Reja: Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari


Rivojlanayotgan mamlakatlarda har kuni 18 yoshga to'lmagan 20 000 qiz ona bo'lmoqda



Yüklə 49,73 Kb.
səhifə15/15
tarix07.01.2024
ölçüsü49,73 Kb.
#201930
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
9-мавзу Рив-ётган

Rivojlanayotgan mamlakatlarda har kuni 18 yoshga to'lmagan 20 000 qiz ona bo'lmoqda


Joriy yilning 27 noyabr kuni Milliy matbuot markazida BMTning aholi fondi (UNFPA) Dunyoning 2013 yil aholisi to'g'risidagi yillik ma'ruzasi taqdimotini o'tkazdi. Bu yilgi ma'ruza «Bolalikdagi onalik: o'smirlikdagi homiladorlikning eng muhim muammolari» nomi bilan e'lon qilingan bo'lib, erta nikohlar va erta yoshdagi homiladorlikning muhim masalalariga bag'ishlandi. Ushbu anjuman O'zbekistonning Xotin-qizlar qo'mitasi bilan hamkorlikda o'tkazilda.
Ma'ruzada o'smirlikdagi homiladorlik bilan bog'liq muhim muammolar va uning qizlarning ma'lumoti, sog'lig'i va doimiy ishga joylashishlariga ko'rsatadigan jiddiy ta'siri tavsiflib, bu an'ana tusiga kirib borayotgan muammoni to'xtatish va qizlarning huquq va baxt-saodatlarini himoya qilish uchun nimalar qilish kerakligi ham ko'rsatib berildi.
UNFPA Ijrochi direktori Babatunde Osotimexinning fikriga ko'ra: «Ushbu ma'ruzaning maqsadi o'smirlikdagi homiladorlik muammolarini boshqa rakursdan yoritib berishdan iborat, ya'ni bu masalani qizlar bilan bevosita ishlash orqali hal etish harakatlaridan cheklanish zarur. Qizlarning huquqlarini himoya qilish va ularning imkoniyatlarini kengaytirishga yo'naltirilgan yanada ko'proq chora-tadbirlarni qo'llash bundan ko'ra afzalroqdir».

Erta nikohlar va ular bilan bog'liq holda yuzaga keladigan erta homiladorlik global muammo hisoblanadi: rivojlanayotgan mamlakatlarda har kuni 18 yoshga to'lmagan 20 000 qiz ona bo'lmoqda. Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, har yili ona bo'layotgan 7,3 mln. o'smir qizlarning 2 mln. - bu 15 yoshgacha bo'lgan qizlar va aynan mana shu yosh guruhlari, erta homiladorlik bilan, shu jumladan onalar o'limi bilan bog'liq juda og'ir tibbiy va ijtimoiy oqibatlardan aziyat chekmoqdalar.

  • Erta nikohlar va ular bilan bog'liq holda yuzaga keladigan erta homiladorlik global muammo hisoblanadi: rivojlanayotgan mamlakatlarda har kuni 18 yoshga to'lmagan 20 000 qiz ona bo'lmoqda. Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, har yili ona bo'layotgan 7,3 mln. o'smir qizlarning 2 mln. - bu 15 yoshgacha bo'lgan qizlar va aynan mana shu yosh guruhlari, erta homiladorlik bilan, shu jumladan onalar o'limi bilan bog'liq juda og'ir tibbiy va ijtimoiy oqibatlardan aziyat chekmoqdalar.
  • Ma'ruzada 14 yoshgacha bo'lgan va, shu bilan bir qatorda, erta homiladorlikning og'ir oqibatlari tufayli ikki taraflama qaltislikka duch kelayotgan qizlar muammoalariga alohida e'tibor qaratildi. Ma'ruza mualliflari erta homiladorlik muammosiga qizlarning axloqiy tomonlarini qoralash an'anaviy rakursi tomonidan emas, balki oila, jamoatchilik va umuman davlat darajasida yaratilgan sharoitlarning ta'sirlari nuqgai nazaridan qarashni taklif qilmoqdalar.
  • Erta homiladorlik muammosi rivojlanayotgan mamlakalatlarda ayniqsa keskin tus olayotgan bo'lsa-da, rivojlangan mamlakatlar ham bundan istisno emasdirlar. Masalan, AQShda o'smirlik vaqgida homilador bo'lib qolgan qizlarning deyarli yarmi o'rta ta'limni 22 yoshga to'lganda tugatmoqdalar. Homilador bo'lmagan qizlarda bu ko'rsatkich 10 tadan 9 taga teng.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida erta nikoh va o'smirlikdagi homiladorlik an'anasining kamayib borishi kuzatilayotganiga qaramay, mintaqaning ba'zi bir mamlakatlarida bu ko'rsatkchilar G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagiga nisbatan ancha yuqori. Mintaqada o'smirlikdagi homiladorlik bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich 32 ga (taqqoslash uchun, Shveysariyada 2 ga) teng. Ma'ruzada aytilishicha, erta nikohlar va o'smirlikdagi homiladorlik kompleks muammo ekan: unga ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy va huquqiy omillar o'z ta'sirini o'tkazar ekan.
Garchi muammo o'ta muhim bo'lsa-da, xalqaro darajada hanuz unga juda oz e'tibor qaratilmoqda.Xususan, xalqaro taraqqiyot dasturlarini moliyalashirish nuqtai nazaridan. Aholi fondi mazkur masalani hal etishga kompleks yondashishni ilgari surmoqda, ya'ni bunda qizlarning fe'l-atvorini o'zgartirish emas, balki ularga nisbatan jamoatchilikning munosabatini o'zgartirish bo'yicha dasturlarga tayanmoqda.

Eslatib o'tamiz, UNFPA O'zbekistonda 1993 yildan ishlab kelmoqda. O'zining uchinchi 2010 yildan 2015 yilgacha bo'lgan davr uchun mo'ljallangan Mintaqa dasturi doirasida Fond quyidagi masalalarga alohida diqqat qaratmoqda:


Taraqqiyot dasturlari uchun aholi bo'yicha ma'lumotlardan foydalanish masalalarida milliy salohiyatni kuchaytirish;
reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquqlarni himoya qilishni, shu jumladan
yoshlarning reproduktiv salomatlik to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lishlarini ham targ'ib etish;
ayollar va erkaklarning huquq, imkoniyat va majburiyatlarini to'la qonli amalga oshirilishini ta'minlab berish.
Yüklə 49,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin