Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liq1ikda o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste’mo1chi1ar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Emest Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shungako‘ra, iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘IiqIik Engel qonuni deyiladi.
Bu qonunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin (7.2-rasm). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan ko‘rinishida bo‘1adi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘1ib, daromadlar oshib borishi bilan iste’mo1chilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli da- romad darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘1adi. Rasmdan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daro- madi 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mga oshganda, u sotib olgan mah- sulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi sekinlamoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha —4 donadan 6 donagacha, 40 ming
so‘mdan 50 ming so‘mgacha — 6 donadan 7 donagacha.
0 1 2 3 4 5 6 7 8 Tovar miqdori, dona
7•2-chizma. Engel egri c6izig‘i
Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmi- ning o‘sishi butunlay to‘xtagan (daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda). En-
gel egri chizig‘i iste’molchilar pul daromadlari o‘zgarishining talabga qanday ta’sir qilishi to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘ztovarlarining mumkin bo‘lgan sotish hajmi va bozor kon’yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zaro bog‘liq tovarlar narxi o‘zgarishining talabga ta’sirini o‘rganishda ulami ikki guruhga ajratish maqsadga muvofıq bo‘ladi:
1) o‘zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o‘rinbosar tovarlar; 2) o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar.
O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxi o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘1iqlikda bo‘1adi. Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘1gan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi.
O‘zaro bir-birini to‘1diruvchi tovarlardan birining narxi o‘zgarishi bi- lan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘1iqlikda bo‘1adi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzingabo‘1ganta1ab qisqara- di. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘1gan talab oshadi.
Kelgusida iste’mo1chi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo‘1ishi yoki bo‘1mas1igi kabi omillar talab hajmini o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nis- batan oshishining kutilishi iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘1gan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‘1adi. Shu o‘rinda, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ham jahon va milliy bozorlardagi talab hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aksariyat hollarda uning qisqarishiga olib kelayotganligini ta’kid1ash o‘rin1idir.
Dostları ilə paylaş: |