Reja Seminar tushunchasi, turlari va maqsadi



Yüklə 148,07 Kb.
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü148,07 Kb.
#164369
1   2   3   4   5   6
Seminar, davra suhbarlari, trening va vorkshoplar.

Davra suhbatlari

  • “Davra subhati” metodi Mazkur metod aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladi. “Davra suhbati” metodi qoʻllanilganda stolstullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “koʻz aloqasi”ni oʻrnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining ogʻzaki va yozma shakllari mavjuddir. Ogʻzaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol boʻyicha oʻz fikrmulohazalarini bildirishlarini soʻraydi va aylana boʻylab har bir ta’lim oluvchi oʻz fikr-mulohazalarini ogʻzaki bayon etadilar. Soʻzlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim boʻlsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib boʻlingandan soʻng muhokama qilinadi.

Quyida «Davra suhbati» metodining tuzilmasi keltirilgan.


Baholash va tahlil qilish
Savollarga javob yozish
Konvertni yonidagi o`quvchiga uzatish
Konvertlarga savollar yozish
Konvertlar va "Javoblar varaqalari"ni tarqatish
Suhbatni oʻtkazish shartlari bilan tanishtirish

“Davra suhbati” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

  • 1. Mashgʻulot mavzusi e’lon qilinadi.
  • 2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashgʻulotni oʻtkazish tartibi bilan tanishtiradi.
  • 3. Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda necha ta’lim oluvchi boʻlsa, shunchadan «Javoblar varaqalari»ni tarqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qoʻyiladi. Ta’lim oluvchi konvertga va «Javoblar varaqalari»ga oʻz ismi-sharifini yozadi.
  • 4. Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu boʻyicha oʻz savolini yozadi va «Javoblar varaqasi»ga oʻz javobini yozib, konvert ichiga solib qoʻyadi.
  • 5. Konvertga savol yozgan ta’lim oluvchi konvertni soat yoʻnalishi boʻyicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.

Yüklə 148,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin