Reja: Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari


Mazmun - o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə49/80
tarix28.09.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#150262
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
PEDAGOGIKA FANI UNI O`QITISH PREDMETI VA METODOLOGIYASI

Mazmun - o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi.
Tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha tartiblangan didaktik jarayon.
Shakl - o‘quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig‘i, mazmuni uchun qobiq.
Metod - o‘ qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo‘li.
Vosita - o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi, yangi materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’ yekt.
Natija - o‘quv jarayonining so‘nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.

  1. Didaktikaning asosiy kategoriyalari.

  2. Zamonaviy ta’lim paradigmalari.

  3. O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.

  4. O‘qitish jarayoni bosqichlari.

  5. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.

  6. Ta’lim tamoyillari va qonuniyatlari.

3. Zamonaviy ta’lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so‘zining o‘zi keng ma’noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o‘ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi.
Paradigma - aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka muammolarni aniqlash va ularni hal etish modeli sifatida taqdim etiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya.
Ta’limning yangi paradigmasining paydo bo‘lishi faqat ijtimoiy- iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmasdan, u butun madaniyrivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. Uning shakllanishida insonparvarlik falsafasi va psixologiyasi asosiy o‘rin egallaydi. Mazkur konsepsiyaning asosiy nuqtai nazari - har bir alohida inson hayotining o‘ ziga xosligi, har bir shaxs noyob, individual, shartsiz qadriyat ekanligini e’tirof etish. Insonparvar falsafa va psixologiya o‘z-o‘zini realizatsiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini insonning yuksak ehtiyoji deya e’tirof etib, insonning o‘z noyobligini asrash va rivojlantirish, insonning erkinlikka erishish mexanizmi sifatida individual shaxsiy tanlovni amalga oshirishni o‘zida namoyon etish, qilingan tanlov uchun javobgarlikni bo‘yniga olishda ularni amalga oshirishning muhim shartini ko‘radi. Shuning uchun shaxsning rivojlanishi va insonning shakllanishi boshqalar bilan hamjihatlikda, ishonch, oshkoralik, sevgiga asoslangan insonparvar munosabatlarni o‘rnatish jarayonida sodir bo‘ladi.
Asosida ta’limga yangicha yondashuv yotadigan g‘oyalarning rivojlanishida psixologlar ham muhim hissa qo‘shishgan: yaqin zonadan rivojlanish va inson rivojlanishida birgalikdagi faoliyatni roli haqidagi ta’limot, shaxsning hayotiy faoliyatdagi vazifalari, fikriy soha, insonning reflektiv imkoniyatlarining rivojlanishi, o‘quv faoliyati jarayonida uning psixik rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tadqiqotlar, shular jumlasidandir.
Zamonaviy pedagogik fanlardagi maqsadiga (ta’limiy, tarbiyaviy), ta’limning bosh maqsadi - madaniyatga yondashuvga, o‘quv-tarbiya jarayoni doirasida hal etiladigan vazifalariga, pedagog va talabalar orasidagi o‘zaro ta’sir etish tavsifiga ko‘ra paradigmalar farqlanadi.
Ta’limning keng tarqalgan beshta paradigmasi mavjud: an’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan paradigma); fenomenologik (insonparvarlik paradigmasi); ratsionalistik (bixevioristik, xulq- atvorga doir); texnokratik; ezoterik.
An’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan) paradigma. Bilimga yo‘naltirilgan paradigmada ta’limning bosh maqsadi: «Istalgan qiymatdagi bilim, bilim va yana bilimdir». Shuning uchun ta’lim muassasasining roli insoniyat sivilizatsiyasi madaniy merosining ko‘proq mavjud unsurlari - ham individual, xuddi shunday ijtimoiy tartibni saqlab qoluvchi, individual rivojlanishga imkon beradigan zaruriy, xilma-xil, muhim bilim, ko‘nikma va malakalar, bundan tashqari ideal va qadriyatlarni uzatish va saqlashda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘quv dasturlari mazmuni tayanch, asosiy, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash vaqtida sinovdan o‘tuvchi, shaxsning funksional savodxonligi va ijtimoiyligini ta’minlashga asoslanadi.
Bixevioristik (ratsionalistik) paradigma. Ratsionalistik paradigma an’anaviy paradigmaga qarama-qarshi o‘laroq, o‘zining diqqat markazida mazmunni emas, o‘quvchilarning turli turdagi bilimlarni o‘zlashtirishining samarali usullarini qo‘yadi. Ratsionalistik ta’lim paradigmasi asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik konsepsiyasi turadi. Ta’lim muassasasining maqsadi - ta’lim oluvchilarda ijtimoiy me’yorlar, milliy madaniyat talablari va natijalariga muvofiq, moslashuvli «xulq-atvor majmui»ni shakllantiradi. Suning uchun «xulq-atvor» atamasi “barcha turdagi reaksiyalar, insoniy xususiyatlar - uning fikrlashi, his-tuyg‘usi va harakati»ni bildiradi.
Mazkur paradigma ta’lim muassasasiga ta’lim oluvchilarning maqbul xulq-atvorini shakllantirish maqsadida bilimlarni o‘zlashtirish yo‘li sifatida qaraydi, ya’ni har qanday ta’lim muassasasi - bu yashash muhitiga moslashtirishning ta’limiy mexanizmi. Bunday o‘qitishning asosiy metodlariga o‘rgatish, trening, test nazorati, individual o‘qitish, korrektsiyalash kiradi.
Insonparvarlik (fenomenologik) paradigmasining diqqat markazida o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojiga ega bo‘lgan, hayot sub’ekti, shaxs erkinligi va ma’naviyati sifatidagi ta’lim oluvchi turadi. U bolaning ichki dunyosini rivojlantirish, shaxslararo muloqot, ijod, dialog, shaxs o‘sishi uchun yordamga yo‘naltirilgan. Insonparvarlik paradigmasi vakillari yagona qarash bilan ajralib turmaydi. Uning doirasida ta’limning xilma-xil modeli amalga oshadi. Ularni bola va inson hayotining tengsiz davri sifatida bolalikka qadriyatli munosabat, ya’ni ta’lim muassasasining bosh vazifasi bolani rivojlantirish (aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik) ekanligini e’tirof etish yagona yo‘nalishda birlashtiriladi.Insonparvarlik paradigmasi doirasida harakatlanuvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy izlanishga asoslanib, ta’lim va tarbiyaning sof mazmuni, metod va vositalaridan joy oladi. Insonparvarlik paradigmasi ham o‘ qituvchi, ham o‘quvchilarning erkinligi va ijodkorligini talab etadi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin