Reja: Qonning fizik tarkibi



Yüklə 117,24 Kb.
səhifə6/15
tarix07.01.2024
ölçüsü117,24 Kb.
#206589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-20

10-Mavzu: Leykositlar -oq qon tanachalari.
Reja:
1.Leykositlar -oq qon tanachalari.
2.Leykositlar turlari.
Oq qon tanachalari organizmda bo'lib turadigan fiziologik jarayonlarning o'zgarishiga juda sezgir hujayralardir. Shuning uchun, ham leykotsitlarning soni organizmning turli holatlarida tez o'zgarib turadi. Organizmda leykotsitlar miqdorininig ko'payishi leykotsitoz, kamayishi esa leykopeniya deyiladi. Leykotsitoz hodisasi organizm fiziologik holatlarining turli xildagi o'zgarishlari natijasida va turli kasalliklar paytida kuzatiladi. Masalan, odam va hayvonlar oziqlangandan keyin qonida leykotsitlar miqdori ko'payadi, shuningdek, hayvonning bo'g'ozlik davrida kuchli jismoniy ish bajarayotganida, dori ichganida va boshqalarda. Bular fiziologik leykotsitozlardir. Chunki bu paytlarda kuzatiladigan leykotsitoz vaqtinchalik hoi bo'lib organizm uchun qonuniy normal hodisadir. Biroq, bir qancha patologik jarayonlarda, xususan, yallig'lanish, jarohatlanishlarda organizmning patologik jarayonlarga qarshi javob reaksiyasi tarzida qonda leykotsitlar sonining ko'payib ketishi maium. Leykotsitlar amyobasimon harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. LJlar kapillyar qon tomirlarining devori orqali to'qima oralig'iga harakat qilib chiqishlari mumkin. Bunday oq qon hujayralariga sayor hujayralar deyiladi va bu holat-diapedez deb yuritiladi. Leykotsitlar bir necha xillarga bo'linadi. Ular avvalo o'z protoplazmalarida turli donachalami saqlash yoki saqlamasligiga qarab donador leykotsitlar — granolotsitlarga va donasiz - agranulotsitlarga bo'linadi. Donador leykotsitlar granulotsitlar o'zlarining tuzilishi va bo'yoqlar bilan bo'yalishiga qarab 3 xilga - Bazofil leykotsitlarga (ishqoriy bo'yoqlar bilan bo'yaluvchilarga); eozinofillarga (kislotali bo'yoqlar bilan bo'yaluvchilarga); va neytrofillarga (ishqoriy va kislotali bo'yoqlar bilan ham bo'yaluvchilarga) boiinadi. Bazofillar diametri 11-17 mikronga teng dumaloq hujayralardir. Otlarda eng katta, qo'ylarda eng kichik boiadi. Protoplazmasida nisbatan yirik donachalar bor. Asosli bo'yoqlar bilan bo'yalganda donachalari qaramtir - binafsha, yadrosi esa to‘q binafsha rangga kiradi. Har xil turdagi hayvonlar bazofillarining yadrosi turli shaklda boiadi. Jumladan, ot va cho'chqa bazofillarining yadrosi to4yoqcha yoki nok shaklini eslatadi, odatda segmentlashgan boiadi. Turli hayvonlar qonida leykotsitlaming 0,1-0,4% ini tashkil qiladi. Bazofil donaehalarning tarkibida qon ivishiga to'sqinlik qiluvchi geparin degan modda bor. Bazofillar turli yalligianish jarayonlarining qaytish paytida ro‘y beradigan soiilish va bitish hodisalarida m aium ahamiyatga ega deb faraz qilinadi. Eozinofillar - dumaloq shakldagi hujayralar boiib, diametri 8-12, otlarda esa 14-22 mikron keladi. Protoplazmasida yirik donachalari bor. Yadrosi bargsimon odatda segmentlashgan (bo'gim - bo'gim ga boiingan) boiadi. Segmentlashgan yadro ikkita, ayrim hollarda uchtato'rtta bo'gim dan tashkil topadi. Barcha kislotali bo'yoqlar bilan protoplazmasi och-koidsh rangga, donachalari qizgich-sariq rangga, yadrosi esa qo'ngir-binafsha rangga bo'yaladi. Turli hayvonlarning qonida eozinofillar leykotsitlaming 2-12% ni tashkil qiladi. Bular oqsil tabiatli toksinlarni, organizm uchun yot oqsillami parchalashda, zararsizlantirishda ishtirok etadi. Neytrofillar - neytral bo'yoqlar bilan bo'yaladigan, diametri 9,5- 14,5 mikron keladigan dumaloq hujayralardir. Yoshiga, yadrosining shakli va bo'yalishiga qarab to il sinfga boiinadi: 59 a) Mielotsitlar - eng yosh neytrofil hujayralar bo‘lib, odatda qonda turli kasalliklar paytida uchraydi. Chunki juda yosh hujayralar boigani uchun normada periferik qonda boimaydi. Yadrosi yirik, dumaloq, ayrim hollarda esa shaklan loviyaga o'xshaydi, binafsha rangga bo'yaladi. Protoplazmasida och qizil, och ko'k yoki tutun rangga bo'yalib, mayda, qizg'ich-sariq yoki qizg'ich-binafsha donachalarni saqlaydi. b) Yosh hujayralar - hali etilmagan hujayralardir. Yadrosi binafsha rangga bo'yaladi va ikki tomoni yugo'nlashgan boiadi. Qonda 0,5-1,0% atrofida uchraydi. c) Tayoqcha yadroli hujayralar - yadrosi tayoqcha yarim oysimon, taqa shaklida boiadi, ayrim hollarda shakli S harfini eslatadi; qaramtirbinafsha rangga bo'yaladi. Protoplazmasi och-qizil rangga bo'yalib, mayda qizgich-binafsha donachalarni saqlaydi. Qonda 3-10% atrofida boiadi. d) Segment yadroli hujayralar - yadrosi rang jihatidan to'yoqcha yadroli hujayralar yadrosi rangiga o4xshaydi, segmentlashgan boiadi. Turli hayvonlar qonida 18-60% atrofida uchraydi. Neytrofillar eng faol fagotsitlar bo'lib bakteriyalarni, mikroorganizmlarni yeb yemirish, antitanachalar ishlash va organizm uchun keraksiz moddalarni parchalash vazifalarini bajaradi. Donasiz leykotsitlar (agranulotsitlar), oz navbatida, ikkiga: Limfotsitlar - dumaloq kattaligi 4-26mk. gacha boradigan hujayralardir. Yadrosi yumaloq, ayrim hollarda tayoqchasimon boiadi, qaramtir-binafsha rangga bo'yaladi. Protoplazmasi havorangda bo'ladi. Limfotsitlarning eng xarakterli belgisi yadrosi bilan protoplazmasi orasida bo'yalmagan oq zona - perinuklear zona mavjudligidir. Diametrining katta-kichikligiga qarab katta, o'rta va kichik limfotsitlar farq qilinadi. Limfotsitlar qonda 20-65% atrofida boiadi. Bu hujayralar qonning eng plastik hujayralaridir. Ular monotsitlarga, makrofaglarga va gistiotsitlarga aylana oladi. Limfotsitlar yalligianishdan keyingina tiklanish jarayonida ishtirok etadi. Monotsitlar yirik hujayralar boiib, diametri 12-20mk.ga teng. Yadrosi odatda protoplazmasining chetida joylashadi, shakli o'zgaruvchan (dumaloq, oval, buyraksimon, taqasimon), ayrim hollarda segmentlashgan bo'ladi. Protoplazmasi ko'kish-kul, tutun rangga, yadrosi och binafsha rangga bo'yaladi. Qonda 1-7% atrofida boiadi. Leykotsitlar turli xillanning bir-biriga foiz hisobida olingan nisbati leykotsitar formula deyiladi. Leykotsitar formulani tibbiyot va veterinariya amaliyotida aniqlash juda katta ahamiyatga ega. Turli hayvonlarda leykotsitlar turli turlarining 60 o'zaro foiz nisbati turlicha boigani holda bir turga mansub hayvonlaming leykotsitar formulas! bir qadar turg'un boiadi. Organizmdagi hayot jarayonlari o'zgarganida leykotsitar formula ham o'zgarib qoladi. Shuning uchun leykotsitar formulasini aniqlab organizmda kechayotgan jarayonlarning o'zgarishi to'g'risida flkr yuritish mumkin.


Yüklə 117,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin