Reja: Psixologning kasbiy faoliyati haqida umumiy tushuncha


Psixolog ishining bolalar muassasalariga ko’ra xususiyatlari



Yüklə 167 Kb.
səhifə9/11
tarix03.02.2023
ölçüsü167 Kb.
#82631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Psixolog kasbiy faoliyat turlari

Psixolog ishining bolalar muassasalariga ko’ra xususiyatlari
Turli ta’lim – tarbiya muassasalarida bugun psixolog yangilik emas. Psixologlarning ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatib kelayotganlariga ancha bo’ldi. Biroq xaligacha ko’pchilik bu soha mutaxassislari ishiga biroz shubha aralash nazar bilan qarashmoqda. Bunga ma’lum ma’noda psixologlarning o’zi ham aybdor. Ular o’z faoliyatlarining, o’z yordamining qanchalik muhimligini, yosh avlodni barkamol insonlar qilib voyaga etkazishda ularning ishtiroki zarur ekanligini ko’rsatib, ifodalab bermayaptilar. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning fikrimizcha, psixologlarning o’z faoliyatida ta’lim tarbiya muassasalari harakterli xususiyatlariga etarlicha e’tibor bera olmayotganliklari, muassasaning o’ziga xos xususiyatlariga moslasha olmayotganliklaridadir. Turli yoshdagi, jinsdagi ma’lumot va e’tiqod darajasidagi odamlar bilan psixolog bir xil metod va usul orqali ishlamas ekan nima uchun turli ta’lim - tarbiya muassasalarida olib boradigan faoliyati o’zaro farqlanmaydimi? Turli muassasa bu turlicha sharoit, turli muassasa-bu rivojlanishi jihatdan turlicha bo’lgan bolalar. Shunday ekan, turli xil muassasalarda psixolog yagona qolipga solingan yo’ldan borishi mumkinmi? Bizningcha mumkin emas. Shundan kelib chiqib turli tuman bolalar muassasalarida psixolog olib boradigan ishning bir – biridan farqi, o’ziga xos va takrorlanmas xususiyatlariga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Biz qisqacha tarzda psixologning maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boradagan ishlari, umumiy o’rta ta’lim maktablarida va mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari bilan amalga oshiradigan ishlarning ayrim jihatlari haqida to’xtalib o’tamiz.


Psixologning maktabgacha tarbiya muassasalaridagi o’rni va vazifasi
Maktabgacha tarbiya muascasalarining tarbiyachilari psixolog yordamiga muhtojmi?
So’nggi yillarda maktabgacha tarbiya muassasalarimizda psixologik maslahat ommalashib bormoqda. Ayni vaqtda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida mini- listey yoki listey boTo’g’ri chalarda, balki oddiy tuman bolalar boTo’g’ri chalarida hamma amaliy psixologlar faoliyat ko’rsatmoqdalar. Yurtboshimizning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «SoTo’g’ri lom avlod davlat dasturi» da 1 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarning salomatligini mustahkamlash tarbiyasini To’g’ri ri tashkil qilish masalasiga ko’proq ahamiyat berish zarurligining ta’kidlanishi maktabgacha tarbiya muassasalarida psixologning ahamiyatini oshiradi. Zero, salomatlik tushunchasi nafaqat jismoniy, balki ayni bir vaqtda ruhiy salomatlik birligini anglatadi. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, «SoTo’g’ri lom avlod deganda shaxsan men, eng avvalo, soTo’g’ri lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi fikri soTo’g’ri , imon e’tiqodi butun, bilimi, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman».
Yaqin-yaqinlargacha boTo’g’ri cha psixologi o’ziga xos noyob hodisalardan biri edi. Psixolognig bir turdagi muassasalardagi vazifa va faoliyat yo’nalishi aniq ko’rsatilmagan edi. Eng muhimi, psixologlarning o’zi uchun ham bu front – bu tarmoqda qanday hodisa va muammolarga duch kelish mumkinligini aniq ravshan tasavvur etishga qiynalar edilar. Shuning uchun, hatto ularning o’zlarida ham «O’zi psixologga zarurat bormikan?» degan gumon paydo bo’lardi. Hozir ham ayrim boTo’g’ri cha psixologlari muassasada o’z o’rinlarini topolmay qiynalayaptilar. Shuning uchun ular boTo’g’ri chadagi o’z faoliyatlarining dastlabki bosqichini odatda metodikalar orqali bolalarni diagnostika qilishdan boshlaydilar. Shubhasiz, bu juda samarali faoliyat yo’nalishi. Bunda bolalarning umumiy rivojlanish darajasi aniqlanadi va mavjud muammolar ko’zga tashlana boshlaydi. Biroq diagnostika va uning natijalarini qayta ishlash ancha ko’p vaqt talab qilingani uchun bolalarning muammolari bilan shuTo’g’ri ullanishga vaqt deyarli qolmaydi.
Shuning uchun mutaxassislar maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan psixologlarga ishni dastlab unga yordam so’rab murojaat qilgan ota - ona va tarbiyachilarning murojaatini o’rganishdan boshlashni tavsiya etadilar . Maktabgacha yoshdagi bolalar ota - onalari va tarbiyachilarining psixologga qiladigan murojatlari uning mazmuni va xarakteri xususida risolamizning navbatdagi bo’limida batafsil to’xtalamiz . Ishonamiz, ushbu murojaatlarni o’rganib, ularga o’z vaqtida javob berishi bilan psixologlar o’zini qanchalik kerakligini isbotlay oladilar.



Yüklə 167 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin