Reja: Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə46/80
tarix28.09.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#150262
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
PEDAGOGIKA FANI UNI O`QITISH PREDMETI VA METODOLOGIYASI

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullaeva. –Toshkent, 2007.
2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010.
3. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.
4. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
5.Djuraev R.X. va boshq. Pedagogik atamalar lug‘ati. –Toshkent, Fan, 2008.
6.Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar /O‘quv qo‘llanma. O‘.Asqarova. –Toshkent, Istiqlol, 2005.
7.Xalq pedagogikasi / O‘quv qo‘llanma. M.Mutalipova. –Toshkent, 2015
8.Pedagogik entsiklopediya. I va II jild. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. -Toshkent, 2012.
9.TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by Alex Moore 2012.
11-MAVZU:DIDAKTIKA – O’QITISH NAZARIYASI SIFATIDA
Reja:

  1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.

  2. Didaktikaning asosiy kategoriyalari.

  3. Zamonaviy ta’lim paradigmalari.

  4. O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.

  5. O‘qitish jarayoni bosqichlari.

  6. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.

  7. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.

Tayanch tushunchalar: didaktika, o‘qitish, o‘qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’limparadigmalari, ta’limqoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.

  1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktikapedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so‘zdan olingan bo‘lib, «didacticos» - o‘rgatish, o‘qitish ma’nosini bildiradi.

Didaktika - ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga o‘rgatish san’ati» deb tushuntirdi.
«Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613-yil) deb nomlangan ma’ruzasida qo‘llanilgan.
Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida birinchi marta chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» (1657-yil) asarida ochib berilgan.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Pedagog – olimlar yillar davomida ta’lim tizimida Nega o‘qitamiz? Nimani o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz? Qaerda o‘qitamiz? kabi savollarga javob izladilar. Didaktika “nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?”, “qaerda o‘qitish?”, “qanday o‘qitish?” kabi savollarga javob beradi.
Ushbu holatga asosan 1990 yillarning o‘rtalarida ta’lim sohasiga oid teoriyalar va ularning asoschilari, o‘sha davr amaliy darslari va o‘qitish tarixi, talqin qilish kabilar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Men o‘z hamkasblarimga qarata o‘zida “ qanday o‘qitish” kabi savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lgan qo‘llanmalar avval ham, xozir ham ta’lim jarayonida asosiy ustun bo‘lib kelgan va talabalar, izlanuvchilarga amaliy maslahat ko‘rsata olgan deb ayta olaman.2
Didaktikaning ob’yekti - o‘sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyatning asosiu turi hisoblangan ta ’lim berishdir.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin