Oltingugurt preparatlari
Mazkur guruh preparatlari ichida maydalangan oltingugurt, kolloid oltingugurt va ohak-oltingugurt qaynatmasi (ISO) eng ko‘p tarqalgan. Ular inson va issiqqonli hayvonlar uchun kam zaharli.
Maydalangan oltingugurt – sariq rangli kukun, uning 95-98% ini elementar oltingugurt tashkil qiladi. Un-shudring kasalliklariga qarshi 25-30 kg/ga miqdorda keng qo‘llaniladi.
Changlatish bir tekis chiqishi uchun uni kul, talk va yo‘l changi bilan aralashtirish mumkin. (1:1, 2:1 nisbatda).
Oltingugurt kolloidi – sariq-kulrang namlanuvchi kukun, uning 90-95% ni oltingugurt elementi tashkil qiladi. Qo‘llash meyori 8-25 kg/ga. Saqlash vaqtida yopishib qotib qoladi, shuning uchun uni qo‘llashdan oldin yaxshilab maydalash kerak.
Purkash uchun konsentratsiyasi 0,25-2% bo‘lgan suspenziya tayyorlanadi.
Ohak-oltingugurt qaynatmasi (ISO) – och qizil suyuqlik, u 2 qism oltingugurt, 1 qism ohak va 17 qism suvdan tashkil topadi. Dastlab ohak oz-oz miqdordagi suv bilan so‘ndiriladi, qiziganidan so‘ng oltingugurt qo‘shib aralashtiriladi va 50-70 daqiqa davomida qaynatiladi. Qaynash vaqtida bug‘lanishni hisobga olgan holda suv qo‘shib turiladi. Olingan boshlang‘ich qaynatma sovitiladi va shisha idishlarga joylanadi.
Idish og‘zi qattiq berkitiladi, sovuq va qorong‘i joyda 1 yilgacha saqlanishi mumkin.
ISO un-shudring, antraknoz va boshqa kasalliklarga qarshi qo‘llaniladi. U zararkunanda va kanalarni ham o‘ldiradi. Vegetatsiya davrida purkash uchun Bome bo‘yicha 0,5-1,00, daraxtlarning barglari to‘kilgandan so‘ng kech kuzda yoki erta bahorda esa 2-50 konsentratsili preparat qo‘llaniladi. Boshlang‘ich qaynatmaning quvvati areometr yordamida aniqlanadi. Tayyorlangan suyuqlikning ishlatilish muddati 1-2 kundan oshmasligi kerak (1-jadval).
1-jadval
ISO boshlang‘ich eritmasidan ishchi eritma tayyorlash uchun konsentratsiyani hisoblash
Qo‘r eritma konsentratsiyasi
|
100 l ishchi eritma tayyorlash uchun ishlatiladigan qo‘r eritma miqdori, zichlik Bome darajasida
|
Bome bo‘yicha darajasi
|
zichligi
|
0,5
|
0,75
|
1
|
5
|
13
|
1.0990
|
3,51
|
5.29
|
7,05
|
36.26
|
14
|
1.1075
|
3.23
|
4.80
|
6,49
|
33.42
|
15
|
1,1160
|
3.00
|
4.50
|
6,02
|
30,95
|
16
|
1,1247
|
2,79
|
4,19
|
5,60
|
28,79
|
17
|
1,1335
|
2,61
|
3,91
|
5,23
|
26,89
|
18
|
1,1425
|
2,44
|
3,67
|
4,90
|
25,19
|
19
|
1,1517
|
2,29
|
3,44
|
4,60
|
23,67
|
20
|
1,1609
|
2,16
|
3,25
|
4,34
|
22,31
|
21
|
1,1703
|
2,04
|
3,07
|
4,10
|
21,08
|
22
|
1,1799
|
1,93
|
2,90
|
3,88
|
19,96
|
23
|
1,1896
|
1,83
|
2,76
|
3,68
|
18,93
|
24
|
1,1995
|
1,74
|
2,62
|
3,50
|
18,00
|
25
|
1,2096
|
1,66
|
2,49
|
3,33
|
17,13
|
26
|
1,2198
|
1,58
|
2,38
|
3,18
|
16,33
|
27
|
1,2302
|
1,51
|
2,27
|
3,08
|
15,60
|
28
|
1,2408
|
1,44
|
2,17
|
2,90
|
14,91
|
29
|
1,2515
|
1,38
|
2,08
|
2,78
|
14,27
|
30
|
1,2625
|
1,33
|
1,99
|
2,66
|
13,68
|
31
|
1,2736
|
1,27
|
1,91
|
2,55
|
13,10
|
32
|
1,2850
|
1,22
|
1,83
|
2,45
|
12,60
|
Ditiokorbamin kislota hosil qiluvchi preparatlar
Bu guruhga kiruvchi preparatlar himoya qilish xususiyatiga ega bo‘lib, o‘simliklarni o‘sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.
