Reja: Тариф тизими 2Минимал иш хакки Реал иш хакки Мехнатга хак тулаш


Mehnat ta’tili va kasallik bo’yicha qo’shimcha haq hisoblashni hujjatlashtirish



Yüklə 152,5 Kb.
səhifə3/3
tarix14.06.2023
ölçüsü152,5 Kb.
#130190
1   2   3
ish xaqqi to\'lash va ish haqi hisoblash

3. Mehnat ta’tili va kasallik bo’yicha qo’shimcha haq hisoblashni hujjatlashtirish

O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishlamagan vaqti uchun ham ishchi va xizmatchilarga haq to’lanadi. Bunday to’lovlarni hisoblash o’rtacha ish haqiga asoslanadi. O’rtacha ish haqini hisoblash va qo’llash tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.


Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan o’rtacha oylik ish haqini hisoblashning quyidagi tartibi belgilangan:

  • ta’til haqi, ishdan bo’shaganda beriladigan yordam puli, ishsizlik bo’yicha nafaqa tarifikatsiya bo’yicha o’rtacha ish haqi belgilangan ish haqini yoki lavozimlik okladini hisoblash kuniga birinchi yili ishlayotganlar uchun o’n ikkidan birga (1/12) (to’liq olti oy ishlaganlar bo’yicha oltidan birga, to’liq yetti oy ishlaganlar bo’yicha – yettidan birga va h. k.) ko’paytirib topiladi. o’rta maxsus va hunar – texnika bilim yurtlari o’qituvchilariga esa hisoblash davrida tarifikatsiya bo’yicha belgilangan ish haqi yoki lavozimlik okladidan oshgan qismini o’ndan birga ko’paytirib topiladi. Bularga ishbay haqlar, mukofotlar, qo’shimcha haqlar va boshqa ijtimoiy sug’urtaga badal hisoblanuvchi to’lanmalar kiradi.

  • o’rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlaridagi o’qituvchilarga ortiqcha bajarilgan soatlari bo’yicha qo’shimcha haq yil oxirida ushbu soatlar bajarilgan vaqtda harakatda bo’lgan stavkalar bo’yicha hisoblanadi.

  • xodimlar salomatligiga yetkazilgan zarar, kasbiy kasallik yoki ularning mehnat vazifalarini bajarish jarayonida salomatligiga yetkazilgan zararlarni ish beruvchilar tomonidan qoplash uchun haq hisoblash Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga binoan olib boriladi.

  • ishga qobiliyatsizligi to’g’risidagi varaqalar, homiladorlik va tug’ish bo’yicha haq hisoblash davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa hisoblash tartibi to’g’risidagi nizomga binoan olib boriladi.

  • boshqa (1-4 bandlarida ko’rsatilgandan tashqari) barcha hollarda o’rtacha oylik ish haqi oxirgi ikki kalendar oyining o’rtacha ish haqisi bilan aniqlanadi.

  • xodimlar mehnat ta’tilida, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarishda, ikki oy ichida ish qidirish vaqtida, shuningdek kasalligi davrida tarif stavkalar, lavozimlik okladlar oshgan bo’lsa, korxona, tashkilot, muassasalarning mehnatga haq to’lashning yangi sharoitiga to’g’ri keladigan haqiqiy ish kuni bo’yicha hisoblab chiqiladi.

Qonunchilik bilan o’rtacha ish haqini hisoblab chiqishning maxsus tartibi o’rnatilgan hollarda, ko’rsatilgan qoidalar qo’llanilmaydi.
Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish ma’lumotlariga va xodim tomonidan qonunchilik bilan kafolatlangan o’rtacha ish haqini olish huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjatlariga asosan o’rtacha ish haqi hisoblab chiqiladi.
Barcha xodimlarga, shu jumladan o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. O’rtacha ish haqi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan hisoblanadi.
Xulosa


Хo’jalik yurituvchi subyektlarda mehnat va unga haq to’lash hisobi korxonaning hisob tizimida muhim ahamiyatga egaligi va u mehnatning son hamda sifati, iste’molga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlashga qaratilgan.
Mehnatga haq to’lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash bo’yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar berilgan.
Тavsiya etilayotgan adabiyotlar



    1. Каримов А. ва бошқалар. Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. «Шарқ» НМАКБТ. Т. 2004, -591бет.

    2. Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учебное пособие -М.: Финансы и статистика, 2004

    3. Гусева Г.Н., Шеина Г.Н. Основы бух. учёта: теория, практика, тесты. Учебное пособие - М.: Ф и С, 2004.



1



Yüklə 152,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin