5.4. Raqobat ustunligiga ega bo’lishda axborotning roli
Axborot inqilobi iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olgan, va hech bir kompaniya uning ta’siridan qochib qutula olmaydi. Axborotni olish, qayta ishlash va uzatish xarajatlarining kamayishi biznes yuritish usullarini ham o’zgartiradi.
Ko’pgina menejerlar axborot inqilobi to’g’risida bilishadi, ammo uning ahamiyatini to’laligicha his qilmaydilar. Axborot texnologiyalari va ularning natijalari kundan-kunga ko’proq vaqt va investitsiyalarni talab qilar ekan, axborot texnologiyalari faqatgina ma’lumotlarni elektron qayta ishlash va axborot tizimlari bo’limining ishi emas. Raqobatdoshlar axborotga ega bo’la turib, raqobat ustunligiga ega bo’layotganlarini ko’rib turgan boshqaruvchilar yangi texnologiyalarni boshqarishdagi o’zining bevosita ishtiroki lozimligini anglab etadi. Ammo tez ro’y berayotgan o’zgarishlar bilan yakkama-yakka qolib uni qanday boshqarish lozimligini bilmaydilar.
Axborot texnologiyalari yutuqlari raqobat va raqobat ustunligi manbalariga qanday ta’sir ko’rsatadi? Ushbu texnologiyalardan foydalanish uchun kompaniya qanday strategiyalarni qo’llashi lozim. Raqobatdoshlar ushbu yo’nalishda qaysi ishlarni amalga oshiradilar? Axborot texnologiyalariga kiritishi mumkin bo’lgan ko’p sonli investitsiya variantlaridan qaysi biri ayniqsa zarur?
Ushbu savollarga javob berish uchun axborot texnologiyalari deganda faqagina kompyuterlarni tushunmasliklari lozim. Bugungi kunda axborot texnologiyasi deganda nafaqat axborotni o’zini, balki uni qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan bog’liq texnologiyalarni ham tushunish lozim. Demak, axborot texnologiyasi o’z ichiga kompyuterlardan tashqarii, ma’lumotlarni aniqlash, kommunikastiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot, korxonalarni avtomatlashtirish va boshqa texnologik vositalar va xizmatlarini o’z ichiga oladi.
Axborot inqilobi quyidagi uchta yo’l bilan raqobatga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin.
- tarmoq tuzulmasini o’zgartiradi va bu bilan raqobatning yangi qoidalarini o’rnatadi;
- kompaniyalarga ish unumdorligi bo’yicha raqobatdoshlardan ilgarilab ketish imkoniyatini berib raqobat ustunligini yaratadi;
- ko’pgina hollarda bevosita kompaniyada mavjud jarayonlar va operastiyalar asosida, biznesning umuman yangi turlarini xosil qiladi.
Birinchi navbatda biz, axborot texnologiyasining strategik ahamiyatga ega bo’lishiga olib kelgan sabablarni ko’rib chiqamiz, va uning biznesga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlaymiz. Keyinchalik esa, yangi texnologiyalar qay tarzda raqobatni o’zgartirishi, va kelajakni ko’ra biladigan kompaniya rahbarlari undan qanday qilib samarali foydalanishi to’g’risida gap yuritamiz. Va nihoyat, axborot texnologiyalarning biznesdagi rolini baholash imkonini beradigan jarayonlarni va texnologiyani raqobot ustunligiga aylantirish imkonini beruvchi kapital qo’yilmalarning ustuvor yo’nalishlarini aniqlashga imkon yaratiladi.
Axborot texnologiyasining raqobatdagi rolini aniqlashga imkon beruvchi muhim kontseptsiya sifatida boyliklar zanjiri xizmat qiladi. Ushbu kontseptsiyaga muvofiq, butun kompaniya faoliyatini bir – biridan farq qiluvchi texnologik va iqtisodiy turlarga bo’lish mumkin, aynan ularning yordami bilan tijorat faoliyati amalga oshiriladi. Biz ularni qimmat faoliyat turlari deb ataymiz. Kompaniyaning qimmatli faoliyat turlarini to’qqizta kategoriyaga ajratish mumkin. Faoliyatning birlamchi turlari mahsulotni jismonan yaratish, uning marketingi va iste’molchilarga etkazilishi, hamda sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish bilan bog’liq. Faoliyatning ikkilamchi, yoki qo’llab-quvvatlovchi, turlari ishlab chiqarish omillari va infratuzilmani ta’minlaydilar, aynan ular tufayli birlamchi faoliyat turlarini amalga oshirish mumkin bo’ladi. Faoliyatning har bir turi uchun sotib olinadigan ishlab chiqarish omillari, inson resurslari, texnologiyalar va h., lozim bo’ladi. Huquqiy faoliyat, moliyaviy faoliyat kabi funkstiyalarni o’z ichiga olgan firma infratuzilmasi, butun zanjirni qo’llab-quvvatlab turadi. Ushbu kategoriyalar doirasida kompaniya yana bir nechta alohida faoliyat turlarini amalga oshiradi ularning ma’suliyatlari esa muayyan biznesga bog’liq bo’ladi. Misol uchun, xizmat ko’rsatish faoliyati, o’rnatish, ta’mirlash, ishga turish, zamonaviylashtirish, va tarkibiy qismlarni hisobga olish kabi faoliyat turlarini o’z ichiga oladi.
Alohida tarmoqdagi kompaniya salohiyat turlarining zanjiri, o’z navbatida, faoliyat turlarining yanada kattaroq oqimiga kiritilgan, buni biz qimmatliklar tizimi deb ataymiz. Ushbu zanjir kompaniya qimmatliklari zanjirini ishlab chiqarish omillari bilan (xom ashyo, ehtiyot qismlar va to’langan xizmatlar) ta’minlovchi etkazib beruvchilar kimmatliklari zanjirlarini o’z ichiga oladi. So’nggi iste’molchigacha bo’lgan yo’lda kompaniya mahsuloti, ko’pgina hollarda, taqsimot kanallari qimmatliklari zanjiri orqali ham o’tadi. Va nihoyat, mahsulot xaridori qimmatliklari zanjirida sotib olingan ishlab chiqarish omili bo’ladi. Xaridor esa mahsulotdan o’zining bir yoki bir necha faoliyat turini bajarish uchun foydalanadi
O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 178-moddasi “Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonun hujjatlarini va iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish”, asosan
Monopoliyaga qarshi organga va iste'molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki o'z vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlarni taqdim etish, -
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarliklarni tugatish to'g'risidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi, iste'molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish to'g'risidagi ko'rsatmalarini bajarishdan bo'yin tovlash, o'z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining ko'rsatmalarini bajarishdan bo'yin tovlashi, ularni o'z vaqtida yoki lozim darajada bajarmasligi -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni qo'shib yuborishda, qo'shib olishda hamda aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olish bo'yicha bitimlar tuzishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish -
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan harakatlarni kelishib olingan holda sodir etish va bitimlarni tuzish, shuningdek tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiiste'mol qilish, xuddi shuningdek tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzish -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste'molchilarga zarar yetkazish, shuningdek iste'molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to'g'risida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etganlik -
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Yaroqlilik muddati o'tgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko'rsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko'rsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning uchinchi - sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |