Reja: Reja: Eftaliylar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy tuzum



Yüklə 72,46 Kb.
səhifə3/5
tarix13.06.2023
ölçüsü72,46 Kb.
#129556
1   2   3   4   5
Ilk o’rta asr mahalliy davlatlar boshqaruv tizimi va davlatchilik tuzilishi

Eftalitlarning janubdagi asosiy raqiblari Eron sosoniylari edi. Eftalitlar astasekin janubiy hududlarni o’zlariga bo„ysundirar ekanlar, ularning sosoniylar Bilan munosabatlari keskinlasha boradi. Eftalitlar va sosoniylar o„rtasidagi kurashlar podsho Pero’z (459-484 yy.) davriga to’g’ri keladi. 484 yilda eftalitlar va sosoniylar o’rtasida Marv yaqinida bo’lib o’tgan jangda sosoniylar mag’lubiyatga uchraydilar. Eftalitlar 467-473 yillarda Sug’dda mustahkam o’rnashib olgan bo’lsalar, 477-520 yillar mobaynida Gandxarni ishg’ol etib, u yerdan kidariylarni siqib chiqaradilar. 490 yilda eftalitlar Urumchini, 497-509 yillar orasida Qashg’arni bosib, deyarli butun Sharqiy Turkistonda o’z hukmronliklarini o’rnatadilar. Shunday qilib, VI asrning boshlariga kelib, eftalitlar anchagina katta hududlarni egallagan edilar, ko’pchilik manbalar eftalitlarning dastavval ko’chmanchi xalqlar bo’lib, keyinchalik o’troqlashganligi haqida ma‟lumot beradi. Shuning uchun ham ayrim tadqiqotchilar ularni ko’chmanchilar deb hisoblasa, ayrimlari ularni shahar va qishloqlarda yashaganligini ta‟kidlaydilar. Eftalitlarning poytaxti Balx shahri edi. Ko’pchilik tadqiqotchilarninng e‟tirof etishlaricha, eftalitlar davlati unchalik ham mustahkam emas edi va shuning uchun ham uzoq yashamadi.

Ta‟kidlash joizki, eftalitlar o„zlariga tobe bo„lgan xalqlar hayotiga juda chuqur ta‟sir etmasdan, o„lpon va soliqlar undirish bilan cheklanganlar. Eftalitlarning O„rta Osiyodagi hukumronligi asosan harbiy kuchlarga tayanar edi. Shuning uchun ham O„rta Osiyo xalqlari ularning turklar bilan bo„lgan kurashda qo„llabquvvatlamaganlar. Eftalitlar davlati yarim asrga yaqin yashagan bo„lsada O„rta Osiyo xalqlari tarixida muhim rol o„ynadi. Eftalitlarning etnik kelib chiqishi masalalari ancha murakkab hisoblanadi. Bu murakkablik shu bilan izohlanadiki, arab manbalari va tangashunoslik ma‟lumotlarida eftalitlar podsholari faqat turklarga xos bo„lgan unvon-tegin, xoqon unvonlari bilan tilga olinadi. Shu bilan birgalikda tangalarda aks etgan podsholar aniq yevropoid irqini beradi. Bu holatlar ayrim tadqiqotchilarning eftalitlarni turkiy xalqlar deb hisoblashlariga sabab bo„ldi.


Yüklə 72,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin