Reja: Raqamlashtirish o’sish va samaradorlik omili


Nimaga tayyor turishi kerak?



Yüklə 80,93 Kb.
səhifə4/7
tarix17.09.2023
ölçüsü80,93 Kb.
#144784
1   2   3   4   5   6   7
Nimaga tayyor turishi kerak?
Korxonalar, avvalo, boshidayoq faqat ma’lum vaqtdan keyingina o’zini oqlaydigan katta xarajatlarga tayyor bo’lish zarur. Ba’zida kompaniyalar darhol samara bo’lishini kutadilar, buning esa har doim ham iloji yo’q. Jarayonlar bosqichma-bosqich yo’lga qo’yiladi, xodimlar yangicha ishlashga ko’nikadilar, mijozlar esa joriy etilgan mahsulotlar to’g’risida xabardor bo’ladilar va ulardan foydalana boshlaydilar.
Ikkinchidan, rahbariyat va xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish ustida ishlashga to’g’ri keladi. Bu undovlar noyob narsa emas. Butun jahondagi kompaniyalar ularga doimiy ravishda duch keladilar.


D. ULUG’MURODOV yozib oldi.

Raqamlashtirish jarayonini boshdan kechirayotgan XXI asr har bir ijtimoiy munosabatga raqamli muhitni olib kirishni talab qilmoqda. Hammamiz uchun birdek qiziq hisoblanadigan raqamli iqtidosiyot ushbu davrda barcha tarmoqlardan bir qadam oldinda desak xato bo'lmaydi.



Har bir davlat va jamiyatning farovon hayot kechirishi, avvalo, kuchli iqtisodiyot orqali ta'minlanadi. Uning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sanalmish biznes esa har qachongidan-da e'tibor talab qilinadigan sohadir. Darhaqiqat, tadbirkorlik uchun etarlicha taraqqiyot poydevorlari mavjud bo'lgan har bir davlatda ushbu soha gullab-yashnashi tabiiy hol. Qolaversa, bu borada xalqda ishonch va qiziqish hissi yuzaga keladi. YUrtimizda bu borada tashlangan dastlabki qadamlar natijasi yana va yana rivojlanishga undamoqda. Raqamlashtirish jarayonining asosiy ishtirokchi tarmoqlaridan hisoblangan iqtisodiyot, shu jumladan, tadbirkorlik sohasida bugungi kunga kelib salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Xo'sh, raqamli iqtisodiyot, ya'ni raqamli marketing nima va u qanday yuzaga kelgan, undan insoniyat qanday istiqbol kutadi? Texnologiya o'sishda va rivojlanishda davom etar ekan, raqamli marketing ham shu zaylda rivojlanadi deb taxmin qilish mumkin. Raqamli marketing raqamli iqtisodiyotning rivoji, raqamli iqtisodiyot esa bugungi dunyo davlatlarining taraqqiyoti uchun asosiy “drayver” vazifasini bajaradi.
Hozirgi kunda deyarli barcha dunyo xalqlari raqamli texnologiyalardan bevosita yoki bilvosita foydalanmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu ko'rsatkich keyingi bir necha yil ichida juda katta sur'atlarda oshdi. Veb kichik va o'rta biznes uchun cheksiz imkoniyatlarni taqdim etdi, jumladan, raqamli reklama butun reklama harakatlarining muhim qismiga aylandi.
Raqamli marketing — bu raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mahsulot yoki xizmatlarning marketingi, asosan, internetda, shu jumladan, mobil qurilmalar, reklama va boshqa har qanday raqamli vositalar shular jumlasidandir.
1990 va 2000 yillardan buyon raqamli marketingning rivojlanishi brendlar va korxonalarning marketing uchun texnologiyadan foydalanish usullarini o'zgartirdi. Raqamli platformalar marketing rejalari va kundalik hayotga tobora ko'proq kiritilayotgani va odamlar jismoniy do'konlarga tashrif buyurish o'rniga raqamli qurilmalardan foydalanishlari sababli, raqamli marketing kompaniyalari keng tarqaldi. Xususan, yurtimizda ham shu kabi internet bozorlar, raqamli servislar ishga tushganiga guvoh bo'lishimiz mumkin, jumladan, Express.uz, Zoodmall.uz, Yandex taxi.uz, My taxi.uz va shu kabilar.
Forbes rasmiy reklama elektron manbasiga ko'ra, integratsiyalashgan global marketingga e'tibor kuchayadi, iste'molchilarga bir xil mavzuning turli tomonlari bo'yicha elektron pochta kabi bir nechta kontent manbalari o'rtasida aloqa o'rnatish imkoni ortadi, kompaniyalarning ma'lumot va chuqur tahlillardan foydalanishi oshib ketadi.
Hozirda, raqamli iqtisodiyot rivojining zamonaviy bosqichida, O'zbekiston uning shakllanish davri va rivojlanishining yuqori dinamikasi bilan xarakterlanadi. Mavjud jahon tendentsiyalarini e'tiborga olib, O'zbekiston uchun jamiyat hayotining barcha sohalarida AKTni jadal qo'llash, shuningdek raqamli texnologiyalarning umumiy rivojlanishi innovatsiyalarni harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi hamda jahon iqtisodiyotiga integratsiya va uyg'unlashish imkonini beradi. Ko'pgina davlatlardagi kabi, ushbu ilmiy tadqiqotlar respublikamiz uchun dolzarb hisoblanadi. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanishining o'ziga xos tomonlari uning shakllanishini o'rganish va tahlil qilish, shuningdek, korxonalarda zamonaviy AKT tatbiq qilishning asosiy muammolarini aniqlash, raqamli iqtisodiyot shakllanishi sharoitida korxona faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Muvaffaqiyatga erishish uchun ertangi kundagi raqamli marketing kompaniyalari ushbu kelajakdagi muammolarni hal qilish va sanoatning oldingi saflarida qolish uchun ta'lim va ko'nikmalarga ega ishchi kuchiga muhtoj bo'ladi.
Raqamli marketing elektron qurilma yoki internetdan foydalanadigan barcha marketing harakatlarini o'z ichiga oladi. Korxonalar joriy va bo'lajak mijozlar bilan bog'lanish uchun qidiruv tizimlari, ijtimoiy media, elektron pochta va boshqa veb-saytlar kabi raqamli kanallardan foydalanadi.
Raqamli maketing bizga an'anaviy usullardan ko'ra ko'proq auditoriyaga erishishga yordam beradi va mahsulot yoki xizmatimizni sotib olish ehtimoli yuqori bo'lgan istiqbolga yo'naltiradi. Bundan tashqari, u an'anaviy reklamaga qaraganda ko'pincha tejamliroq bo'lib, muvaffaqiyatni har kuni sarhisob qilish va o'zimiz xohlagan usulda harakatlantirish imkonini beradi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, raqamlashtirishning yuqori sur'atda o'sib borishi yaqin kelajakda haqiqatda ulkan o'zgarish hamda ijobiy natijalarga olib keladi. Ayniqsa, iqtisodiyotga bo'lgan ta'siri hamda o'zgarishi sezilarli darajada bo'lishi va bu kutilgan kelajakning o'ziga xos musbat hosilasini yuzaga keltiradi. Ushbu yo'nalishni qo'llab-quvvatlashimiz hamda jarayonning bevosita ishtirokchisi yoki qaysidir ma'noda unga katalizator bo'lishimiz kerak.
Konstitutsiyani oʻrganish jamiyat aʼzolarining siyosiy faolligini koʻtarishga, davlatni boshqarishda ularning faol ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashadi. Albatta, vaqt oʻtgani sari ijtimoiy munosabatlar ham oʻzgarib boradi va bu oʻz navbatida ularni tartibga soluvchi huquq normalarining ham yangilanishiga sababchi boʻladi.

2021-yilning noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzining qasamyodida asosiy qomusimizni isloh qilish zaruriyati mavjudligini va bu mamlakat aholisidan kelib tushganligini taʼkidladi.


Konstitutsiyaning 29 yilligiga bagʻishlangan nutqida esa Prezident Bosh qomusga kiritilishi lozim boʻlgan 9 ta yoʻnalishni belgilab berdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan Asosiy qonunimiz talablarini toʻliq amalga oshirish borasida hali oldimizda ulkan vazifalar borligini, xalqimiz hayoti darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda taʼminlash boʻyicha hali koʻplab ishlar qilinishi lozimligi aytildi. Chunki fuqarolar islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun oʻz hayotida his etishlari zarur.
Jahon mamlakatlarining konstitutsiyalariga yuzlanar ekanmiz, ular ham oʻz vaqtida davr va ijtimoiy muhit taqozosida asosiy qonunning oʻzgarishiga va yanada takomillashishiga sabab boʻladigan islohotlarni amalga oshirganliklariga guvoh boʻlamiz. Jumladan, Amerika Qoʻshma Shtatlari ham 1789-yildan to bugunga qadar oʻz konstitutsiyalariga 33 bora qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritganliklariga amin boʻlamiz. Deyarli 3 asr davomidagi oraliq uchun bu kamlik qilishi mumkin, lekin AQSH konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish uchun mamlakatdagi jami shtatlarning toʻrtdan uch qismi mazkur oʻzgartirishni maʼqullashi zarur hisoblanadi. Dunyodagi eng katta konstitutsiya hisoblanmish Hindiston konstitutsiyasi ham 1950-yildan boshlab hozirgi davrga qadar 105 ta oʻzgartirish va qoʻshimchalarni boshidan oʻtkazgan.
Shunday ekan, mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida barcha sohalarda, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni yanada jadallashtirish lozimligi barobarida konstitutsiyaviy islohotlarni ham oʻta dolzarb masala sifatida kun tartibiga qoʻyilayotgani oʻz navbatida mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻyishida muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.
Bugun oldimizga qoʻygan maqsadimiz esa asosiy Qonunimizga shunchaki ayrim moddalariga oʻzgartirish kiritish emas, balki butunlay yangilashni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish hisoblanadi. Zero, Konstitutsiyamizni barqaror, zamon bilan hamnafas shaklga keltirish Bosh qomusimizga kelajakda tez-tez oʻzgartirish kiritilishni taqozo qilmaydi. Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda “Har bir fuqaroning ongi va shuuridan joy olgan, uning huquq va erkinliklarini toʻliq kafolatlagan Konstitutsiyamiz chinakam qomusga aylanishi kerak”.
Hozirda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish uchun Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tashkil qilingan boʻlib, faol fuqarolarimiz tomonidan tushayotgan takliflarni umumlashtirib, tahlil qilish, rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish, statistik maʼlumotlarni tahlil qilish va boshqa bir qator muhim vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.
Fuqarolar oʻzlarining takliflarini www.meningkonstitutsiyam.uz onlayn platformasi, taklif taklif@meningkonstitutsiyam.uz yoki taklif@2022.uz elektron pochta manzillari, telegram messenjerining maxsus boti (@meningkonstitutsiyam_bot), shuningdek 1341 qisqa raqamli “Koll-markaz”lari orqali yuborishlari mumkinligi esa mazkur islohotning bavosita jamoatchilik fikri asosida amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi.
Xulosa oʻrnida davlatimiz rahbarining quyidagi fikrlarini keltirib oʻtish, maqsadga muvofiq “Har bir fuqaroning ongi va shuuridan joy olgan, uning huquq va erkinliklarini toʻliq kafolatlagan Konstitutsiyamiz chinakam qomusga aylanishi kerak”.
Ayni paytda joylardagi dolzarb masala — savdo nuqtalari, bozorlardagi narx-navo barqarorligini ta'minlash, xususan, non va non mahsulotlari bahosining tavsiya etilgan va belgilangan miqdorlardan oshirib yubormaslik borasida sektor rahbarlari tomonidan kunlik tezkor choralar ko'rib borilmoqda.
Jumladan, Parkent tumanida har kuni viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig'i Xurshid Usmonov, tuman prokurori Sharifjon Akbarov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosining tuman bo'limlari rahbarlari, tuman Kengashi deputati Muhayyo Ahmedovadan iborat ishchi guruh oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va bozordagi narx-navo barqarorligini saqlash maqsadida tadbirkorlar va novvoylar bilan uchrashib turibdi.
Mutasaddilar tumanda qolipli non ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi yirik tadbirkorlik sub'yektlaridan biri “Dilnoza” korxonasida ham bo'ldi. Korxona vakillari qolipli non ishlab chiqarishni tavsiya etilgan va belgilangan narxda ko'proq sotish maqsadida 225 million so'm miqdorda imtiyozli kredit olishda amaliy yordam ko'rsatishni so'rab murojaat etishdi. Murojaat joyida qanoatlantirilib, bank mutasaddilari korxonaga chaqirildi. Suhbat jarayonida “Dilnoza” korxonasiga 1 hafta muddat ichida 14 foizda imtiyozli kredit ajratilishi ma'lum qilindi.
Shundan so'ng bozor hududida ham o'rganish ishlarini olib borildi. Novvoylar hamda oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug'ullanuvchilarga narx-navoni barqaror saqlash, sun'iy oshirib yubormaslik yuzasidan zarur tushuntirish, tavsiyalar berildi.
Shuningdek, aholi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasidagi narx-navo nazorat qilindi.
Bozor hududidan tashqari, mahallalardagi savdo nuqtalarida qolipli non savdosi tavsiya etilgan 2800 so'mdan oshib ketmasligi uchun tadbirkorlarga amaliy yordam berildi. Xususan, Buloqboshi mahallasidagi “Asl kitob” MCHJga qarashli oziq-ovqat do'koniga hamda yakka tadbirkor X. Rahmonovga arzon narxlarda qolipli nonni yetkazib beradigan ta'minotchilar topib berildi.
Tumandagi Kumushkon mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul ham tashkil etildi.
Ishchi guruhning keyingi manzili tuman tibbiyot oshxonasi bo'ldi. U yerda non mahsulotlarnining ta'minlanganlik darajasi, narx-navosi o'rganildi. Tuman bosh shifokoriga non mahsulotlari narxining barqarorligini ta'minlash hamda yetkazilishida uzilishlar bo'lmasligi borasida zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Parkent tumanida qolipli non ishlab chiqarayotgan tadbirkorlar hamda novvoylar faoliyatida uchrashi mumkin bo'lgan muammolar hamda joylarda narx-navolarni maqbul narxlarda sotilishi yuzasidan olib borayotgan kunlik nazorat davom etmoqda.
Bugun raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va odamlar hayotiga jadal kirib boryapti. Mamlakatimizda ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish eng muhim vazifaga aylangan. Prezidentimizning 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida 2023 yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2, ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, ular eksportini 100 million AQSH dollariga yetkazish vazifasi qo’yilgan.Statistik ma’lumotlarga ko’ra, raqamli iqtisodiyotning mamlakatlar yalpi ichki mahsulotidagi ulushi AQSHda 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizini tashkil etadi. “Vouchercloud” portali tadqiqotchilari dunyodagi “eng aqlli” 25 davlat ro’yxatini e’lon qildi. O’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, birinchi o’rinni Yaponiya egallagan. Kunchiqar yurt tadqiqotning asosiy ko’rsatkichlari — Nobel mukofoti laureatlari soni, aholining o’rtacha IQ (aql-zakovat) darajasi, maktablardagi o’zlashtirish ko’rsatkich bo’yicha ham eng yuqori bahoga sazovor bo’ldi.Keyingi o’rinlardan SHveytsariya, Xitoy, AQSH va Niderlandiya joy oldi. Xitoy aholi aql-zakovat darajasi yuqori bo’lgani uchun uchinchi o’rinni olgan bo’lsa, AQSHga to’rtinchi o’rinda joylashishiga Nobel mukofoti laureatlari soni yordam berdi. Janubiy Koreya, Tayvan va Singapur bilimli (aql-zakovatli) yoshlar soni bo’yicha yetakchi o’rinlarda, ammo faqatgina Nobel mukofoti laureatlari soni kamligi sababli reytingda yuqorida joylasha olmadi.
“McKinsey” ekspertlarining baholashi bo’yicha, bugungi kunda jahon YaIMning qariyb 10 foizi raqamli aktivlarga to’g’ri keladi, shu bilan birga, ularni ishlab chiqish sur’ati jahon iqtisodiy o’sishining 30 foiziga teng. Raqamli aktivlarning rivojlanishi akselerator (tezlashtiruvchi) harakatiga o’xshaydi.

Yüklə 80,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin