Reja: Qonning fizik tarkibi



Yüklə 117,24 Kb.
səhifə13/15
tarix07.01.2024
ölçüsü117,24 Kb.
#206589
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-20

18-Mavzu: Qon aylanish doiralari.
Reja:
1.Katta qon aylanish doiralari.
2.Kichik qon aylanish doiralari.
Qon aylanish doirasi turli diametrli uchi berk qon tomirlaridan tashkil topgan boiib, ichida doim muayan miqdorda qon oqadi. Shu sababli turli tomirlar tizimida qonning hajm tezligi deyarli bir xil boiib, chiziqlisi har xildir. Boshqacha aytganda, har xil diametrli tomirlar tizimining umumiy ko'ndalang kesimidan o'tgan qon hajmining doimiyligi qon chiziqli tezligining bir xil bolmasligini taqozo qiladi. Tomirlar ko'ndalang kesimining umumiy yuzasi qancha katta boisa, qon oqishining chiziqli tezligi o'shancha sekin boiadi. Tomirlar tizimining eng tor joyi aortadir. Unda qon 400-5OOmm/sek tezlik bilan harakatlanadi. Tomir shoxlanib tarmoqlarga bo'lingan sari, ko'ndalang kesim yuzasi kengayib boraveradi. Oqibatda o'rta diametrli arteriyalarda qon 150-200mm/sek tezlik bilan 113 harakat qiladigan boiib qoladi. Aorta shoxlanishi tufayli hosil boiadigan arteriya qon tomirlari diametrining umumiy yigindisi aorta diametridan kattaroqdir. Shuning uchun ham arteriyalarda qonning oqishiga ko'rsatiladigan qarshilik aortadagi qarshilikka nisbatan ko'proq. Shunga ko'ra arteriyalarda qon aortadagiga nisbatan sekinroq oqadi. Qon tomirlari ko'ndalang kesimining umumiy yuzasi qonning oqish tezligi uchun katta ahamiyatga ega. Umumiy kesimning yuzasi qancha kichik boisa, qonning oqish tezligi shuncha katta boiadi va aksincha kesimning umumiy yuzasi qancha katta boisa, qon shuncha sekin oqadi. Bundan kelib chiqib har qanday kesimga ega boigan yuzadan oqib o'tgan qon miqdori doimiydir. Kapillyarlar yuzasining yigindisi aorta yuzasidan 600-800 marta katta. Voyaga yetgan odam aortasining ko'ndalang kesimi maydoni 8 sm2, shuning uchun qon tomirlar tizimining eng tor joyi - aortadir. Katta va o'rtacha arteriyalarda qarshilik unchalik katta emas, arteriolalarda esa u keskin ortadi. Qarshilik kapillyarlarda kuchli ortadi (tashqi ishqalanish), ayniqsa, diametri eritrositlar diametridan tor boigan kapillyarlarda ular juda qiyinchilik bilan o'tadi. Katta qon aylanish doirasida umumiy kapillyarlar soni - 2 mlrd. kapillyarlami venulalarga aylanishi tufayli venalami ham umumiy yuzasi kichrayadi; kovak venalaming yuzasi 1,2- 1,8 martagina aorta yuzasidan kattadir. Qonning oqishini to'g'ri chiziqli tezligi katta va kichik qon aylanish doiralarining boshlanishi va tamom boiish qismlaridagi qon bosimining farqi va qon tomirlar ko'ndalang kesimi yuzasiga bog'liqdir. Yuza yig'indisi qancha katta bo'lsa, tezlik shuncha past va aksinchadir. Qonning eng yuqori oqish tezligi aortadir, sistola paytida u 500-600 mm/s, diastola paytida 150-200 mm/s. ga teng. Arteriyalarda tezlik 150- 200 mm/s.ga teng, arteriolalarda esa u keskin -5 mm/s pasayadi. Qonning eng sekin oqish tezligi - 0,5 mm/s kapillyarlarda kuzatiladi. O'rtacha venalarda qonning oqish tezligi 60 dan 140 mm/s gacha ortadi, kovak venalarda esa - 200 mm/s gacha yetadi. Qon oqimini kapillyarlarda sekinlashishi qon bilan kapillyarlar devori orqali to'qimalar orasida moddalar va gazlar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Qonning barcha qon aylanish doiralarini to'lig'icha aylanib chiqishi uchun kerak boigan eng kam vaqt -21-22 soniyani tashkil etadi. Bu ko'rsatkich turli hayvonlarda turlichadir, otlarda 40 s, sigirlarda 28-34 s., qo'y va echkilarda 24-25 s. 114 Odamlarda qonning toiig ich a aylanish vaqti, ovqat hazm qilish va jismoniy ish bajarganida qisqaradi. Ovqat hazm qilish vaqtida qorin bo‘shligi organlari orqali jismoniy ish bajarilganda esa - muskullar orqali qonning oqish tezligi tezlashadi. Arteriya pulsi. Tomirlar devorining yurak faoliyati tufayli ritmik ravishda toiqinsimon harakat qilib turishiga puls yoki tomir urishi deyiladi. Yurak aortaga qonni muayan ritmda, boiib-boiib hay day di. Oqibatda uning devori haydalayotgan qon ritmiga mos ravishda kengayibtorayib turadi. Aortaning ritm bilan kengayib-torayib turishi arteriya tomirlari bo4ylab toiqinsimon tarqaladi. Bunga arteriya pulsi deyiladi. Puls qonning oqish tezligiga qaraganda ancha tez tarqaladi. Jumladan, aortada qonning oqish tezligi 400-5OOmm/sek boigani holda, puls toiqini 7-9mm/sek tezlik bilan tarqaladi. Yurakdan uzoqlashgan sari puls toiqini so‘na borib kapillyarlarda bilinmay qoladi. Arteriya pulsini otlarda va qoramollarda tashqi jag4 arteriyasidan, mayda hayvonlarda esa son arteriyasidan paypaslab aniqlash mumkin. 21-rasm. Sfigmogramma. Arteriya pulsini sfigmograf asbobi yordamida grafik ravishda yozib olish mumkin. Yozib olingan shu chiziqqa sfigmogramma deyiladi. Sfigmogramma uch qismdan tashkil topadi - yurak qorinchalarining sistolasida tomir devorlarining kengayishi tufayli yuqoriga ko4tarilgan egri chiziq-anakrota, yurak qorinchalarining diastolasi tufayli pastga tushgan egri chiziq -katakrota, yarim oysimon klapanning yopilishi oqibatida chiziladigan chiziq-dikrota. Puls - vaqt birlgida yurakning qisqarib, kengayishlari soni chastotasi puls toiqinlarining barovar vaqt oraligida, bir maromda takrorlanib turishi-ritmi, puls toiqinlarining tomir devori bo'ylab naqadar tarqalishi - tezlik; puls toiqinining tomir devorini qay darajada kengaytira olishi - balandlik; puls toiqinining yo4qolishi uchun tomir devoriga bosish zarur boigan kuch-puls kuchi va boshqa belgilar bilan ta’riflanadi. Puls tezligiga ko4ra tezlashgan yoki sekinlashgan, chastotasiga ko4ra ko4p yoki 115 kam, ritmiga ko4ga ritmli yoki ritmsiz, puls to4lqinining tomirni nechog4li kengaytira olishiga qarab baland yoki past, kuchiga qarab bo4sh yoki qattiq (kuchli yoki kuchsiz) bo'lishi mumkin. Pulsning xarakteri yurak-tomirlar tizimi faoliyatining turli xildagi o'zgarishlarida boshqacha bo4lib qoladi. Uni aniqlash organizmdagi turli kasalliklami bilib olishda katta ahamiyatga ega. Vena pulsi. Vena pulsi asosan yirik kovak venalaming yurakka yaqin joylarida kuzatiladi. May da, kichik diametrli venalarda puls to'lqini qayd qilinmaydi. Arteriya pulsi yurak qorinchalarining faoliyatiga bog4liq bo4lsa, vena pulsi yurak bo4lmalarining faoliyatiga bogiiqdir. Vena pulsi flebograf asbobi yordamida yozib olinishi mumkin. Yozib olingan shu egri chiziqqa flebogramma deyiladi. Flebogrammada A, S va V tishchalar farq qilinadi. A tishcha bo4lma sistolasi paytida qonning juda qisqa vaqt davomida kovak venalarda to4xtab turishi va bu vaqtda kovak venalar devorining bir oz kengayishi oqibatida chiziladi. S - tishcha qorinchalar sistolasining boshlanishi, tabaqali klapanlaming yopilishiga aloqadordir. C-tishchadan keyin pastga qarab tushgan chiziq va V - tishcha qorinchalar sistolasining oxirida bo'lmalarga qon to4 lib, kovak venalarga toshib chiqishi sababli tomir devorining bir oz taranglanishi tufayli chiziladi. Vena pulsini yozib olish yurak faoliyatini tekshirishda katta ahamiyatga ega.


Yüklə 117,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin