Sug‘urta javobgarligining turlari: avariya, yong‘inlar, portlash, tabiatning baxtsiz hodisalari, o‘g‘irlik, zarar yetkazish va boshqa ataylab hamda ongli tarzda harakatlar, harbiy harakatlar va hokazolar.
Turistlik firmalar tavakkalini sug‘urtalash o‘z ichiga moliyaviy tavakkalni, turistlarni ularni qarindosh urug‘larini uchinchi shaxs oldidagi da’volari bo‘yicha javobgarlikni o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy tavakkallar qatoriga qo‘yidagilar kiradi:
tijorat tavakkali (to‘lovni amalga oshirmaslik yoki kechiktirish, fors-major holatlaridagi shartnomani buzilish vaziyatlarini tan olinmaganda kontragentning jarima sansiyalari;
firmaning bankrotga uchrashi;
bojxona qonunlarini, valyutali tartibga solish, pasport nazorati va boshqa bojxona rasmiyachiligining o‘zgarishi;
chet eldagi fuqarolik va jinoiy ishlarni tergov qilishda turistga huquqiy yordam ko‘rsatish.
Ammo hamma narsa sug‘urta kompaniyasi bilan turist o‘rtasida tuzilgan Sug‘urta shartnomasiga bog‘liq.
Masalan, chet elga chiquvchi rossiyalik turistlarni sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadigan Ingosstrax faqat tez tibbiy yordam ko‘rsatish pullik bo‘lgan mamlakatlarda, ammo 50 ming AQSH dollari doirasida (Yevropada) amalga oshirilgan harajatlarnigina qoplaydi.
Turizm sohasida turistlarni sug‘urta qilishning quyidagi turlari mavjud: turistni va uning mol-mulkini sug‘urta qilish; turfirmalar tavakkalchiligini sug‘urta qilish; chet elga safarga chiqayotgan turistlarni sug‘urta qilish; chet ellik turistlarni sug‘urta qilish.