Reja: Turistlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash Turistlarni Sug‘urtalash Turistlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə2/6
tarix26.06.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#135223
1   2   3   4   5   6
Turistlarni sug‘urtalash
Turistik safarlarni sug‘urta qilish turistlarning xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Baxtsiz hodisadan sug‘urta qilishda odatda yuz bergan hodisaning ma’naviy jihati kompensatsiya qilinadi – mijoz o‘z organizmiga yetkazilgan zarar uchun tovon puli oladi. Ayrim hollarda tovon puli miqdori haqiqiy harajatlardan ko‘p bo‘ladi.
Turistlik firmalar xuddi yuridik shaxslar kabi sug‘urta kompaniyalarini xizmatlaridan foydalaniladi. Ammo turizm biznesida majburiy va ko‘ngilli sug‘urtalashning qo‘shimcha turlari amal qiladi.
Turizm tizimida sug‘urtalash qo‘yidagi turlarga tasniflanadi:

  • turistni va uning mulkini sug‘urtalash;

  • turistlik firmalar tavakkalchiligini Sug‘urtalash;

  • turistlarni chet el tashriflarini sug‘urtalash;

  • chet el turistlarini sug‘urtalash;

  • fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash;

  • avtotransport vositalarining egalarini fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash;

  • tibbiy harajatlarni qoplab, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash.

Sug‘urtalash ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalarga bo‘linadi. Sug‘urtalashni majburiy turiga faoliyatdagi hujjatlarga mos ravishda qo‘yidagilar kiradi.

  • avtotransport vositalari haydovchilarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash;

  • transport sayohatlarini sug‘urtalash.

Turistlarni sug‘urtalashni qolgan turlari ixtiyoriy hisoblanadi. Turistni va uning mulkini sug‘urtalash turistlar mulkini yo‘qolishi yoki zarar yetishi uchun javobgarlikni o‘z ichiga oladi. Bunday shartnomaning harakati Sug‘urtalanuvchini doimiy yashash joyidan chiqib ketish vaqtidan boshlab, uning qaytish davrida tugullanadi. Bunday shartnoma bo‘yicha turistlar o‘zlari bilan birga olgan shaxsiy va turizmga oid tegishli mulklarini sug‘urtalash mumkin. Yuk deganda turistni qayd qilingan va qayd qilinmagan narsa-buyumlari tushuniladi. Bundan tashqari uning ustidagi mavjud kiyimi hamda chet el tashrifi davomida harid qilingan narsa-buyumlari sug‘urta qilinadi.

Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin