Reja: Raqobatning moxiyati va obektiv asoslari, shakllari va usullari



Yüklə 39,11 Kb.
səhifə3/6
tarix23.07.2022
ölçüsü39,11 Kb.
#62876
1   2   3   4   5   6
Reja Raqobatning moxiyati va obektiv asoslari, shakllari va usu

3. Tarmoqlararo raqobat. Bunda bir xildagi ehtiyojlarni qondiruvchi barcha kompaniyalar raqobatdosh hisoblanadi. Misol uchun “DEU” kompaniyasiga nafaqat avtomobil balki motostikl, velosiped va yuk avtomobillarini ishlab chiqaruvchilar ham raqobatdosh sanaladi.

4. Generik raqobat. Bir turdagi iste’molchilar uchun kurash bunday raqobatning asosini tashkil etadi. Bunda, masalan “DEU” kompaniyasi uzoq muddatli foydalanishga mo’ljallangan barcha kompaniyalar, sayyohlik firmalari va yangi uylarni sotuvchi kompaniyalar bilan kurashadi.

Bozorda o’z ulushiga ega bo’lish uchun bo’ladigan raqobat kurashi, faqatgina bevosita da’vogarlar ishtiroki bilan cheklanmaydi. Iqtisodiyot asosida yotadigan, bozordagi raqobat va raqobatlashuvchi kuchlar, tomonlar qarama - qarshiligiga nisbatan ancha keng yoyilgan. Iste’molchilar, etkazib beruvchilar, potenstial ishtirokchilar va bir birining o’rnini bosadigan mahsulotlar – bularning barchasi, bozorga qandaydir darajada o’z ta’sirini o’tkazuvchi, raqobatdoshlardir.




5.2. Bozordagi raqobat holati

Bozordagi raqobat holati, 5.2.1 - rasmda ko’rsatilgan beshta asosiy kuch bilan belgilanadi. Birgalikda bu kuchlar, bozor foydasining chegaraviy salohiyatini belgilab beradi. Umumiy kuch (raqobat kuchi) tomonidan bo’lgan ta’sir barcha raqobatdosh tomonlar uchun sezilarli bo’lishi mumkin ammo uni engish uchun, strategiya, har bir tarkibiy elementning batafsil tahliliga asoslangan bo’lishi lozim. Misol uchun quyidagi savollarga javob topish lozim. Tarmoq bozorga kirib borishining ojiz tomonlari nimada? Etkazib beruvchilarning bozordagi ustunligini nimalar belgilaydi?

Raqobat ta’sirining ushbu asosiy manbalarini bilish, hatti - harakatlarning strategik rejasi uchun mustahkam asosni ta’minlaydi.

U kompaniyaning kuchli va ojiz tomonlarini aniqlashga, kompaniyaning o’z tarmog’idagi egallagan o’rnini aniq asoslashga, qaysi sohalardagi strategik o’zgarishlar eng yuqori ijobiy samara berishini bilishga, va kompaniya uchun, muayyan tarmoqdagi potenstial imkoniyatlar va xavflarni aniqlashga yordam beradi. Ushbu manbalarni tushunish, diversifikastiyaning mumkin bo’lgan yo’nalishlarini ko’rib chiqish mumkin bo’ladi.



5.2.1-rasm. Bozordagi raqobat holati.




Yüklə 39,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin