Reja: Siyosiy tizim tushunchasi Siyosiy tizim turlari Totalitarizm 4 Avtoritarizm Demokratiya Siyosiy tizim tushunchasi



Yüklə 36,67 Kb.
səhifə5/6
tarix18.09.2023
ölçüsü36,67 Kb.
#145027
1   2   3   4   5   6
Reja Siyosiy tizim tushunchasi Siyosiy tizim turlari Totalitari-fayllar.org

Demokratiya

Hozirgi davrning butun murakkabligi va ziddiyatlariga qaramay uning siyosiy sohasidagi umumiy yo'nalish-demokratiya ekani shubhasiz. U haqda ko'p gapirishadi, ko'p yozishadi, qarorlarning to'g'riligini u bilan asoslashadi, siyosiy faoliyatning uslublari, vositalari, maqsadlarini ro'y berayotgan jarayonlarning uning nomi bilan izohlashadi. Yangi tashkilot, harakatlar, shu jumladan, milliy harakatlar ham demokratik liboslarga burkanadi. Inqirozdan chiqishning yagona yo'li-ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirish va jozibali ideal-demokratik jamiyatdir, degan fikr qayta-qayta takrorlanadi.


Demokratiya-xalq hokimiyati sifatida tarjima qilinadi. Bu ma'noda, yoki to'g'ri ishtirok urug'chilik jamiyatlaridayoq uchratish mumkin. Politologlar xalq hokimiyatining mukammal shaklini Yunonistonning shahar-davlatlari bilan bog'laydilar. Ijtimoiy jamiyatdagi o'z - o'zini boshqaruv demokratik edi: har bir qabila a'zosining jamoa hayotida ishtiroki tabiiy ravishda belgilanar edi. Bu davr jamoa va uning a'zolari manfaatlari bir - biriga mos tushar, hozirgi ma'nodagi siyosat yo'q edi.


Qadimgi demokratiya jamoa a'zolarining jamoa ishlarida to'g'ridan oq suyak - zodagonlar - demos (xalq)" pog'onaviy hukmronlik tartibi o'rnini'" xalq yig'ini - (chek, saylash, rotatsiya asosida) tayinlanuvchi lavozim egalari- yetakchi munosabatlari egalladi. Yog'in - xokimiyatni tayinlovchiga aylandi, ya'ni oliy hukmron ustidan hukmronlikka ega bo'ldi, ya'ni xalq - hokimiyatning manbaiga aylandi.


Shunday qilib, antik davrdayoq demokratiya rivojida ikki yo'nalish belgilandi: birinchisi, o'z xalqni hokimiyat manbai, deb e'tirof etuvchi, fuqarolar tengligi, ozchilik huquqlarini himoyalovchi, davlatning asosiy organlari - saylovlar natijasida shakllanuvchi siyosiy jamiyat tizimi, sifatida tushuniladi.


Demokratiyaning jamiyat hayotini tashkil etish usuli sifatidagi eng muhim afzalliklari u mavjud boshqa boshqaruv usullariga nisbatan hokimiyatni cheklash, uning barqarorligini saqlash va uni bir qo'ldan ikkinchisiga o'tishi mexanizmlarini atroflicha ishlab chiqqanligidir. Mana shu xususiyatlari, hamda jamiyatdagi ixtiloflarni tinch yo'l bilan muhokama, yon bosish, kelishuv orqali hal qilishga asoslanganligi - bugungi kunda ko'p mamlakatlar uchun demokratiyani jozibali va ma'qul rivojlanish yo'liga aylantirmoqda.



Yüklə 36,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin