QQS
s.o
–
soliqqa tortiladigan oborotlar bo‘yicha hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i
summasi
(iste’molchilardan);
QQS
h.o
–
hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi (etkazib beruvchilardan).
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog‘idagi
soliq summasi
bojxona to‘g‘risidagi
qonunchilikka
muvofiq budjetga to‘lanadi.
Hisoblab chiqarilgan, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi salbiy bo‘lsa, soliq
to‘lovchi mazkur summaning o‘rnini qoplash huquqiga ega bo‘ladi.
Soliq to‘lovchilar, soliq hisobotini o‘zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga
o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim
etishlari shart.
Hisoblab chiqarilgan soliqni to‘lash soliq hisobida turilgan joy bo‘yicha
har bir soliq
davrining yakunlariga ko‘ra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog‘ida soliq ushbu bo‘lim
qoidalari hisobga olingan holda, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va
muddatlarda budjetga to‘lanadi.
Soliq agentlari soliqni o‘zi soliq hisobida turgan joy bo‘yicha to‘laydi. Soliq to‘lovchilar
bo‘lmagan soliq agentlari o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq
organlariga tegishli soliq
hisobotini to‘lash amalga oshirilgan o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan
kechiktirmay taqdim etishi shart.
Soliq hisobotiga soliq to‘lovchining xaridlar reyestrida va sotuvlar reyestrida ko‘rsatilgan
ma’lumotlar kiritiladi.
Soliq agentlari, shuningdek vositachilik (topshiriq)
va transport ekspeditsiyasi
shartnomalari asosida boshqa shaxsning manfaatlarni ko‘zlab tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshiruvchi shaxslar olingan va taqdim etilgan hisobvaraq-
fakturalar daftarlaridagi ma’lumotlarni
ham belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etishi shart. Agar bunday shaxslar soliq to‘lovchilar
bo‘lmasa, ular soliq hisobotiga faqat soliq agenti
sifatida operatsiyalarni yok
i vositachilik
(topshiriq) shartnomasi asosida komitentning (ishonch bildiruvchining), transport ekspeditsiyasi
shartnomasi asosida yukni oluvchining (yukni jo‘natuvchining) manfaatlarini ko‘zlab vositachilik
operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida oling
an hamda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni
hisobga olish daftarlarida aks ettiriladigan ma’lumotlarni kiritadi.
119
Xaridlar va sotuvlar reyestrlarini, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan hisobvaraq-
fakturalarni hisobga olish daftarlarini yuritish
shakllari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nazorat savollari
1.
Qo‘shilgan qiymat qanday tarkib topadi?
2.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i
to
‘
lovchilsri kimlar?
3.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ob’yekti qanday aniqlanadi?
4.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari va ularni qo‘llash tartibi qanday?
5.
Nol darajali stavka qaysi tovarlar (ish va xizmatlar)ga nisbatan qo‘llaniladi?
6.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va hisobotni taqdim etish tartibi
qanday?