Mazkur bosqichda ishlab chiqilgan mashqlar tizimini quyidagi guruhlarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir:
a) mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar tomonidan yechilishi lozim bo‘lgan mashqlar;
b) darsdan tashqari sharoitlarda bajarilishi ko‘zda tutilgan mashqlar.
O‘quvchilar e’tiboriga havola etilayotgan mashqlar bir-birini to‘ldirishi, o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik va eng muhimi evolyutsion xususiyat kasb eta olishi lozim.
7. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning bu bosqichida o‘quvchilarning umumiy faoliyatlarini nazorat qilish va test tizimini ishlab chiqish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan test tizimining ishlab chiqilishi o‘quvchilarning mavzu yuzasidan muayyan tushunchalarni o‘zlashtirish, shuningdek, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantira olganlik darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi. Test tizimini ishlab chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir-biri bilan uyg‘un bo‘lishlariga ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir.
8. Ta‘lim jarayonini loyihalashning so‘nggi bosqichi yaratilgan loyihaning ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi, ta’lim jarayonining yakuniy darajasini o‘rganish bilan nihoyalanadi.
Mazkur bosqichda ta’lim jarayonining umumiy ahvoli, erishilgan yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularning yuzaga kelish sabablari tahlil etiladi, navbatdagi mashg‘ulotlar jarayonida sodir bo‘lgan kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi.
Bildirilgan fikrlardan anglanadeki, har bir bosqichda amalga oshirilayotgan vazifalar o‘rtasida muayyan izchillik mavjud bo‘lib, u ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |