Diagnostika fanining asosiy maqsadi o'quvchi-talabalar psixologiyasining turli sohalandan psixologiya va pedagogikaga oid bilimlar berish, ayniqsa, shu fanlaming ilmiy tadqiqot metodlarini amalda qo'llashga o'rgatishdir. Shuning uchun mazkur kurs, asosan, amaliy xususiyatga ega bo'lish bilan birga nazariya bilan ham uyg'unlashgan. Masalan: Ilmiy asoslangan diagnostik metodlarsiz bolalaming ta’lim muassasasiga tayyorligini bilish mumkin emas. Pedagogik diagnostikasiz nvojlantiruvchi ta’lim samaradorligini kuzatib bo'lmaydi. Turli metodlaming nisbiy mahsuldorligini, o'qitishning shakl va vositalarini baholash. diagnostik metodlarsiz o'quvchi-talabalaming turli yosh davrlaridagi intellektual rivojlanganlik darajasini belgilash o'ta mashaqqat; o'quvchi-talabalarga individual yondoshish uchun zarur bo'lgan ulaming individual xususiyatlari haqidagi ma’lumotlami to'play olmaymiz.
Pedagogik diagnostika ta'lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ilg‘or ta’lim muassasalarida bu ish uslubiy muvaffaqiyatli tarzda amalga oshinlmoqda. Shu asosda yutuqlar mustahkamlanib, yo‘1 qo'yilgan kamchilik va nuqsonlami tahlil qilish asosida bosh strategik yo'nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qoiga kiritilmoqda. Shu borada savol tug'iladi bola qobiliyati, imkoniyati, bilimi, egallagan ko’mkmalarining o'lchovi bormi0 bolaning bilimi va ko’mkmalarini belgilashga o’qituvchi aralashgani ma’qulmi yoki o'ziga o'zi baho bergani afzalroqmi9 Anashunday savollarga eng maqbul asoslarda javob berish pedagogik diagnostikaning predmetidir. Ushbu maqsadni ro’yobga chiqarish yo’l-yo'riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir.
Pedagogik diagnostika:
Birinchldan, individual ta’lim jarayonini jadallashtiradi