6 .4. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish, hisob -kitoblarni taqdim etish va soliq to‘lash tartibi. Bir oy soliq davridir.
S
oliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo‘lgan
foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq
bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli bo‘lgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib
chiqqan holda, tegishli soliq d
avrida soliq bazasini ko‘paytiradigan yoki kamaytiradigan barcha
o‘zgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga ko‘ra hisoblab chiqariladi.
Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliqning umumiy summasi
hisoblab chiqarilgan soliq bazasining soliq stavkasiga mos keladigan foizli ulushi sifatida hisoblab
chiqariladi.
S
oliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarning har bir
guruhi bo‘yicha alohida aniqlansa, soliq summasi mazkur soliq bazalarining har biri bo‘yicha
alohida hisoblab chiqariladi. Bunda soliqning umumiy summasi bunday soliq bazalarining har biri
bo‘yicha alohida hisoblab chiqarilgan soliq summalarini qo‘shish orqali hisoblab chiqariladi.
1.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i
summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagicha
aniqlanadi:
QQ s = T sq x S s , yoki
QQ s = (T sq + A s ) x S s , bu yerda:
QQ s –
iste’molchilardan undiriladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;
T sq –
tovarlaning (xizmatlar) sotish qiymati;