Reja: Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari



Yüklə 49,73 Kb.
səhifə10/15
tarix07.01.2024
ölçüsü49,73 Kb.
#201930
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
9-мавзу Рив-ётган

O’z navbatida banklarda deponentlangan va obligatsiyalarga quyilgan xususiy sarmoyalarning qiymati 45,7 mlrd. dollardan 55,5 mlrd. dollarga qadar o’sib bordi, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar esa 66,6 mlrd. dollardan 77,9 mlrd. dollarga qadar oshdi. Qayd etib o’tish joizki, 2003 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarning o’zlari ham 14 mlrd. dollar miqdoridagi sarmoyani xorijiy mamlakatlarga eksport qildilar.

  • O’z navbatida banklarda deponentlangan va obligatsiyalarga quyilgan xususiy sarmoyalarning qiymati 45,7 mlrd. dollardan 55,5 mlrd. dollarga qadar o’sib bordi, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar esa 66,6 mlrd. dollardan 77,9 mlrd. dollarga qadar oshdi. Qayd etib o’tish joizki, 2003 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarning o’zlari ham 14 mlrd. dollar miqdoridagi sarmoyani xorijiy mamlakatlarga eksport qildilar.

«Ernest va YAng» amerika konsalting firmalarning bergan baholariga ko’ra yaqin yillarda rivojlanayotgan mamlakatlardan eng ko’zga ko’ringanlari: Xitoy, Hindiston, Indoneziya, shuningdek Meksika va Braziliya kabi mamlakatlar bo’lishi mumkin.
Rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy sarmoyalarini jalb qilar ekan eng muhimi, ular dinamik o’sish imkoniyatiga ega bo’lgan va iqtisodiyotning istiqboli porloq bo’lgan mamlakatlar tomon ilgarilab bormoqda. Bugungi kunda xususiy investitsiyalarning 80% rivojlanayotgan mamlakatlarning ulushiga to’g’ri kelmoqda. Bunda asosiy o’rinni SHarqiy Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari egallamoqda. Kuchsiz rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining turg’unligi va eng muhim siyosiy vaziyatning barqarorligi, ko’pincha sanoati rivojlanayotgan mamlakatlardan kelayotgan ishbilarmon doiralarni cho’chitib qo’ymoqda.

Ushbu mamlakatlar tomonidan uyushtirilayotgan davlat yordamlari, so’ngi yilliklar davomida yetarli darajada barqaror amalga oshirilgan bo’lib, 90-yillarining o’rtalaridan e’tiboran ularning miqdori sezilarli darajada qisqartirilgan. Xalqaro valyuta fondi analitik ma’lumotlarga qaraganda 1994 yilda butun dunyo bo’yicha inflyatsiyaning oldini olish maqsadida davlat yo’llari orqali 59 mlrd. dollarga teng bo’lgan rasmiy yordamlar uyushtirilgan bo’lib, bu ko’rsatgich 1993 yildagiga nisbatan 3 mlrd dollarga kamdir. Rivojlangan mamlakatlarning rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o’zaro davlat miqyosida hamkorligi o’zining me’yoriga yetgan 1990 yildagi darajasi bilan taqqoslab ko’rilganda, bu raqam 12 mlrd. dollarga kamayib borgan.


Yüklə 49,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin