Reja: Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar operatsiyalarini iqtisodiy



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#168941
1   2   3   4   5
6-mavzu. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari tahlili

Qimmatli qog’ozlar bozori

Tijorat banklari

Investitsion konsultant

I


n v e s

Moliyaviy broker

V
o s i t a
ch i

E
m i t e n t
Aytib o‘tganimizdek, tijorat banklari o‘z aksiyalari, obligatsiyalari, veksellari, depozit sertifikatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlari bilan emitent sifatida, shuningdek o‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlar sotib oluvchi investor sifatida gavdalanadi. Qolaversa, komission rag‘batlantirish evaziga qimmatli qog‘ozlar bilan vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga egadir. (15- rasm).



  1. Depozitariy

    Ishonchli vakil
    rasm. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati yo‘nalishlari 71

Tijorat banklari tomonidan o‘z qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilishi orqali moliyaviy resurslar jalb qilinadi hamda o‘z va qarz mablag‘lari . shakllantiriladi. Investitsion va vositachilik faoliyatlari resurslarni joylashtirish orqali va vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish orqali daromad olishga harakat qiladi.
Tijorat banklarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular fond bozorining boshqa qatnashchilaridan farqli o‘laroq, ushbu bozorda salmoqli investor va eng ishonchli emitent hisoblanadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida investitsiya kompaniyalari aktivlarining 40–80 foizi bank kapitallari hisobidan ta’minlanishini hisobga olsak, qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkazilgan operatsiyalardan tushadigan daromadlar esa, bank foydasini shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi.


  1. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investitsion faoliyatining amaliy holati

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida keng islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni barcha jabhalarini tubdan o‘zgartirish yo‘liga kirib borishi mamlakat bank tizimini qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investitsiya faoliyatini amalga oshirishga kerak bo‘lgan yangi vazifalarni belgilab berdi. Xuddi shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarining investitsiya faoliyati banklar uchun yangi imkoniyatlarni va o‘z hokimiyati doirasini kengaytirish hamda barqaror daromadni olib, bankni likvidligini ta’minlash istiqbolini ochib berdi.
Bank investitsiyalarini tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining aktivlar likvidligi, tarkibi va sifatini tartibga soluvchi yo‘riqnomalari hamda boshqa qonun osti hujjatlari muhim rol o‘ynaydi.
Investitsiyalar tuzilmasining o‘z vaqtida va to‘liq qilingan tahlili ham o‘z navbatida muhim ahamiyatga ega, chunki bu tahlil natijasida investitsiyalardan foydalanishdagi tendensiyalarni aniqlash hamda samarali investitsiya siyosatini ishlab chiqishga yordam beradi.
Bozor iqtisodiyotida investitsiyalar tuzilmasi asosan xususiy investorlar va tadbirkorlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar natijasida shakllanadi. Biroq davlat bu portfeldan tashqarida bo‘lmasligi kerak.
O‘z moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida, tijorat banklar O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida ham eng yirik brokerlar va dilerlar sifatida ish yuritadi. O‘zbekistonda ko‘p tijorat banklari o‘z mablag‘larini turli xildagi moliyaviy dastaklarga qo‘yish yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantiradilar. Bunda bank portfelni yuqori likvidli va yuqori daromadli fondlardan shakllantirib, aniq investitsiya siyosatni ishlab chiqadi. Bank tomonidan o‘z hisobiga amalga oshiriladigan fond qimmatli qog‘ozlari bilan dilerlik
operatsiyalari keng tarqalgan bo‘lib, ularning maqsadi – qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish bahosidagi farqdan foyda olishdir.
Agarda tijorat banki brokerlik faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, uning operatsiyalari fond birjasi orqali amalga oshirilishi lozim. Buni hisobiga olib, tijorat banklarining brokerlik funksiyasi brokerlik idoralari tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklar investitsiya faoliyatining faollashuvi shuni ko‘rsatadiki, bu faoliyat tijorat banklari uchun foydalidir va umuman olganda qimmatli qog‘ozlar bozorida raqobatchilik muhitining faollashuviga ko‘maklashadi.
Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlar va dilerlar sifatida faoliyat yuritadilar. Birinchi funksiyani ular banklarning brokerlik idoralari tarmog‘i orqali amalga oshiradilar. Bugungi kunda tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarning milliy bozorida o‘z mavqeiga ega.
Investorlarning turli toifalari uchun banklar maslahat xizmatlarining keng ko‘lamini ko‘rsatishlari mumkin: mijozlarni investitsiya strategiyasini shakllantirishga ko‘maklashish, loyihaviy moliyalashdan boshlab, to qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish hamda sotib olingan aksiyalar bo‘yicha dividendlar olishgacha.
O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning investitsiya institutlar sifatida faolligi bu faoliyat tijorat banklari uchun foydali va umuman olganda fond bozorida raqobatchilik muhiti faollashuviga yordam beradi, degan xulosaga olib keladi.
Tijorat banklari o‘z mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishda o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi: foiz ko‘rinishida qo‘shimcha daromad olish, kapitalni saqlash va uning asosidagi qimmatli qog‘ozlarning kurs kiymatini ortishi hisobiga kapitalni oshirish hamda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha risklarni pasaytirish.
Mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishida «Toshkent» Respublika fond birjasi faoliyatini baholab ta’kidlash mumkinki, uning tashkil etilishi va savdo bitimlari zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilishi natijasida barcha investorlar uchun qimmatli qog‘ozlar bozorida qulay va ochiq ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Quyida fond birja ma’lumotlari tahlilini keltiramiz.
Qimmatli qog‘ozlar bilan umumiy birja aylanmasi 2016-yilda 299,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan 2015-yil (161,0 mlrd.so‘m) bilan solishtirganda 186% ga oshgan. 2016-yil boshidan beri 3080 ta birja bitimi tuzilgan. (2015-yilda 2794 ta bitim). Buning natijasida umumiy summasi 299,8

mlrd. so‘m bo‘lgan 141 ta aksiyadorlik jamiyatining 689,1 qog‘ozlar savdosi amalga oshirilgan.
mln. dona qimmatli




  1. rasm. Fond birja aylanmasi dinamikasi72

2016-yilda fond birjaning umumiy aylanmasida 299,8 mlrd. so‘m


ko‘rsatkich, ya’ni 68,5 % ulush bilan qimmatli qog‘ozlarni ikkilamchi joylashtirish bozori ya’ni ikkilamchi bozor ustunlik qilmoqda. 2015-yilga (88,55 mlrd. so‘m) solishtirganda qimmatli qog‘ozlarni birlamchi joylashtirish 13,5 % ga o‘sgan. Fond birjasida qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori 94,4 mlrd. so‘mlik natija bilan umumiy bozor aylanmasining 31,5% ini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilgi
ko‘rsatkichdan (72,45 mlrd. so‘m) 10 %ga past bo‘lib, undan 1,25 mlrd. so‘m

korporativ obligatsiyalar bilan tuzilgan bitimlar va 1 mlrd. hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ikkilamchi fond bozorining rivojlanish darajasi qog‘ozlar bozori raqobatbardoshligini ifodalovchi asosiy
so‘m REPO bitimlari

mamlakat qimmatli ko‘rsatkichlardan biri



hisoblanadi. Quyidagi rasmdan so‘nggi yillarda ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar
bozori ulushining oxirgi yillarda oshishini ko‘rishimiz mumkin.
15-rasm. Fond birja aylanmasi dinamikasi73( yil boshiga foizda).






72 Toshkent” Respublika fond birjasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
73 Toshkent” Respublika fond birjasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozoridagi savdo faolligi oshishining asosiy sabablaridan biri yuqori likvidli, investitsion jozibadorligi bilan ajralib turadigan yirik, moliyaviy barqaror kompaniyalar aksiyalari taklifining etarli darajada mavjudligidir. Ushbu turkumdagi korxonalarning aksiyalari asosan davlat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi va ikkilamchi bozor uchun resurs bo‘la oladi.
«Toshkent» Respublika fond birjasi respublikamizdagi korporativ obligatsiyalarni joylashtirish va muomalasini ta’minlashga xizmat qiladigan savdo maydonchalaridan biri hisoblanadi. 2016-yilda ushbu savdo maydonchasida ham savdo faolligining sezilarli pasayishini kuzatish mumkin.
Umuman olganda, qimmatli qog‘ozlar bilan birja aylanmasining tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • savdo umumiy hajmida davlat aksiya paketlari 22,3 mlrd so‘mlikni, shundan 400 mln.so‘mlik qismi ($130 ming) xorijiy valyutada sotilgan;

  • ikkilamchi bozor sektsiyasida– 205,5 mlrd so‘mlik savdo bitimi tuzilib, shundan 112,6 mlrd.so‘mlik qismi ($35,9 mln va 45,7 ming evro) xorijiy valyutada sotildi;

  • korporativ obligatsiyalar esa – 4 mlrd. so‘mlik sotilgan.

O‘tgan yil davomida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari kesimida qimmatli qog‘ozlar bilan birja aylanmasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • birja aylanmasining 51,6 foizi (154,8 mlrd. so‘m) iqtisodiyotning moliyaviy sektor korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi, shu jumladan, banklar birja aylanmasining 50,6 % (151,8 mlrd. so‘m), sug‘urta va lizing kompaniyalari mos ravishda 0,9 % (2,5 mlrd. so‘m). 2015 yilda ushbu davrga nisbatan birja aylanmasida moliyaviy sektorning ulushi 88,4 % (142,31 mlrd. so‘m)ni tashkil etgan;

  • agrosanoat kompleksining ulushi – 5,3 % yoki 14,9 mlrd. so‘m (2015 yilda

– 7,4% yoki 11,8 mlrd. so‘m);

  • sanoat sektorining ulushi – birja aylanmasining 24,6 % yoki 73,7 mlrd. so‘m (2015 yilda 0,3% yoki 0,5 mlrd. so‘m);

  • qurilish tarmog‘i korxonalarining ulushi 1,2 % yoki 3,5 mlrd. so‘m (2015 yilda – 1,9% yoki 3,1 mlrd. so‘m).

Agar investorlar bo‘yicha birja ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqsak, yuridik shaxslarning investitsiyalari umumiy birja aylanmasining 83,7 %ini yoki 251,2 mlrd.so‘mni, shundan 50,1 %ni yoki 150,2 mlrd.so‘mni chet ellik investorlar tashkil etgan.
2016-yilda yilida jismoniy shaxslarning investitsion faolligi o‘sishi kuzatilib, ularning birja aylanmasidagi ulushi 16,2 %ga o‘sgan va 48,6 mlrd. so‘mni, shundan 3,9 %ni yoki 11,7 mlrd.so‘mni chet ellik investorlar tashkil etgan.
Jumladan: jismoniy shaxslar investitsiyalarining umumiy hajmidan banklar – 93,4% (2015-yilda – 68,3%), sanoat korxonalari – 2,3% (2015-yilda – 3,1%), qurilish tarmog‘i korxonalari – 2,2% (2015 yilda – 2,7%) tashkil etgan.
Yuridik shaxslarning moliya sohasi qimmatli qog‘ozlariga investitsiyalari 2016-yilda 89,5% (2013-yilda – 86,8%)ni tashkil etdi. Bundan 86,3% (2013-yilda
– 80%) – tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlari, 0,3% (2013-yilda – 4,3%) – lizing kompaniyalari aksiyalari va 3 % (2013-yilda 2,5%) – sug‘urta kompaniyalarining aksiyalariga qilingan investitsiyalardir.




  1. rasm. Investorlar bo‘yicha birja aylanmasi tarkibi74( yil boshiga foizda)

Moliyaviy instrumentlarga investitsiya kiritish targ‘ibotini amalga oshirish, jamoatchilik va investorlarni axborot bilan ta’minlash fond bozorini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib, respublika aholisining keng qatlamiga korxonalar va umuman mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.
2016-yil davomida fond birjasi umumiy savdo aylanmasida 50,6 foizi, birlamchi joylashtirishga oid savdolarning 78,5 foizi bank qimmatli qog‘ozlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Birja savdolarida eng ko‘p hajmda sotilgan qimmatli qog‘ozlarning 10 ta emitent qatoridan quyidagi banklar o‘rin olgan.
Hamkorbank –17,6 %
Infinbank –11,1 %
Trastbank –6,2 %
Ipotekabank –2,99 %
So‘nggi yillarda tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozori aylanmalarida ham yuqori ulushga ega bo‘lib, yurtimiz qimmatli qog‘ozlar bozorining



74 Toshkent” Respublika fond birjasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etib kelmoqda. Buni quyidagi rasmda ko‘rib tahlil qilib o‘tishim mumkin.
Lizing kompaniyalari; Aloqa; 0,7%

0,1%
Boshqalar; 9,7%


Sanoat korxonalari; 24,6%
Tijorat banklari; 5 ,6%





0
Ijtimoiy soha; 1,7%
Sug’urta; 0,9%
Qurilish; 1,2%

Tranksport ; 5,2%


Agrosanoat kompaniyalari; 5,3%
    1. rasm. Qimmatli qog‘ozlar birja aylanmasining tarmoqlar bo‘yicha emitentlari tarkibi (%da) 75, 01.01.2017 y.

Yuqoridagi rasmda iqtisodiyot tarmoqlarining qimmatli qog‘ozlar bozorida
emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarining ulushi aks etgan. Diagramma
ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, qimmatli qog‘ozlar birja aylanmasida eng yuqori ulush tijorat banklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Banklarning ulushi jami birja
aylanmasining 67 foizini, agrosanoat kompleksi tarmoqlari 17 foizni, qurilish 3
foizni, sanoat sohasi 1 foizni va boshqa tarmoqlar 12 foizni tashkil etgan.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin