Reja: "Qonuniyat" va "tamoyil" tushunchalarining mazmuni



Yüklə 31,34 Kb.
tarix30.09.2023
ölçüsü31,34 Kb.
#150835
Taʼlim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari


Mavzu: Taʼlim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari.
Reja:

  1. “Qonuniyat” va “tamoyil” tushunchalarining mazmuni.

  2. Ta’lim jarayoninig umumiy va xususiy qonuniyatl

  3. Ta’lim tamoyillari va ularning tasnif

“Qonuniyat” va “tamoyil” tushunchalarining mazmuni.


O’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u didaktik prinsip (qonuniyat) larni qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. Ta‘lim qonuniyatlari bu – o’qitish jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir. Ta‘lim prinsip (tamoyil) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o’qitish uchun asos bo’ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta‘lim qonuniyatlari o’quvchi va o’qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi.O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Bu haqda Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e’lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o‘tdi. Ijtimoiy sohalarning rivojlantirishida milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlarining ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo’g’inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirishga hamda ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirishga e`tabor qaratilgan.
Ma’lumki, qonuniyat-bu barqaror, zaruriy u yoki bu xodisalar va jarayonlar o’rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o’quv jarayonining harakteri, uning vazifalari, mazmuni, shakllari: usullari va vositalari qonuniy ravishda aniqlab beradi. Agar o’qitish jamiyat talablarini e’tiborga olmasa, u holda uni, albatta, qayta ko’rish, takomillashtirish kerak. Demak, ta’lim berish, tarbiyalash va o’quvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.Ifodalangan qonuniy didaktik aloqalarni va o’qitish qoidalarini ilmiy asoslangan o’zaro bog’lanishda qo’llash ko’nikma va malakalarni chuqur, puxta, ongli va ta’sirli o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O’qitishni aynan shunday natijaga qaratish uning onglilik, puxtalik, ta’sirchanlik qoidalarini harakterlaydi.Ta’limning mazmuni hayot, hozirgi zamon fani bilan bog’langan bo’lganligi uchun ham, vazifalarda mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish muammolari, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlash kabilar asosida intensivlash o’z aksini topishi kerak.Har bir o’qituvchi shuni anglab yetishi muhimki, o’quv jarayonini samarali ko’rish – bu, ishda o’zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni xal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o’zaro aloqada foydalanish demakdir.O’qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun qonuniyatlar birligini va didaktik qoidalarini e’tiborga olish zarur.O’qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni o’qitish qoidalari deb ataladi. O’qitish qoidalarini bilish o’qitishning zarur usullarini yanada ishonchliroq tanlashga imkon beradi.Ta’lim qoidalari – o’qituvchining faoliyatini va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilmlarning o’zlashtirilishi, tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo’l – yuriqlarini o’z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta’lim qoidalari har ikkala faoliyatni, ya’ni o’qituvchi va o’quvchi tomonidan o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi.Ta`lim o`qituvchining faoliyati va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni o`zlashtirilishi, tegishli ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonuni va yo`l-yo`riqlarni o`z ichiga oladi.Ta`lim tamoillari o`qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy qonuniyatlaridir. Qonuniyat bu barqarorlik, zaruriyat, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o`rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa.Ta`lim tamoyillari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o`qish va o`qitish jarayonlarining yo`nalishi, o`quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o`zlashtirishlari, bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun qoidalarining yig`indisiga aytiladi.O`qitish prinsiplari ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.Ta’lim prinsiplari o’quv-tarbiya jarayoniga qo’yiladigan ijtimoiy talablar.Ta’limni tashkil etish va boshqarishda rioya qilinadigan qoidalar sifatida amal qiladi. Ta’lim prinsiplari haqida tasavvurlar ikki xil yo’l bilan izohlanadi: 1) tasvir shaklida. Masalan, ilmiylik prinsipi fan va o’quv predmeti o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Bu yerda ilmiylik prinsipi tasvir orqali bayon qilingan; 2) qoida shaklida. Masalan, ta’limda oddiydan murakkabga qarab boriladi. Bu jumlada tushunarlilik prinsipi qoidaga solingan, ya’ni normallashtirilgan. Ta’lim prinsiplari qoida shaklini ollevergan sari, ulardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari ham kengayaveradi.Mutaxassislar ta’lim prinsiplari xususiyatlarini, asosan, o’qituvchi faoiliyatiga nisbatan izohlashadi. Shu sababli ko’pchilik didaktik qo’llanmalarda “o’qitish prinsiplari” iborasi ishlatilgan. Ta’lim prinsiplari talim jarayonining ikkala sub’eaktiga- ham o’qituvchi, ham o’quvchiga daxldor. Shunga ko’ra biz ularni ta’lim prinsiplari deb nomladik. Ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga qo’yiladigan talablar, qoidalar ta’lim prinsipi deb aytiladi.
Ta`limning ilmiylik prinsiplari..Maktablarimizda ta`limning ilmiy bo’lishi prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri taraqqiyoti haqidagi qonun va qoidalarni dialektik materialistik asosda egallab olishlarini, atrofini o`rab olgan ob`yektiv borliqdagi predmet, narsa, hodisa va voqealarning bir-biriga bog`liqligi, hamisha harakatda va rivojlanishda ekanligini ilmiy asoslarini anglab olishlarini, fakt va hodisalarni mustaqil tahlil qilish va xulosalar chiqarish, shunindek, ularga o`zlashtirilgan ilmiy bilimlarning turmushda bilish ko`nikma va malakalarni hosil qilish talabalarning o`z ichiga oladi.Ta’limning ilmiy bo`lishi prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning hozirgi fan va texnika taraqqiyot darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollashtirishni hamda maktab ta`limi davomida yoshlarni ilmiy bilimlar bilan tanishtirib borishni ta`minlashga qaratilgan.Didaktikaning ilmiylik prinsipi maktab ta`limining mazmunigagina aloqador bo`lib qolmay, o`qitish meto`dlariga ham aloqadordir.U maktab ta`limi jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydala olishga qaratilgan o`qitish meto`dlarini ham takomillashtirishni talab qiladi.Shuningdek, o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, saviyasi va yosh xususiyatlariga mos keladigan eng sodda shakldagi ilmiy tadqiqot meto`dlari bilan tanishtirishni ham talab qiladi. Ayniqsa o`quvchilarni, atrofni, narsa, voqea va hodisalarni mustaqil suratda kuzatish, eksperiment o`tkazish, dastlabki ilmiy tadqiqot meto`dlari bilan tanishtirishni talab qiladi.Didaktikaning ilmiylik prinsipi o`quvchilar ilmiy materialistik dunyoqarashlarni shakllantirishga, atrofni o`rab olgan ob`ektiv borliqni o`rganish, bilishga bo`lgan qiziqishlarni o`stirish, shuningdek ularning mustaqil ravishda o`z ma’lumotlarini oshirishga mustaqil ilmiy ishlar olib borishga bo`lgan moyilliklarini rivojlantirish ham zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar hosil qilishga olib keladi. Bularning hammasi o`quvchilarning ijodiy faolliklarini oshiradi.
Ta`lim va tarbiyaning birligi.Ta`lim jarayonida o`quvchini tarbiyalash, jamiyatda o`z o`rnini topishga yo`naltirish, ularga barkamol shaxs hislatlarini singdirish asosiy o`rinni tutmog`i lozim. Buning uchun:
O`zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali o`quvchilarda ilmiy materialistik asosda dunyoqarash tarkib toptirish;
Shu jarayonda o`quvchilarga muayyan ma`naviy sifat, umuminsoniy ahloq meyorlarini singdirish;
v) o`quvchilarning aqliy kamoloti va qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borish nazarda tutiladi.
Ta`lim-tarbiyaning birligini taminlash, ta`lim jarayonini to`g`ri tashkil etish va xilma-xil o`qitish meto`dlaridan unumli foydalana olishga ko`p jihatdan bog`liqdir. Ta`lim bilan tarbiyaning birligini ta`minlamoq uchun ayniqsa:

  1. Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham g`oyaviy jihatda to`g`ri yo`nalishga ega bo`lishi;

  2. O`qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib berish;

v) bayon ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o`zlashtirish hamda turmushda ularga amal qilinishi;
g) ta`lim jarayoni o`quvchilarning qiziqishini orttirish, faollik va tashabuskorliklarni oshirishga qaratilgan bo`lishi;

  1. Ta`lim jarayonida o`quvchilarning saramjonlik, uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, jamoatchilik hamda o`zaro yordam hislarini tarbiyalashga alohida ahamiyat bermog`i lozim.

Ta`lim nazariyasining amaliyot bilan birligi prinsipi eng asosiy va yetakchi prinsipdir. Nazariyaning amaliyot bilan birligi masalasi faqat didaktik prinsipgina bo`lmay qolmay, balki o`quv tarbiya ishlarining hamma tomonini o`z ichiga oladi. Maktab ta`limi tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi dastavval o`quv predmetlarning mazmuni va harakteriga bog`liq holda o`qish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiy bilimlar puxta egallash, uning bir-biriga mustahkam va uzviy bog`liq bo`lgan ikki tomonini:
Ta`lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi izchillik bilan amalga oshirilishi oqibatidagina o`quvchilar o`quv materiallarining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyot qonunlarini ilmiy asosda atroflicha to`g`ri tushinib va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar bilan qurollanadilar.
Ta`limda muntazamlilik va izchillik
Maktab ta`lim-tarbiya jarayonining hamma sohasida muntazamlilik va izchillik prinsipi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maktab o`quv predmetlarining muntazamliligi ustida gap borar ekan, uni fan va fanni o`rganish tizimidan farq qilish lozim. Fan va uning o`rganish tizimi o`ziga xos qirrali, chuqur va murakkab hodisalarni o`z ichiga oladi. Uni o`quv fanlari va predmetlariga o`rganish tizimiga tadbiq etib bo`1maydi, bu mumkin emas. Shunday bo`lishiga qaramay bu ikki tizim o`rtasida umumiylik, birlik va muayyan ichki bog`lanishlar mavjuddir. Shunga ko`ra, maktab o`quv predmetlarini muntazam bayon qilish bir qator didaktik qoidalarga amal qiladi, ya’ni bir tomondan umumtalim maktablarda o`qitilayotgan fanlar ma`lum fan tizimi bilan o`zaro mustahkam, ilmiy va mantiqiy bog`lanishlarga ega bo`lishi nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, izchil muntazam o`qitilayotgan fanlar orqali o`quvchilarning bilish qobiliyati, o`zlashtirish darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi. Buning uchun maktab ta`limi jarayoni muntazamlilik prinsipining quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. Ya`ni o`qitilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi materialning o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilimlari, ko`nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog`lanishi, shu bilan bir vaqtda o`qitilayotgan fan yoki o`quv materiallarini o`zlashtirish orqali kelajakda yangi fan yoki yangi bilimlarni o`zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta`lim bosqichiga o`tish uchun zamin yaratilishi nazarda tutmog`i lozim.
O`qituvchi kundalik o`quv materiallarini bayon qilishda muntazamlilik prinsipiga muvofiq dars o`tadi. Bunda:

  1. Yangidan bayon qilinayotgan o`quv materiallarining oldindan o`zlashtirilgan materiallar bilan izchil bog`lanishini ta`minlash va shu orqali o`quvchilarda hosil qilingan tasavvur va tushunchalarni hamda chuqurlashtirish;

  2. Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining hajmiga muvofiq sur’atda qisimlarga bo`lish, undagi yetakchi va bosh masalalarni ajratish qisimlardan kelib chiqadigan umumiy tushunchalarni aniq va ravshan qilib o`qitish;

  3. Yangi materiallarni bayon qilish jarayonida o`quvchilarni mustaqil mantiqiy fikr qilishga da`vat etish, shuningdek ijodiy urinishlarni tarbiyalash kabilar nazarda tutilmog`i lozim. Shu bilan birga ta`limning muntazamlilik prinsipi bayon qilinayotgan o`quv materiallarini mustahkamlash va ilgari o`tilgan materiallarini to`ldirishga hizmat qilishi; o`quvchilarning o`zlashtirgan bilim va hosil qilgan ko`nikma va malakalarni hisobga olib borishni ham o`z ichiga oladi.

Ta`limning muntazamliligi uning izchilligi bilan bog`liqdir. Izchillikka asoslangan ta`limning harakterli belgisi shundaki, u o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilish, ularning o`zaro bog`lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni hosil qilish jarayonida oldin o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalar yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta`minlashga qaratilgandir.
Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik yo`ndoshuv
Ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va bunda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlarini tadqiq qilish hozirgi kunda o’z yechimini to’liq topgan emas.Pedagogika fani yuksalishiga ko’plab olimlar o’z hissalarini qo’shib kelishgan. A. Zunnunov, U. Mahkamov, J. Hasanboyev, R.Jo`rayev, K.Hoshimov, S.Nishonova, O.Hasanbayeva, O.To`rayeva, O`.Tolibov, X.Ibragimov kabi yirik olimlarimiz pedagogika fanining hozirgi kundagi dolzarb masalalari yuzasidan tadqiqotlar olib borib, uning rivojiga muhim hissa qo`shib kelmoqdalar.Ta’lim nazariyasi, didaktika, ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari masalalari o’zbek mutafakkirlari va ma’rifatpavarlarining, pedagog olimlari (S.Rajabov, A.Munavvarov, O.Roziqov, R.Mavlonova, N.Toxtaxodjayeva, J.Hasanboyev, U.Mahkamov va boshqalar) ning ham diqqat-e’tiborida bo’lib kelgan. Ular tomonidan yaratilgan darslik va qo’llanmalarda didaktik prinsiplar mohiyati yoritilgan.Pedagog olimlarimiz M. Ochilov, N. Sayidahmedov, J. G’. Yo’ldoshev, N. Azizxodjaeva, M.To’xtaxodjayeva, R.Mavlonovalarning ishlarida ta’limqonuniyatlari va prinsiplariga to’xtab o’tilgan. O.Roziqov, B.Azizov, G.Najmiddinovalarning “Umumiy didaktika”sida ta’lim prinsiplari tizimi va tavsifi berilgan.YA.A.Komenskiyning buyuk xizmati shunan iboratki, u didaktika tarixida birinchi marta ta’lim prinsiplarini tartibga solish masalasi bilan shug’ullandi. “Buyuk didaktika” asarining XV-XVIII boblarida amaldagi prinsiplarpning ko’pchiligi asoslangan edi. 1975 yili YA.A. Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari o’zbek tilida M.Ochilov muharrirligida chop etilgan.Bu sohada mutafakkirlarimizdan Ibn Sinoning fikrlari ham o’ziga xosdir. Uning «bilim orqali erishiladigan natijalar» haqidagi ta’limoti o’qitish nazariyasida alohida o’rin egalladi. Uning fikricha, buyumlarni chinakam bilish, tashqi ko’rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.So’ngi yillarda davriy nashrlarda va ilmiy jurnallarda tadqiqot mavzusiga doir bir qator maqolalar xam chop etilgan bo’lib, ularda didaktik prinsiplarning ayrim jixatlari yoritib berilgan. Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko’plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi.Didaktik qonuniyatlar.Gnoseologik qonuniyatlar.Psixologik qonuniyatlar.Kibernetik qonuniyatlar.Sotsiologik qonuniyatlar.Tashkiliy qonuniyatlar.Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalardir.Quyidagi jadvaldan Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko’rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi (1-ilovaga qarang). Ushbu mutafakkirlarimizning quyidagi tamoyillarni ilgari surganini ko’rishimiz mumkin:Al-Xorazmiy (757-850 yillar)Mustaqillik (ijodiy faollik);Kuzatilgan voqea va hodisalarni tushuntirishda muntazamlik, ketma-ketlik;Al-Kindiy (800-871 yillar)O’qitishning ilmiyligi va ongliligi;Anglash faoliyatini faollashtirish;Mantiqiy fikrlash;K´rgazmalilik;Tizimlilik, ketma-ketlilik va hokazolarni Al-Forobiy (870-950 yillar)Amaliy va nazariy bilimlar ning hayot bilan bog’liqligIlmiy bilimning qulayligi (anglashning ilmiy metodi);Mantiqiylik va ketma-ketlik .Ilmiylik, ko’rgazmalilik, tizimlilik (kuzatish va tajriba);Al-Beruniy (973-1050 yillar.O’quvchilarni ilmiy ma’lumot bilan qurollantirish;Ilmiy amaliyotTajriba va kuzatish; O’qishning qulayligi (yaqindan uzoqqa, ma’lumdan no’malumga va boshqalar)IʼO’qitish tamoyillari: a) bolani birdaniga kitobga bog’lash mumkin emasligi; b) bola bilan o’tkaziladigan mashqlar me’yorlashtirilgan va kuchiga mos, jamoaviy, uning jismoniy mashqlarga muvofiq, bolaning qobiliyatini hisobga olishlik; v) o’qishda yengildan og’irga muntazam borish; g) ko’rgazmalilik tamoyili; d) bolaning alohida shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish metodlari: a) materialni bayon etishda tizimlilik va ketma-ketlik; b)mantiqiy fikrlash; v)nazariya va amaliyotning o’zaro bog’liqligi; g)umumiydan xususiyga o’tish; d)o’quvchilarning mantiqiy fikrlashi; j)shaxsiy kuzatish; z)tajriba, amaliyot va boshqalar.Sa’diy (1184-1291 yillar)Bilimlarni amaliyotda qo’llash;Aqliy qobiliyatni