqalarga yordamqilishni o`z insoniy burchi deb hisoblovchi insondir.
O`qituvchi axloqidagi burch hissi Vatanni sevish, uning porloq kelajagi uchun g`amxo`rlik qilishni talab etadi. O`qituvchilik odobi- vatanparvarlik burchi baynalminalchilik tuygusi bilan chambarchas bog`liqdir. Bazi pedagoglar boshlagan ishlarini oxirigacha etkaza olmaydilar, irodasi yetishmaydi. O`qituvchining eng muhim burchlaridan biri o`z bilimini muntazam oshirib borishdir.
O`zbekiston Respublikasi hukumati o`qituvchilar hurmatini qadrlab har tomonlama ular mehnatini e`tiborga olib har tomonlama g`amxo`rlik qilmoqda. Bizning nazarimizda zamonaviy o`qituvchi qiyofasida quyidagi fazilatlar bo`lishi kerak ;
1.O`qituvchi jamiyatda bo`layotgan o`zgarishlar va islohatlar mohiyatini chuqur anglab etishi lozim.
2. O`qituvchi zamonaviy axborat texnalogiyalaridan, yuqori darajada habardor bo`lishi zarur.
3. O`qituvchi o`z fani bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi lozim.
4. O`qituvchi pedagogika va psixalogiya fanlarini puxta o`zlashtirgan bo`lishi zarur.
5.O`qituvchi ta`lim-tarbiya jarayonida eng samarali usul va vositalardan foydalana olishi lozim.
6.O`qituvchi ijodkor, tashabbuskor, tashkilotchi bo`lishi lozim.
7.O`qituvchi yuksak darajada mahorat egasi bo`lishi lozim.
8. O`qituvchi nutq madaniyatiga ega bolishi lozim.

O`qituvchilik burchi aql bilan hissiyotning birligidan iborat. Muallim kasbiga nisbatan qo`yildigan talablarning mohiyati va mazmunini bilsa, uning shaxs va jamiyat uchun muhimligini anglasa, bu vazifalarni bajarish uchun o`zida qobiliyat borligini sezsa, pedagog uchun zarur fazilatlarni tarbiyalash yo`llarini belgilab olsa-shundagina unda kasbiy burch shakllana boshlaydi.Demak unda burch shakllangan deyish mumkin.


O`qituvchining eng muhim burchlaridan o`z bilimlarini muntazam oshira borishdir. O`qituvchining eng muhim burchlaridan biri o`z bilimlarini muntazam oshirib borishdan iboratdir.
Muallim o`quvchilaga chuqur nazariy bilimlar berish, uni hayotga, mehnatga tayorlashi darkor. Shu bilan birga u boladagi mavjud layoqat va qobiliyatlarnipayqab, unda mavjud bo`lgan ijobiy axloqiy fazilatlar o`stirishi lozim. O`qituvchining mas`uliyati uning xulqini tarbiyalashga solib turadigan, boshqaradigan kuch, o`quvchilarga ta`sir o`tkazish darajasining asosiy me`zoni hisoblanadi.
O`qituvchi odobida yaxshilik fazilatlariga pedagogik faoliyat bilan bog`liq holda, o`qituvchining yaxshilik shaklida aniqlik kiritiladi. Unda o`qituvchi va o`quvchilar jamoasi manfaatlari birligi, muallim va o`quvchi maqsadining birligi, ta`lim va tarbiyaning samarasi uchun kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati muallimning ham, o`quvchilarning ham, ota-onalarning ham yaxshi niyatli, xayrihoh va mehribon bo`lishini taqqoza etadi.
O`qituvchilik qilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o`z zimmalariga qanchalik yuksak, sharafli ma`sulliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim.

Yüklə 55,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin