Sanoat eksport hajmining o’sishida, mashina va asbob - uskunalar eng muhim rol o’ynaydi. Ularni eksport qilish 1970-2010 yillar oralig’ida 90 marotaba yaqin o’sib boradi va ularning o’sishida sanoatning umumiy ulushi 35,7% ni va tovar eksportining umumiy hajmi 22% ni tashkil etadi. Umumiy ma’lumotlarga qaraganda, jahon sanoati eksportida rivojlanayotgan mamlakatlar ulushining ortib borishi, mohiyat va masshtab jihatdan alohida mamlaktlar erishgan turli xildagi yutuqlardan tashkil topadi.
O’z navbatida, mazkur guruhlar o’rtasidagi alohida mamlakatlar erishgan muvaffaqiyatlar ham alohida ajratib ko’rsatiladi. Oldingi o’rinda «yangi industrial mamlakatlar» bormoqda, boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar esa, eksportning asosini tashkil etuvchi sanoatni kuchaytirish va kengaytirish borasida eng kam ulushni qo’lga kiritdilar. Ba’zi birlari esa, masalan, Afrikaning eng yirik mamlakati hisoblanmish Nigeriya, o’zlarining sanoat eksportidagi ulushlarini qisqartirib tashladilar.

Rivojlanayotgan mamlakatlarning Jahon iqtisodiyotidagi ahvoli bilan bog’liq bo’lgan umumiy holatlarni xarakterlash orqali shu narsani ta’kidlab o’tish joizki, qoloq rivojlangan mamlakatlar borgan sari xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidan «ajratib» quyiladi. Bu bilan bog’liq bo’lgan fikrlar 2006 yilda savdo va rivojlanishga bag’ishlab o’tkazilgan (YUNKTAD) BMT konferentsiyasida taqdim etilgan (doklad) ma’ruzalarining avtorlari tomonidan keltirib o’tilgan.
Doklad avtorlarining fikricha Urugvay, Raundi, doirasida amal qiluvchi global savdo bitimi maqomini olgan GATT – qishloq xo’jaligi maxsulotlarini eksport qilishda subsidiyalarni qisqartirish kerakligini ta’kidlab o’tdi. Bunday vaziyat, kuchsiz rivojlangan mamlakatlarga nisbatan kuchli zarba bo’lib turadi. Bug’doy, qand, go’sht va boshqa turdagi oziq-ovqat maxsulotlarining bozor narxlari oshib bormoqda. 2010 yilga borib, eng kambag’al mamlakatlarning jami yillik savdo kamomadi 300-600 mlrd. dollarga o’sdi.