TMTD – tetrametiltiurandisulfit. Sarg‘ish-kulrang, qo‘lansa hidli kukunsimon modda. Organik eritmalarda eriydi, suvda esa erimaydi. 50-80% namlanuvchi kukun yoki dust shaklida chiqariladi.
Urug‘larni dorilash uchun qo‘llaniladi. 1 kg urug‘ni dorilash uchun 5 g, tuproqqa esa 1 m2 ga 50-80 g preparat ishlatiladi.
Sineb. Ta’sir qiluvchi moddasi – etilenbisditiokarbamin kislotasining ruxli tuzi. 80% namlanuvchi kulrang-sariq kukun. 1 gektarga 2-8 kg ishlatiladi. Suv bilan mustaqil suspenziya hosil qiladi. 0,5-1% konsentratsiyada qo‘llaniladi.
Vegetatsiya davrida ko‘chatlarga va yosh daraxtlarga 1-5 marta purkash kerak. Ishlov berilgandan 20 kun o‘tguncha o‘tlarni o‘rish, meva va uzumlarni terib iste’mol qilish mumkin emas. Tok qalamchalariga ekishdan oldin sitosporozga qarshi ishlov berish uchun 100 l suvga 0,5 kg preparat solingan eritma qo‘llaniladi.
Karbation (vapam). Kompleks ta’sir etuvchi preparat – fungitsid, insektitsid, nematotsid va gerbitsid, sariq yoki yashil-sariq rangli, 40% konsentrlangan eritma, keskin oltingugurt-vodorod hidli. O‘simliklarning yotib qolish kasalligining qo‘zg‘atuvchilariga (kuchli infeksion fonda) va tuproq zararkunandalari va nematodalarga qarshi qo‘llaniladi. Karbation o‘simliklar uchun zaharli, shuning uchun tuproqqa qo‘llanilgandan so‘ng urug‘larni ekishgacha 3-4 hafta vaqt o‘tishi kerak.
Polikarbatsin. Namlanuvchi och sariq rangli kukun. 80% gacha ta’sir qiluvchi moddadan (sineb va rux polietilentiuramid sulfidi) iborat.
Qo‘llanilgandan so‘ng 3 kungacha meva va dorivor o‘simliklarni yig‘ish va iste’mol qilish mumkin emas.
Nitrofenollar
DNOK. Suvda yaxshi eriydi, tarkibida 40% dinitroortokreozolin mavjud, sariq rangli kukun. Parsha kasalligiga qarshi qo‘llaniladi, Havo harorati 200S bo‘lganda 1,5-2% konsentratsiya ga ega bo‘lgan preparat (8-20 kg/ga) bilan jarohatlangan joylar malhamlanadi, 1% li eritmasi esa tomirli mikozga (100% suvga 10 kg) qarshi qo‘llaniladi. Inson va hayvonlar uchun kuchli zaharli.
Nitrofen. To‘q-qo‘ng‘ir rangli 60% li pasta, keskin karbol kislota hidli. Sarflash meyori 30-45 kg/ga. Suvda yaxshi eriydi, insektitsid, akaritsid va fungitsid xususiyatlariga ega, 2-3 % li eritmasi ko‘chatzorlarda va yosh daraxtzorlarda kurtaklari yozilgungacha zamburug‘larning qishlovchi sporalarini yo‘qotish uchun qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |