Sohaning faol va nofaol terminlari Reja Sohaviy nofaol terminla-fayllar.org
Sohaning faol va nofaol terminlari Reja: Sohaviy nofaol terminlar
Sohaning faol va nofaol terminlari
Reja:
1.Sohaviy nofaol terminlar
2.Faol terminlar
3.Hozirgi qoʻllanilayot terminlar
Nofaol so‘zlar. Adabiy tilga o‘xshab shevalar ham rivojlanib, yangi so‘zlar hisobiga boyib, o‘zgarib boradi. Bunday o‘zgarish, ko‘pincha, shevalar lug‘at tarkibida ro‘y beradi. Bu ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, jamiyatda ro‘y beradigan har xil o‘zgarish sababli zamon talablariga javob bermagan so‘zlar iste’moldan chiqadi, ularning o‘rniga boshqalari kirib keladi. Demak, til, jumladan, uning shevalarida ham yangilanishlar, eskirishlar sodir bo‘lib turadi. Bular davr talabi bilan bog‘liqdir. Ba’zi so‘zlar qo‘llanish doirasining kengayish va aksincha, ayrimlarining passiv qatlamga o‘tishi bu jarayonni yanada tezlashtirishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, bular hammasi nisbiy hodisadir. Sababi zamonaviylik va eskirganlikning o‘zi ham davrga ko‘ra nisbiy hisoblanadi. Eskirgan so‘zlar vaqti kelib, yana faollashishi va aksincha yangi so‘zlar tezda muomaladan chiqib ketishi mumkin. Buni faqat adabiy tildagina emas, shevalarda ham kuzatilayotganligini ta’kidlash kerak.
Arxaizmlar eskirgan so‘z tiplaridan biri bo‘lib, zamonaviy narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Agar istorizm hodisasida predmet yoki hodisaning o‘zi ham, nomi ham eskiradigan bo‘lsa, arxaizm hodisasida esa predmet va hodis zamonaviy bo‘ladi, ularning nomi yoki nomlaridan biri eskiradi, iste’moldan chiqadi, natijada narsa yoki predmetlar, hodisalar nomlari yangisi bilan atalaoshlaydi. Xullas, bunda, asosan, hozirda hayotda mavjud bo‘lgan narsalarni ifodalashda kamida ikkita so‘z ishtirok etadi, ulardan biri faol ishlatilsa, ikkinchisi, passiv leksik qatlamga o‘tadi va asta-sekin eskiradi, faqat tarixiy davr kaloritini berish maqsadidagina qo‘llanishi mumkin.
Shevalarda bir paytlar faol ishlatiladigan soqta so‘zi o‘ynaladigan kartani anglatgan. Keyingi davrda karta so‘zining aktiv qo‘llanishi natijasida soqta so‘zi passiv leksik qatlamga o‘tib, iste’moldan chiqa boshlagan. Shuni alohida ta’kdlash kerakki, arxaik so‘zlar shevalarda tarixiy so‘zlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qilmaydi. Sababi shevalarda eski so‘zlar o‘rnini yangisi egallanishi jarayoni juda sekinlik bilan o‘tadi. Adabiy tilda bo‘lganidek, shevalarda ham so‘zlarning iste’moldan
chiqishi,ularning o‘rnini boshqasi egallashi jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Narsa, hodisa nomidan biri eskirgan so‘zlar-leksik arxaizmlar shevalarda ko‘pchilikni tshkil qiladi. Qadimgi davrdan to hozirgacha shevalarda arxaizmga aylangan leksemalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Satil (chelak), talak (omborxona), madrapxana (xojatxona), tuzuv (taqinchoq), kaparat (magazin), lazim (ishton), dukart (qaychi), tirnaq (fundament), savax (ip), shangil//sarxum (kurshka), alam (bayroq), bandirga(chorraxa), karman (shlyapa), diyzil (avtobus), dabil‘ng‘ir (og‘ solinadigan idish) va hakazo.
Ko‘p ma’noli so‘zlardagi ma’nolaridan birining o‘zgarishi, eskirishi natijasida semantic arxaizmlar yuzaga keladi. Shevalardagi g‘assal so‘zi arabcha bo‘lib, uning o‘lik yuvuvchi ma’nosi hozirda eskirgan, uning o‘rniga ishyoqmas ma’nosi ihlatiladigan bo‘lgan. Shuningdek, kir suvi ma’nosini anglatadigan mag‘zava so‘zining ta’kidlangan ma’nolari iste’moldan chiqqan, kullap so‘zining qarmoq, o‘lik ma’nosidagi miyt so‘zining ushbu ma’nosi ham eskirib, tobut ma’nosida qo‘llaniladigan bo‘lgan. Bulardan tashqari xalpa so‘zining bilimi oz o‘quvchiga berkitilib qo‘yiladigan savodli o‘quvchi, battal so‘zining qaysar, tentak; oxur so‘zining otxona ma’nolari ham arxaiklashgan. Arxaizmlarning sinonimlari mavjud bo‘lganligidan, ana shu sinonimik qatorni tashkil etgan ma’nodosh so‘zlardan bittasi eskirishi mumkin.
Chunonchi, aravak // burunchop (buloqi) qatoridagi burunchop, sardoz, torqa , chizim,shnur qatoridagi sardoz so‘zi passiv leksik qatlamga o‘tib, arxaiklashgan so‘zlardir. Demak arxaizmlar zamonaviy narsa, hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir.
Arxaizmlardan predmet, narsa, hodisalar nomlaridan biri iste’moldan chiqadi, ya’ni eskiradi. Ular endilikda boshqa nom bilan ataladigan bo‘ladi. Bu jarayon jamiyatda, hayotdagi sodir bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir.
Jamiyatda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘zida aks ettira olmagan so‘zlar iste’moldan chiqib ketadi. Bu jarayon adabiy tilga nisbatan shevalarda sekinlik bilan o‘tadi. Chunki shevalardaso‘zlarning eskirishi, yangi so‘zlarning kirib kelishi tez sodir bo‘lmaydi. Tarixiy so‘zlar ko‘pincha moddiy va ma’naviy hayot, turmush, davlat tuzilishi , din, urf-odatlar, turli lavozimlar, unvonlar, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-asboblar bilan aloqador bo‘lib, jamiyatdagi ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda ularning nomlari ham davr o‘tishi bilan eskiradi, ular o‘rnini boshqa so‘zlar egallaydi. Xorazm qipchoq shevalaridagi istorizmlarni turli sohalarga oid so‘zlar doirasida uchratish mumkin:
Qishloq xo‘jaligi va dehqonchilikga oid so‘zlar: kunda (omoch), zambarchi
(zambil bilan mahalliy o‘g‘it tashiydiganlarga nisbatan ishlatiladi), digir
(charxpalakning suv chiqaradigan ko‘zasi), vahim (vaqf qilingan yer yoki narsa) va hakazo.
2. Suv chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar: kunda (juvozning yerga ko‘milib turgan qismi), arish (kundaga bog‘lanadigan uzun yog‘och); darvaz yip (ikkita katta o‘qni bog‘laydigan ip); ayri ag‘ach (o‘qni tushirishga xizmat qiladigan yog‘och); ayri baqan (katta o‘qni ko‘tarib turishga xazmat qiladigan narsa); kämal
(tushirishga xizmat qiladigan narsa); kamalcha (o‘qqa kiydiriladigan narsa); . Tarixiy so‘zlar (istorizmlar). O‘tmishga oid narsa, hodisalarni ifodalagan, biroq hozirgi tilimizda o‘z sinonimiga ega bo‘lmagan so‘zlardir. Masalan: miri, paqir, (pul birliklari) qozi, qushbegi, yasovul, xalifa (mansab nomlari), omoch, yorg‘ichoq, charx kabilar.
THANKS
http://fayllar.org