rivojlantirish;Tizimlilik, bilimning tushunarliligi;Shaxsning faolligi tamoyili;Bilimning hayotiyligi amaliyot bilan bog’liqligiMehnat ta’limi va boshqalarning yetakchilik roliJomiy (1414-1492 yillar)Ilmiylik;Amaliylik;Tizimlilik;Muntazamlik;Qulaylik;Bilimni amaliyot bilan bog’liqligiEgallangan bilimlarni mustahkamlash, amaliy ahamiyatliligi;O’qitishning insonparvarliligi va boshqalar.Alisher Navoiy (1441-1501 yillar -bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;-onglilik, faollikni rivojlantirish;Muntazamlilik;Materialni bayon etishning qulayligi;-o’qitishni insonparvarlashtirish;-inson rivojlanishininng ko’p tomonlamalililigi va boshqalar.Ta`limda onglilik va faollikTa`limda onglilik o`quvchilarning ilmiy bilimlarini asosli ravishda anglab, chuqur o`zlashtirib olishlarini taqozo qiladi. O`quvchilarning ta`lim jarayonida onglilik bevosita ularning aqliy faoliyatlari bilan fikr qilish faoliyati bilan chambarchas bog`liqdir. Odatda o`quvchilarning ongliligi bayon qilinayotgan o`quv materiallarini yoki tevarak atrofni o`rab olgan ob`ektiv borliqdagi narsa, hodisa, voqealarini fikr qilish operatsiyasi-taqqoslash, analiz qilish, abstraksiya va umumlashtirish natijasida ilmiy bilimlarning qonun-qoidalari hayotiyligiga ishonch bilan qarashlarida, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olishlarida ko`rinadi.Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining ongli o`zlashtirlgani o`quvchilarning fikr qilish faoliyatlariga ta`sir qilishi kuzatish natijasida ro`yobga chiqadi va ayni bir vaqtda bu jarayon o`quvchilarning ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlash o`zlashtirishlarga ongli, mustaqil, faol munosabatda bo`lishlarini ta’minlaydi.Ta’limni ongli o`zlashtirishda, bir tomondan, o`quvchilarning mustaqil va faol fikr qilishlari nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida o`quvchilarning mustaqil va faollik bilan mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borish nazarda tutiladi. Bu prinsip o`quvchilarning bilish faoliyatida va dars berishda asos qilib olingan qoida sifatida uchta muhim jihatni:O`quvchilar tomonidan o`quv materiallarini ongli ravishda tushinilishi, o`quv mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lishni, bilish faoliyatining shakllanishini o`z ichiga oladi.O`quvchilar o`quv materialini faqat faol bilish faoliyati jarayonidagina tushunishi, o`quv mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lishini, bilish faoliyatining darajasi turlicha bo`lishi mumkin.Eng yuksak daraja. O`quvchi qiziqishi va o`qish istagi borligi uchun mustaqil ravishda mehnat qiladi. Uning darsdagi faolligi, mehnatsevarligi, bilimga tashnaligi oqibatida yuz beradi. Bu o`rinda o`qituvchining ro`li o`quvchiga o`z o`qish vaqtini to`g`ri tashkil etishga yordam berishidan, unga aqliy faoliyatining ratsional usullarni o`rgatishdan iboratdir.Yuksak daraja. O`quvchilar materialni faollik bilan, lekin o`qituvchining rahbarligi ostida o`rganadilar. O`qituvchi ularga qiyinchiliklarni yengishga, qat`iyatli , irodali bo`lishga yordamlashgan holda ular faoliyatini yo`naltirib boradi.O`rtacha daraja. O`quvchilar mazmunni o`zlashtirib olishga intiladilar, ammo turli sabablarga ko`ra, ya`ni yaterli ish qobiliyatiga ega bo`lmagani, o`qish sababablarini yuksak bo`lmagani, asab sistamasini ojizligi va shu kabi sabablarga ko`ra alaxsiydilar, diqqat-e’tiborsiz bo`lib qoladilar. Bunday sharoitlarda o`qituvchi o`quvchining alaxsish sabablarini yaxshi tushinib yetishi va profilatka tarzida ta`sir o`tkazish vositalarini oldindan rejalashtirib qo`yishi kerak.Past daraja. O`uvchilarning diqqat-e`tibori boshqa narsalarga ham ko`chib qoladi. Ular o`qituvchining izohlariga, kitobga, amaliy mashg`ulotlarga, mustaqil ishlashga uzoq vaqtga qadar diqqatini qarata olmaydilar. Lekin o`quvchilar o’quv vazifasini anglaydilar va ularni yechish lozimligini tushinadilar. Odatda bunday o`quvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan qo`shimcha mashg`ulotlar tashkil etishni talab qiladi.Eng past daraja. O`quv vazifasi o’quvchi faoliyatini belgilamaydi. U materiallarni zarurat bo`lganligi uchun o`zlashtiradi, ichki g`ayrat va omil tufayli emas, balki o`qituvchi, ota-onalar, katta yoshdagilar majbur qilgani uchun o`qiydi. O`quvchilarning faolligi o`quv jarayonida aloqasi yo`q faoliyati turlariga yo`nalgan bo`ladi. Odatda bunday o`quvchilar yomon o`qishadi, ular individual yondashuvni talab qilishadi. O`quv jarayonida uddaburonlik bilan rahbarlik qilish orqali maktab o`quvchilarining bilish faolligini yuksak darajada olib chiqish vositalarini topsa bo`ladi.Ta`limning ko`rsatmaliligi
Ta`limning ko`rsatmali bo`lishi prinsipi o`quv materiallarini o`quvchilar konkret obrazlar orqali bevosita idrok qilishlarini ta`minlaydi. Kuzatilayotgan ob`ektning xarakteri yoki o`quv materialining hususiyatiga qarab idrok qilish quyidagicha bo`lishi mumkin.Hayotdagi narsa, hodisa va voqealarni yoki o`quv materiallarini to`g`ridan-to`g`ri kuzatish orqali, bevosita idrok qilish yo`li bilan;Ilgaridan sezilgan, idrok qilingan narsalar va o`quv materiallarining obrazlarini qaytadan esga tushirish, tasavvur qilish yo`li bilan;Narsa, hodisa va voqealar yoki o`quv materiallarini tasviri ifodalangan ko`rsatma materiallarini namoyish qilish yo`li bilan idrok qilish mumkin.Ta`lim jarayonida ko`rsatmali materiallarni qaysi yo`l bilan idrok qilishdan qat`iy nazar, to`g`ri tashkil qilingan ko`rsatmalilik prinsipi ta`limning yetakchi qonun-qoidalar va talablarni amalga oshirishda juda muhim didaktik masalalarni o`z ichiga oladi, ayniqsa:

  1. Bayon qilinayotgan mavzuni harakteriga mos keladigan ko`rsatmali materiallardan unumli va to`g`ri foydalanish o`quvchilarni o`tilayotgan materiallarni o`zlashtirishga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi. Dars qiziqarli o`tadi, sinf o`quvchilarining faolligi oshadi.

2)Ta`limda qo`llanilayotgan ko`rsatmali qurollar o`quvchilarning qanchalik yaqqol va konkret, obrazli idrok qilinishini ta`minlasa va kuzatayotgan ob`ektga mumkin qadar sezgi organlari safarbar qilinsa, o`quv materiallari shunchalik tez, qulay va oson o`zlashtiriladi, uzoq vaqt esda saqlab qolish hamda qayta esga tushirish mumkin bo`ladi. Oqibatda o`quv materiallarining puxta o`zlashtirilishi ta`minlanadi.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g’oyalarini amaliyotga tadbiq etish Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog’liqdir.Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo’lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda. Chunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak».Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o’qituvchisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. O’qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxs sanaladi.Ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish unga ta’sir etuvchi omillarga bog’liqdir. Bu omillar ichki va tashqi omillardir.Ichki omillarga diqqat va ustanovkalar, qiziqish kiradi, ya’ni ta’lim jarayonida o’qituvchining o’quvchilar diqqatini tashkil qilishi, turlicha diqqat xususiyatlaridan foydalana olishi, diqqatning barqarorlik va ixtiyoriylik xususiyatini shakllantirishdagi usullardan foydalanib talaba diqqatini rivojlantirib borishdir. Shuningdek, o’quvchilarni ham o’ziga jalb qilish, o’zlashtirishda qiynaladigan, diqqati tarqoq talabalar bilan o’zaro munosabatlar o’rnatishi ta’lim muvaffaqiyatini belgilaydi.O’quvchi har qanday ta’lim jarayonida ham, u o’quvchini qiziqtiradimi, zeriktiradimi undan qatiy nazar dastur mazmunini egallashga tayyor turishlari, ustanovkalar ko’p jihatdan o’qituvchi shaxsiga bog’liqdir.Shuningdek, ichki omillarga bolaning dangasaligi, sustligi, o’z irodasini tashkil qila olmasligi, layoqatining pastligi ham kiradi.Tashqi omillarga o’quv materialining mazmuni va shaklini maqsadga yo’naltirish darajasi, talabaning bir sinfda yoki kursda ikki yil qolishi, bir ta’lim muassasasidan ikkinchisiga ko’chib o’tishi, o’qituvchilarni o’zgarib turishi va ularni o’quv jarayoniga munosabati, talabaning kasal bo’lib qolishi kabilar kiradi. Bular talabalarning bilimlarni o’zlashtirishi va uni uqib olishiga ta’sir qiladi va hatgo, o’zlashtirish jarayonini pasayishiga sabab bo’ladi.Ta’lim-tarbiya sifatinini oshirish ham avvalo, o’qituvchiga, uning bilimi va mahoratiga, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llay olishiga bog’liqdir. Shuning uchun har bir o’qituvchi o’z ustida tinmay ishlasho’i va o’zida pedagogik mahoratni shakllantirib va rivojlantirib borishi lozim.Ta’lim prinsipi ta’lim – tarbiya jarayoniga asos bo’ladigan ta’limiy qonun-qoida ma’nosini ifodalaydi. Darsni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda talaba va o’qituvchi faoliyatiga qo’yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta’lim prinsplari hisoblanadi. Bu prinsplar har fanda o’ziga xos tadqiq etiladi.O‘quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo‘lishi fan-texnikaning so‘nggi yutuq va kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan, o‘qituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim, o‘quv fanlari ham ilm-fan asosida yaratiladi. O‘qitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishga qaratilgan.Ilmiylik ta’limning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir. Shunday ekan, bilim, ilm-fan bilan o‘quv predmeti o‘rtasida hamkorlik o‘zaro bog‘liqlik bo‘lishiga erishish lozim. Ta’limning hamma bosqichlarida ilmiy izoxlardan foydalanmoq lozim.Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog‘lab olib borish ta’limning yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. Shundagina o‘quvchi-talaba o‘rganayotgan o‘quv materiallarining tub mohiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtirilishiga olib keladi.Ta’limdaga onglilik va faollik, o‘quvchidagi ko‘tarinki kayfiyat, ko‘proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o‘zlashtirish o‘qitish jarayonining psixologik tomonlarida o‘z ifodasini topadi.O‘qitishda nazariy bilimlar qanchalik qatiy bayon etilsa, o‘quvchi-talabaning fikr yuritishi ham shunchalik aniq va ravshan bo‘ladi va o‘quv materiallarini ongli o‘zlashtirish darajasi ham oshadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o‘qituvchi o‘quvchining mashg‘ulotlarga munosabati va bu jarayonda o‘zini qanday tutishiga e’tibor bermog‘i lozim. Yoshlardagi o‘qish istagi ta’lim jarayonining zaruriy va mantiqiy qismidir. Shunday ekan, ta’limning samaradorli o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘qishga izchil va muntazam qiziqgirib borishiga bog‘liqdir. Buning uchun o‘qituvchi, ularni o‘qishga ijodiy munosabatda bo‘lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.Ta’lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko‘tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ta’lim, shaxs shakllanishining asosiy manbaidir.O‘qitib, tarbiya berish deganda bizda ta’lim va tarbiyaning bir-biridan ajralmasligini tushunamiz. Shunday ekan, maktab obro‘si, o‘qituvchi obro‘si, avvalo darsda shakllanadi. Til va adabiyot darsimi, matematika darsimi har doim ularning tarbiyaviy imkoniyatlarini ko‘rabilishi, tarbiya usullaridan foydalanish lozim.oʻquvchi-o`quvchi ilmiy bilimlarni o‘zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi va axloqiy sifatlari, imon-e’tiqodi va qobiliyati ham o‘sib rivojlanib boradi.Ta’limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o‘qituvchi avvalo ta’limni uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etashga, o‘quv materiallarining mazmuni bilan bog‘liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira olishga bog‘liqdir. Shu bilan birga, o‘qituvchining o‘quvchilar oldidagi obro‘-e’tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.O‘qitish jarayonini ko‘rgazmali tashkil etish zarur. Ham eshitish, ham ko‘rsatish orqali o‘quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o‘zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatini anglab yetishlariga asos soladi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning uchun ko‘rgazmali materiallar o‘rganilayotgan mavzuning mazyuniga mos kelishi, o‘quvchi-talabaning yoshi va bilim darajasiga muvofiqlashgan bo‘lishi, hamda ulardan foydalanishning samarali yo‘l va vositalarini qo‘llash va ishlab chiqish lozim. Ko‘rsatmali materiallar o‘quv predmetlarining xarakgeri va mazmuniga qarab turli-tuman bo‘lishi mumkin. Jumladan:a)Buyum va narsalarni asli tabiiy holda ko‘rsatish (o‘simliklar, hayvonlar, gerbariy va kolleksiyalar, laboratoriya mashg‘ulotlariga namoyishlar, ekskursiyalar chog‘ida ko‘rsatiladigan buyum, narsalar).bTasviriy ko‘rsatmali materiallarni namoyish qilish (rasmlar, fotosuratlar, diafilmlar va diapozitivlar, kinofilmlar va boshqalar).v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orqali ko‘rsatish (o‘quv xaritalari, sxema, jadval va maketlar).g) ovozli ko‘rsatmali materiallar (gramplastinka, magnitofondagi yozuvlar, ovozli kinofilmlar).Bilimlar turli yo‘l vositalari orqali puxta o‘zlashtirilgandagina, u mustahkam esda qoladi, bu esa o‘quv materiallarni ongli o‘zlashtirishga, nazariya bilan amaliyotni bog‘lashga, ko‘rsatmalilikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash orqali mustahkamlashga bog‘liqdir. Ta’limning bosh maqsadi esa bilishlarni sistemali va puxta o‘zlashtirishdir.Ta’lim jarayonidaga muvaffaqiyatlarga faqat bilim berishda o‘quvchi-talabaning o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini xisobga olganda erishish mumkin.Shuning uchun o‘qituvchida bolalar psixologayasidan tegishli bilimlar yetarli bo‘lishi lozim. Dars jarayonida shu sinf o‘quvchilariga tegishli umumiy xususiyatlarni va har qaysi o‘quvchiga tegishli xususiyatlar ta’limning har bir bosqichida e’tiborga olinishi darkor. Bunga erishish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarni kuzatishi va ularning ruxiy olamini o‘rganshpi lozim. Faqat shundagina o‘quvchidagi kamchiliklarning kelib chiqishi sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boriladi.Majburiy umumiy o’rta va o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga o’tish to’liq amalga oshiriladi.Ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirish ta’minlanadi, uning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o’quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi.Ta’lim xizmati ko’rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to’liq ishga solinadi.Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq kamrab olinadi.Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlariKadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari quyidagilar:Shaxs kadrlar tayyorash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatiga nazar tashlaydigan bo’lsak, u insonni intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs, fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tariqa fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri-bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasb bo’yicha mehnat qilish huquqi ro’yobga chiqariladi.Davlat va jamiyat – milliy modelning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanib – u ta’lim va kadrlar tayyorash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.Shuningdek, davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo’yicha ta’lim muassasalari faoliyatini uyg’unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko’rsatadi.Uzluksiz ta’lim. Uzluksiz ta’lim malakaviy raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlata’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy extiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. Shuningdek, uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.Fan. Fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchidir.Fan sohasida:-Birinchidan, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to’g’risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyolash tizimida ommalashtirish, o’rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi;-ikkinchidan, oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;-uchinchidan, kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy-tadqiqot jihatidan ta’minlash jarayoni infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish maqsadida bilimning turli sohalari bo’yicha axborot bazasi shakllantirildi;-to’rtinchidan, mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasi sodir bo’ladi, zamonaviy fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlarni xalqaro miqyosida almashinuvi amalga oshiriladi.-Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun quyidagilar zarurdir: ya’ni, ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish yo’li bilan ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;-ilg’or axborot va texnologiyalarni joriy etish uchun eksperimental maydonchalar barpo etish orqali ilmiy-tadqiqotlar natijalarini o’quv-tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish;-“Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini samarali tarzda bajarishni ta’minlash yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;-yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy ijodiyotini har tomonlama qo’llab quvvatlash;-ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik ishlar darajasini baholashga zamonaviy yondoshuvini ro’yobga chiqarish, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar natijalari tijoratlashuvi asosida olimlarning obro’-e’tibori va ijtimoiy malakasini oshirish;-mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini faollashtirish, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o’zaro almashinuv jarayonini kuchaytirish;Fan va texnologiyalar sohasidagi faoliyatni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy yutuqlari uchun maxsus mukofotlar va sovrinlar ta’sis etish, maxsus stipendiyalar sonini ko’paytirish, yoshlar ilmiy – texnika ijodiyotining doimiy ishlaydigan ko’rgazma va ekspozitsiyalarini tashkil etadi.Shuningdek, milliy dasturda fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan:Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ilg’or amaliy ilmiy tadqiqotlar o’tkaziladi, ta’lim sifati davlat ta’lim standartlariga muvofiq kelishini tashkil etish va ta’minlash maqsadida pedagogika va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy–uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqish faollashtiriladi. Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki rag’batlantiriladi, pedagogik va ilmiy–tadqiqot jarayonlarining aloqasi ta’minlanadi. Yoshlarning fan–texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama qo’llab quvvatlanadi. Nihoyat, Kadrlar tayyorlash milliy modelining beshinchi tarkibiy qismi ishlab chiqarishdir.Respublikamiz ta’lim tizimining asosini tashkil etuvchi uzluksiz ta’limni tashkil etish va ularni rivojlantirish quyidagi prinsiplar asosida olib boriladi.a)Ta’limning ustuvorligi-uning rivojlanishining birinchi darajali axamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi.a)Ta’limning demokratlashuvi – ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o’quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat jamiyat tizimiga o’tilishi;v) ta’limning insonparvarlashuvi- inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga bo’lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof- muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi;g) ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni xosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;Ta’limning milliy yunaltirilganligi-ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg’unligi, O’zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish,ta’limning milliy taraqqiyotning o’ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligi;j) iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida,izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.Ta’limning, ya’ni uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:-ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish;-ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda kasb-hunar ta’limi dasturlarini tubdan o’zgartarish;-majburiy umumiy o’rta ta’limdan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o’tishni ta’minlash;-maxsus, kasb-hunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi o’quv muassasalarini vujudga keltirish;-ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, chet el investitsiyalari ko’lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog’liq ya’ni kasb-hunar va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;-milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlarining ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo’g’inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;-ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish.-ta’lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma’naviy – ahloqiy intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, maxallalar, hayriya va xalqaro fondlarining rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;-ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baxo berish tizimini yaratish va joriy etish;-ta’lim va ilm-fan bilan bog’liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;-tub yerli millatga mansub bo’lmagan shaxslarga zich yashaydigan joylarda ular o’z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish;-ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’lim tizimi va turlari belgilab qo’yilgan. Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi Davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va qo’yidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi, ya’ni ular quyidagicha:Maktabgacha ta’lim.Umumiy o’rta ta’lim.O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi.Oliy ta’lim.Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.Maktabdan tashqari ta’lim.Kadrlar tayyorlash milliy modelining o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o’tilishini ta’minlaydi.Ta’lim prinsiplari mohiyatiDidaktlar ta’lim prinsiplari mohiyatini yoritishda turli nuqtai nazarlarni asos qilib olishgan. K. Sosinitskiyning fikricha. Ta’lim prinsiplari umumiy qonuniniyatlar bo’lib, ular o’quv-tarbiya jarayonida qat’iy rioya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Uning fikricha, har bir prinsip ta’lim jarayonining muayyan komponentiga taaluqli: ko’rsatmalilik prinsipi ta’lim vositalariga, bola shaxsini rivojlantirish prinsipi ta’lim maqsadiga bog’liq. Ammo ta’lim prinsiplarini o’quv-tarbiya jarayoni komponentlari asosida belgilash ularning umumiy qodalar ekanligini inkor qilishga olib keladi. Zero, ta’lim prinsiplari o’quv-tarbiya jarayonining barcha komponentlariga, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga, barcha o’quv predmetlarini o’qitish masalalariga daxldor umumiy talablar, qodalardir.Ta’lim prinsiplarini o’quv- tarbiya jarayoni qonuniyatlari asosida belgilash g’oyasi ham mavjud. N.A. Sorokni ta’limning rivojlantiruvchanlik va tarbiyalovchanlik xususiyatlarini qonuniyat sifatida belgilaydi va shular asosida ta’lim prinsiplari xususiyatlarini bayon etadi. V.I Zagvyazinskiy ham o’quv-tarbiya jarayonida amal qiladigan qonuniyatlar va ta’lim prinsiplari o’rtasidagi aloqadorlikni hisobga olib keyingilarini, ya’ni ta’lim prinsiplarini tasnif etadi.Prinsiplarni ta’lim jarayoni qonuniyatlaridan kelib chiqib belgilash, garchand bu ularga yangicha yondashish bo’lsa-da, u mohiyat bilan bilan zaruriyatgi tenglashtirishga hatto almashtirishga olib keladi. Zotan qonuniyatlar kishiga, uning ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud.Boshqacha aytganda, ular narsaning o’zida, o’rganilayotgan jarayonining tarkibiga amal qiladi. Faning vazifasi shu qonuniyatlarni izlash, topish va izohlashdan iborat. Ta’lim prinsiplari, birinchi navbatda, amaliyotga, binobarin, zaruriyatga daxldor. Shu tufayli ular ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat etish mezonlari sifatida amal qiladi.Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo’lib, ular ta’limning barcha turlari (individul, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang’ich, o’rta, professional, oliy), sub’ektlari (o’qituvchi, o’quvchilar kollektivi), o’quv-tarbiya jarayonining hamma komponntlari (ta’limning maqsadi, vazifasi, vositasi, mazmuni, metodlari, tashkiliy shakllari, natijalari)ga daxldor umumiy qoidalardir. Shuningdek. Ular maktab rahbarlari, metodis va inspektorlar, ilmiy-pedagogik izlanishlar olib boruvchi shaxslar, talabalar uchun ham zarur. Bulardan, ta’lim prinsiplarini pedagogik faoliyat bilan mashg’ul kishilarning barchasi o’rganishlari lozim, degan xulosa kelib chiqadi. Ta`lim prinsiplarini takomillashtirish bo`yicha olib borilgan islohotlarni eslaymiz.O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov hali davlat mustaqilligini qo’lga kiritmasdanoq Kadrlar Tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi: -“aytish kerakki kadrlarni puxtaroq qilib tarbiyalamasdan, ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonmasdan va qullab quvvatlamasdan, o’ylanmanki, birorbir sohada ahvolni hech qanaqa tarzda o’zgartirib bo’lmaydi”, degan edi.Ta’lim sohasining isloh qilinishi arafasida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov o’tgan davr mobaynida amalga oshilgan tadbirlarni zamon talab qilayotgan darajada emasligiga alohida to’xtalib o’tgan edi.Bu birinchidan, eski sho’rolar davridan qolgan ta’lim tarbiya tazimida mafkuraviy qarashlarning va sarqitlarning hali ham mavjudligida;Ikkinchidan, ta’lim tarbiya va o’quv jarayonini bir- biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarining o’z yechimi topolmay qolganligida;Uchinchidan, Respublikamizdagi amaldagi ta’lim tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko’p joylarda yaqqol ko’rinyotganligida, shuningdek, mutaxassis kadrlar tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi hayotimizda, jamiyatimizda bo’layotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqinroq bog’lanmaganligida ham ko’zga tashlanib turganiligini ilmiy jihatdan asoslab bergan.Shuningdek, ta’lim sohasining ta’lim-tarbiya jarayonining ko’ngildagidek natija berishi asosan o’qituvchiga borib taqalishini, ya’ni tarbiyachining saviyasiga, u qanchalik darajada zamonaviy bilim, tajriba va ushbu bilim ko’nikmalarini o’quvchi onggiga qay darajada va qanday metodlarni qo’llash orqali yetkazib bera olishi mumkinligini jiddiy muammo ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Yüklə 31,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin