Tasodifiy xatolar - bu qayd qilish xatolari bo’lib, ular so’roq o’tkazuvchilar
yoki qayd qiluvchilar tomonidan qilinishi mumkin. Masalan, yoshi 18 bo’lsa
adashib 28 yosh deb yozilishi mumkin yoki biron bir raqam boshqa ustunga
yozilishi mumkin. Bunday xato qilishdan hech kim kafolatlanmagan.
Muntazam xatolar doimo bir yo’nalishda bo’ladi. Ular oldindan ko’zlangan
va oldindan ko’zlanmagan xatolarga bo’linadi. Oldindan ko’zlangan xatolar - bilib
turib qilinadigan xatolardir. Masalan, hisobotlardagi qo’shib yozishlar, yo’q
narsani bor deb to’ldirish va h.k.
Oldindan ko’zlanmagan muntazam xatolar tasodifiy sabablar yoki ro’yxatga
oluvchilarning o’z ishiga e’tiborsizligi natijasida paydo bo’lishi mumkin.Masalan,
sutning yog’lilik darajasini (foiz hisobida) tekshirish kerak.Bu operatorning har
kuni qiladigan ishi. Lekin operator har kuni sutning sifatini tekshirishdan oldin u
o’z uskunalarini to’g’ri ishlashiga ishonch hosil qilishi kerak. Keyin insonlarda
yaxlitlab aytish odati bor. Necha bosh qo’yingiz bor deb so’ralsa, odatda 10 tacha
deb javob beriladi.Haqiqatda esa qo’ylar soni 8 ta yoki 12 ta bo’lishi mumkin.
Reprezentativ (bu xatolarni tanlab kuzatish mavzusida chuqur o’rganamiz)
xatolar qisman kuzatishga xos bo’lgan xatolardir.Ular tanlab olingan to’plam
birliklari bosh to’plamdagi xususiyatlarni o’zida to’la aks ettirmaganligi tufayli
paydo bo’ladi.
Kuzatish xatosiz bo’lishi juda ham qiyin masala.Lekin uni iloji boricha
kamaytirish yoki umuman yo’q qilish statistikaning muhim vazifalardan biridir.
Yuqorida ko’rib chiqilgan barcha masalalarning to’g’ri echilishi kuzatish
xatosini yo’qotishning omillaridir. Xatolarni kamaytirishning yana bir yo’li-
ma’lumotlarni qabul qilish paytidagi nazorat qilishdir. Nazorat arifmetik va
mantiqiy bo’ladi. Arifmetik nazoratda chiqarilgan jamlar, bir-biriga bog’liq
bo’lgan ko’rsatkichlar tekshirib ko’riladi.Mantiqiy nazoratda esa javoblar
to’g’riligi tahlil qilinadi. Masalan, so’rov varaqasida keltirilgan javoblar: jinsi-
ayol, yoshi-8, ma’lumoti oliy. Ko’rinib turibdiki javoblardan bittasi noto’g’ri, ya’ni
yoki yoshi, yoki ma’lumoti noto’g’ri yozilgan, hammaga ma’lumki 8 yoshli qiz
bola oliy ma’lumotli bo’lishi mumkin emas.
O’rganilayotgan hodisa bo’yicha statistik kuzatish o’tkazish natijasida u
haqida ko’pdan-ko’p va turli-tuman tarqoq ma’lumotlar to’planadi. Bu
ma’lumotlar asosida hali hech qanday fikr yuritib bo’lmaydi, chunki ular tarqoq va
har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa to’plangan ma’lumotlarni bir
tizimga keltirish, tartibga solish, umumlashtirishdan iboratdir. Bu muammo
statistikada jamlash (svodkalash) metodini qo’llash bilan hal etiladi.Jamlashdan
statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: |