Reja: Qonning fizik tarkibi



Yüklə 117,24 Kb.
səhifə14/15
tarix07.01.2024
ölçüsü117,24 Kb.
#206589
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-20

19-Mavzu: Qon aylanishning boshqarilishi.
Reja:
1.Qon aylanishning boshqarilishi
2.Tomirlarda qon oqishi.
Qon tomirlari devorining aksariyat qismini silliq muskullar tashkil qiladi. Tomirlar devori bir maromda kelib turadigan uzluksiz ta’sirlar ostida doimo bir qadar qo‘zg‘algan holda, m aium tonusda turadi. Tomirlar tonusining me’yoridan ortiq pasayishi ularning kengayishiga, kuchayishi esa torayishiga olib keladi. Tomirlar tonusining qay darajada boiishi asosan simpatik va parasimpatik nerv tolalaridan kelayotgan impulslarga bogiiq. Binobarin, tomirlarning tonusini markaziy nerv tizimi - simpatik va parasimpatik nerv tolalari orqali boshqarib boradi. Tomirlar tonusini oshiruvchi, tomirlami toraytiruvchi nervlar (vazokonstmktorlar) simpatik nerv tizimiga taaluqli tolalardir. Ammo, yurak toj tomirlari, miya tomirlarini boshqaruvchi nervlar bundan istisno, chunki simpatik nerv tolalari qo'zg/alganda bu tomirlarning tonusini pasaytiruvchi, tomirlami kengaytiruvchi (vazodilyatorlar) nerv tolalarining ayrimlari parasimpatik nerv tizimiga taaluqli boisa-da, aksariyat qismi simpatik nerv tizimi dastasi tarkibida keladi. Simpatik nerv tizimining toraytirib boshqarish xususiyatini dastlab, 1842 yilda A.P.Valter isbotlagan edi. U baqa quymich nervining simpatik tolasini kesganda, oyoq qon tomirlarining kengayganligini kuzatgan. Keyinchalik A.P.Valteming tajribasini Klod Bemar 1852 yilda quyonlarda utkazgan tajribasi bilan tasdiqladi. K.Bernar quyonning bo'ynidagi simpatik nerv tolasi kesilganda quloq surpasi tomirlarining kengayganligini, kesilgan nerv tolasining quloqqa yo‘nalgan uchi ta’sirlanganda esa, quloq tomirlarining torayganligini kuzatdi. Bora-bora simpatik nerv tizimining bunday xususiyati organizmning boshqa qismlaridagi qon tomirlarga ham xos ekanligi isbotlandi. Qon tomirlarini toraytiruvchi nervlar tomir devoriga uzluksiz ravishda ta’sir ko'rsatib turadi. Biroq tomirlami kengaytiruvchi nerv tolalari esa tomirlar devoriga ana shunday to4xtovsiz ta’sir ko'rsatmaydi. Tomirlami toraytiruvchi nerv tolalari tomirlar faoliyatini boshqarishda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Ularning vazifasi, tomirlarning mudom torayishga intilishini yengish bilan belgilansa kerak. Shu sababli simpatik nerv tolalari kesilganda tomirlar kengaygani holda, tomirlami kengaytiruvchi nerv tolalari kesilganda tomirlarning torayishi deyarli kuzatilmaydi. Tomirlar tonusini boshqaradigan asosiy markaz uzunchoq miyada joylashgan. Bu markaz 1871 yilda F.V.Ovsyanikov tomonidan aniqlangan. Tomirlar tonusini boshqaradigan markaz ikki qismdan: tomirlami toraytiruvchi va tomirlami kengaytiruvchi qismlardan tashkil topgan. Markazning tomirlar tonusini oshirib, 118 tomirlarni toraytinivchi qismi tomirlar devorlaridan kelayotgan impulslar, qondagi kimyoviy moddalar -karbonat angidrid; sut kislota va boshqa moddalar ta’siri ostida doimiy tarzda tonik qo'zg'algan holda turadi va tomirlarni torayishiga majbur qiladigan impulslami tomirlar devoriga to‘xtovsiz yuborib turadi. Markaziy tomirlarni kengaytiruvehi qismining tonusi ancha past, shu tufayli undan tomirlarga keladigan impulslar ham siyrak va zaif. Uzunchoq miyadagi markaz arteriya qon tomirlari bilan bir vaqtda vena tomirlarining sig'imini ham boshqaradi va simpatik nerv tolalari orqali ularga kengaytiruvehi impulslar yuboradi. Orqa miyaning yon shoxlarida tomirlar harakatini boshqaruvchi ikkinchi darajali markaz bor. Bu markaz ham tananing ayrim qismlaridagi qon tomirlariga tomirlarni toraytiruvchi impulslar yuborib turadi. Uzunchoq miyadagi markazning tomirlarni toraytiruvchi qismi shikastlanganda, orqa miyadagi markazlar tananing ayrim qismidagi arteriya va arteriollarga tomirlarni toraytiruvchi impulslar berib, qon bosimining normallashib olishiga yordam beradi. Bulardan tashqari, oraliq miyada, bosh miya yarim sharlarining po'stlog'ida ham tomirlar faoliyatiga ta’sir qiladigan markazlar bor. Qon bosimining reflektor y o i bilan boshqarilishi. Organizmning barcha organ va to'qimalarida turli-tuman (fizik, ximik, mexanik va boshqa) ta’sirotlarni sezuvchi retseptorlar bor. To'qimalarda tegishli o'zgarishlar ro'y berganida qo'zg'aladi va ta’sirotni markaziy nerv tizimiga, uning tegishli qismlariga uzatadi. Shu tariqa markaziy nerv tizimi to'qima va hujayralarda ro'y berayotgan barcha o'zgarishlar to'g'risida uzluksiz axborot olib turadi va o'z navbatida turli organlarga, to'qimalarga tegishli impulslar yuborib, ulardagi jarayonlarni boshqaradi. Markaziy nerv tizimi tegishli interoretseptorlardan qon bosimi to'g'risida ham axborot olib, yurak tomirlar tizimiga tegishli impulslar yuboradi va shu y o i bilan qon bosimining doim bir xil turishini ta’minlydi. Qon bosimining doimiyligini taininlashda tomirlardagi refleksogen zonalar retseptorlarning ahamiyati kattadir. Yurakning tez ishlashi va tomirlaming torayishi tufayli tomirlaming arterial qismida bosim oshib ketganda aorta yonidagi va uyqu arteriyasining tashqi va ichki uyqu arteriyalariga ajralgan joyidagi (karotid sinusidagi) refleksogen zonalaming retseptorlari qo'zg'aladi va ta’sirot markaziy nerv tizimga uzatiladi, natijada adashgan nerv markazi qo'zg'alib, simpatik nerv markazlarining tonusi pasayadi, bu yurak ishining sekinlashishiga va tomirlaming kengayishiga sabab boiadi; oqibatda qon bosimi pasayib, normallashadi. Ana shu tarzda yuzaga keladigan reflekslar qon bosimini pasaytimvchi depressor reflekslar deyiladi. Yurak ishi sekinlashib qon tomirlari kengaygan paytda, tomirlaming arterial tizimida bosim pasayib, venalarda qon to'planishi tufayli bosim bir muncha oshadi. Bu kovak venalaming o'ng yurak bo'lmalariga quyilish joyidagi refleksogen zonalar retseptorlaming qo'zg'alishiga sabab bo'ladi, yuzaga kelgan ta’sirot markaziy nerv tizimiga uzatilishi tufayli simpatik nerv tizimi markazlari qo'zg'alib, adashgan nerv markazining tonusi pasayadi. Oqibatda yurak ishi tezlashib, tomirlar torayadi. Natijada arterial tizimda qon bosimi ko'tarilib, asliga keladi. Qon bosimini shu tariqa oshiruvchi reflekslarga pressor reflekslar deyiladi. Aorta yoyi va sinokarotid refleksogen zonalaridagi bosimni sezuvchi retseptorlar - baroretseptorlardir. Qon kimyoviy tarkibining o'zgarishini (qondagi karbonat kislota va kislotali boshqa moddalar miqdorini, qon pH ning o'zgarishini) sezadigan retseptorlar xemoretseptorlar deb ataladi. Bu retseptorlar qo'zg'alganda ham tomirlar torayib, qon bosimi ko'tariladi. Qon bosimini oshiruvchi ana shunday baro, xemoretseptorlar ko'mikda, limfa tugunlarida, taloqda, buyrakda, ichak va boshqa organlarda ham mavjud, degan dalillar bor. Organizmga past va yuqori xarortaning ta’siri ham tomirlar tonusining o'zgarishiga sabab bo'ladi. Sovuqda tomirlar toraysa, issiqda kengayadi va qon bosimi ham shunga yarasha bir qadar o'zgaradi. Qon bosimiga oraliq miyaning gipotalamus qismi ta’sir ko'rsatadi. Qon bosimining boshqarilishida miya po'stlog'ining ishtirok etishi haqida anchagina dalillar bor. Qon bosimining o'zgarishiga javoban shartli reflekslar hosil qilish mumkinligi K.M.Bikov laboratoriyasida isbotlangan. Masalan, teriga yuqori xarorat ta’sir ettirilsa, issiqdan tomirlar kengayishi tufayli teri qizaradi. Agarda teriga, shu tariqa issiq ta’sir etish biron-bir shartli ta’sirot ishtirokida olib borilsa (qo'ng'iroq chalish yoki elektr chirog'i yoqish bilan), tajriba tegishli ravishda bir necha marta takrorlanganidan so'ng, shartli ta’sirot yolg'iz o'zi ham (issiq ta’sirisiz) terining qizarishiga sabab bo'laveradi. Qon tomirlarining tonusi markaziy nerv tizimi ishtirokisiz akson reflekslar yordamida ham o'zgarib turishi mumkin. Jumladan markazga intiluvchi nerv qo'zg'alganida, ta’sirotning bir qismi markazga yetib bormasdan, markazga intiluvchi nervdan ajralgan tola orqali qon tomiriga borib, uning tonusini o'zgartirishi mumkin. Qon tomirlari tonusining gumoral yo'l bilan boshqarilishi. Qon tomirlarining tonusi nerv tizimidan tashqari qondagi turli-tuman moddalar va gormonlar ishtirokida, ya’ni gumoral yo'l bilan ham o'zgaradi. Jumladan, buyrak usti bezi mag'iz qavatining gormoni - adrenalin, gipofizning orqa bo'lagidan ajraladigan gormon - vazopressin, buyrakda 120 hosil boiadigan renin, ichaklarda, trombotsitlarda, bosh miyaning ayrim qismlarida uchraydigan serotonin tomirlami toraytirsa, moddalar almashinuvida hosil boiadigan ba’zi mahsulotlar - gistamin, adenozin, trifasfat kislota va atsetilxolin tomirlami birmuncha kengaytiradi. Adrenalinning ta’siri simpatik nerv ta’siriga ancha o4xshaydi, ya’ni u yurakning toj tomirlari va miya tomirlaridan tashqari barcha qon tomirlarini toraytiradi. Vazopressin kamroq miqdorda arteriola va kapillyarlarni, ko'proq miqdorda esa arteriya va venalarni toraytiradiBuyraklarda hosil boiadigan modda - renin o'z-o‘zidan tomirlami toraytira olmaydi. U plazmaning globulin oqsilining bir xiligipertenzinogenga ta’sir etib, uni gipertenzinga tomirlami toraytiruvchi aktiv moddaga aylantiradi. Odatda buyrakda renin ko‘p miqdorda hosil boimaydi, shunga ko‘ra qonda gipertenzin ham ko4p to‘planmaydi, oz miqdorda to4planib qolganda ham qondagi gipertenzinaza fermenti ta’sirida parchalanib turadi. Qon bosimi pasayib, buyraklarga qon kelishi kamayganda renin va uning ta’siri bilan gipertenzin ko'proq hosil boiadi, oqibatda qon tomirlari torayib, qon bosimi bir muncha ko‘tariladi. Tomirlar jarohatlanganda trombotsitlar parchalanib, ulardan serotonin ajralib chiqadi. Serotonin tomimi toraytirib, qon ivishiga qulay sharoit vujudga keltiradi. Organ qanchalik tez, faol ishlasa, unda gistamin va gistaminsimon moddalar shuncha ko'p miqdorda hosil boiadi.

Yüklə 117,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin